Mavzu: Boburni anglash.
Reja.
1. Boburning siyosiy faoliyati.
2. "Boburnoma" memuar asar.
3. Bobur ijodi va uning o'rganilishi.
Jahon tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk siymo, ham shoh ham shoir ham qomusiy olim sifatida nom qoldirgan Zahiriddin Muhammad Boburning siyosiy faoliyati juda erta boshlanadi. Zahiriddin Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijonda dunyoga keladi. Uning otasi Umarshayx Mirzo Temuriylar naslidan bo'lib Farg'ona viloyatining hokimi edi. Onasi Qutlug' Nigor xonim Chingizlar naslidan edi. Bobur ikki buyuk sulolaning naslidan edi. Bobur ota-onasining, ustozlarining ko'magida ko'plab bilimlarni egallayotgan bir davrda otasi bevaqt vafot etadi va 12 yoshli Bobur taxtga o'tiradi. Bu davrdagi taxt talashishlar, Amir Temur tuzgan davlatning parakonda bo'layotgani kabi siyosiy vaziyatlar Boburni o'z komiga tortdi. Otasining vafotidan so'ng bir tarafdan Andijon taxtiga ukasi Jahongir Mirzoning davogar bo'lib chiqishi, ikkinchi tarafdan amakisi Sulton Mirzo va tog'asi Sulton Mahmud Mirzolarning isyoni Boburni o'z jigarlariga qilich ko'tarishiga majbur qiladi. Ukasi bilan sulh tuzib Farg'ona viloyatini ikki qismga bo'lib bir qismini ukasiga beradi. Bu davrda Samarqandda ham tinchlik hukmron emas edi. Bobur Samarqandda bir necha yil davomida Shayboniyxon bilan urushadi. Ammo bu janglarda ko'p qo'shinga ega bo'lgan Shayboniyxonning qo'li baland kelib Bobur Samarqand butunlay tashlab ketishga majbur bo'ladi. Shundan so'ng Shayboniyxon Andijonni ham egallaydi. Bobur esa yurtini tashlab ketishga majbur bo'ladi. Bobur avval Kobulda o'z hokimyatini o'rnatadi. Undan so'ng esa bir necha o'rinishlardan so'ng 1526-yilda Lo'diylar sulolasini mag'lub etib Hindistonni egallaydi va Boburiylar sulolasiga asos soladi. Qisqa bir vaqt ichida Bobur Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga homiylik qildi. Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida keng miqyosga yoyildi. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy, ruhiy muhit vujudga keldi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar. Boburning avlodlari Hindistonda 300 yildan ortiqroq hukmronli qildi va Yevropa tarixchiligida "Buyuk mo'g'ullar" nomi bilan mashhur bo'ldi.
Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma”si– adabiy va tarixiy ahamiyatga molik memuar asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri ya'ni 1494-yildan 1529-yilgacha bo'lgan voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan. Bu asarni o'qib ekansiz go'yoki Bobur bilan birga o'sha davrda yashayotganday bo'lasiz. Bu asar orqali Boburning siymosini uni qanday mohir sarkarda, adolatli shoh, iste’dodli shoir, hamda qomusiy olim bo'lganligini ko'ramiz. "Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Bobur voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi. Bobur koʻplab hukmdorlar, mamlakat boshliqlari haqidagi tarixiy faktlarni muhrlab qoldirgan. Amir Temur, Umarshayx, Mirzo Ulugʻbek, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar mirzo singari davlat boshliqlarining siyosiy-ijtimoiy faoliyatlariga baho berilgan. Bundan tashqari asarda oʻsimliklar va hayvonot olami haqidagi nodir maʼlumotlar ham jamlangan, jumladan, adib Afgʻonistondagi Dashti Shayxda oʻttiz uch xildagi bir-birini takrorlamaydigan lola turlari haqida gapiradi. Boburnomada turli shaxslarga yozilgan xatlar ham keltirib o'tilgan. Ba'zi g'azal ruboiylarining ham qanday yozilganlig tarixi keltirib o'tilgan. "Boburnoma”da adibning shaxsi, uning tarjimayi holi, xarakteri, qiziqishlari, kishilarga munosabati borasidagi qarashlari tegishli tarzda oʻz aksini topgan. Biz asar sahifalaridan Bobur shaxsiyatidagi rostgoʻylik, mardlik, adolatparvarlik, mehribonlik, qattiqqoʻllik, hassoslikning namoyon boʻlish holatlari bilan tanishamiz. Asarda Boburning ajdodlari, oilasi, avlodlari haqida ham birlamchi materiallar berilgan. Asarda 1508–1520,1525,1530-yillardagi voqealar aks etmay qolgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek mumtoz adabiyoti, jug'rofiya, tarix voqeligini muhrlashda katta mavqega erishdi. Ulug' bobomizning sertashvish hayoti va jo'shqin faoliyati siyosiy jihatdan inqirozga uchragan Temuriylar davlatining so'nggi davriga to'g'ri keldi. Bobur Mirzo chekiga inqirozning barcha azob -uqubatlarini boshdan kechirish tushgandi. Uning ruboiy va g'azallarida akslantirilgan holatlarda ham ana shu ruh yaqqol bayon etilgan.
Ishqingda ko 'ngil xarobdur men ne qilay ?
Hajrinda ko 'nglim parobdur men ne qilay ?
Jismim aro pech-u tobdur men ne qilay ?
Jonimda ko 'p iztirobdur men ne qilay ?
Boburning har bir ruboiylarida, g'azallarida uning ichki kechinmalari aks etgan, sog'inch hissi sezilib turganini his qilishiniz mumkin:
Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yub Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Boburning ko‘p g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan. Ularda adibning shaxsiy hayotiga oid bo‘lgan kechinmalar juda yorqin va ta’sirchan tarzda ifodalangan.Bobur g‘azaliyotida yurt va Vatanga muhabbat, ezgu insoniy fazilatlar tarannumi, oliyjanob tuyg‘ular tasviri yetakchilik qiladi.Bobur hayotda nihoyatda jur’atli, mardona, yangiliklarga o‘ch bo‘lgan. Bu xislatlar uning ijodi uchun ham xosdir. Bobur lirikasida ruboiy va qit’alar ham katta mavqe tutadi. Ularda mumtoz adabiyotimizdagi yetakchi obrazlar tizimi sifatida o‘ziga xos tarzda mujassamlashgan. Shu bilan birga, adib she’riyatning ijtimoiy motivlar bilan boyitilishiga ham katta hissa qo‘shdi. Bobur ruboiylarida ona Vatanga intilish, g‘urbat, hijron mavzulari keng yoritilgan. Quyidagi ruboiy ham adibning yurt sog‘inchiga to‘la qalbining aks sadosi, o‘ziga xos oynasidir.
Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qdur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qdur.
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qdur.
Birinchi misradayoq yor va diyor sog‘inchi juda oshkor va samimiy ifodalanmoqda. Unda muddatning davomiyligi e’tiborni tortadi. Bunga ko‘pdin berikim ifodasi orqali erishilgan. Keyingi misrada ana shu hodisa-sababning oqibati ko‘rsatilmoqda Keyingi ikki misrada ham mantiqiy ziddiyat aks etgan. Bu ruboiy ham boshqalari kabi ifodalarning tabiiy va quymaligi, turkona so‘zlarning o‘z o‘rnida, jonli holda qo‘llangani bilan ajralib turadi. Bobur g'azallarida turli she'riy san'atlar bilan uning hayotida bo'lib o'tgan voqealarni ko'rishimiz mumkin.
Bobur ijodini oʻrganish 1958-yil yoʻlga qoilgan. Bu yili Toshkentda katta ilmiy anjuman tashkil qilingan. Sharof Rashidov Bobur ijodini oʻrganish uchun alohida eʼtibor qilgan. Bobur asarlari nashr qilingan[6] va Hamid Sulaymonov Bobur miniatyuralarining nusxalarini xorijdan olib kelib nashr qilgan.Sharqshunos Sabohat Azimjonova Bobur xayoti va tarixi toʻgrisida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va fundamental monografiy nashr qilgan. Bobur nafaqat buyuk sarkarda,shoh balki buyuk shoir boʻlgan. Bobur haqida oʻzbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ʻʻYulduzli tunlarʼ’asarini yozgan.Bu asar aynan Boburning yoshligidan to vafot etgunga qadar voqealirini oʻz ichiga qamrab oladi.Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamgʻarmasi (1993.23.12) Bobur ijodini oʻrganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamgʻarmaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari boʻylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi maʼlumotlar toʻplab, ularni ilmiy isteʼmolga kiritdi. Bobur ijodini o'rganish hozirgacha ham o'rganilmoqda. Shu yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligining keng nishonlashini ham bundan dalolat berib turmoqda.
Navoiy viloyati Uchquduq tumani XTB ga
qarashli 12-sonli umumta'lim maktabining
10-sinf o'quvchisi Aldabayeva Gulbanu