LOTIN-КИРИЛЛ

USTOZ – MISLI YONIB TURGAN SHAM

 

 Ha, ustoz misli yonib turgan shamga qiyos. O‘zi yonib atrofga nuru ziyo sochadi. Boshqalar ana shu nurdan bahramand bo‘ladi. Shu sabab, har bir inson yoshidan mavqeidan darajasidan qat’iy nazar saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom ta’zimda.

Nigina Najimova 1969 yilda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida tavallud topgan. Yoshligidan ilmga chanqoq o‘zi chaqqon va ziyrak o‘quvchi bo‘lganligi uchun maktabni kumush medal bilan tamomlagan. Ta’lim va tarbiya bergan ustozlariga havas qilib, ulardek o‘qituvchi bo‘lishni orzulagan Nigina 1986 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi. 

1991 yilda oliygohni tamomlab, ish faoliyatini Gʻijdivon tumanidagi 23-sonli maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. Taqdir taqozosi bilan 1993 yilda Uchquduqqa kelishgan, 3-maktabga suhbat asosida ishga qabul qilingan. 

-Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabda davlat tili o‘zbek tilidan dars bera boshladim. Ko‘p o‘tmay o‘quvchilarim bilan tezda til topishib ketdim, hozir ham shogirdlarim dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin yo‘qlab turishadi. Sevimli ustozim, deya alqashadi. Albatta, buning zavqini o‘qituvchigina his qiladi, – deydi Nigina Rashidovna. 

Mana 33 yildirki yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan ustoz nafaqada bo‘lishiga qaramay, o‘quvchilaridan bir soniya ham ayro yashagisi yo‘q. Dars berishdan tashqari 7 – sinf o‘quvchilariga rahbarlik ham qiladi.

To‘g‘ri, hech bir o‘qituvchi o‘z yutuqlarini aytib maqtanmaydi. Ustozlar shunday kamtar va hokisor insonlar bo‘lishadi. Lekin Nigina Rashidovnaning o‘quvchilari fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallab kelayotganligi fidokor o‘qituvchi mehnatiga berilgan yuksak baho aytish joiz bo‘lsa bir mukofotdir!

Tumanimizdagi ilm o‘choqlarida Nigina Najimova singari ziyo nur sochayotgan ustozlar talaygina. Ular bilan gazetamizning keyingi sonlarida tanishib olasiz.

O'qilgan: 87 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: