Insho
Boburni anglash
Reja:
Kirish. Bobur - kop qirrali faoliyat va ijod sohibi
Asosiy qism:
1. Bobur sohibdevon, sohir shoir
2. Bobur Boburiylar sulolasining asoschisi
3. Boburnoma Boburning shoh asari
Xulosa. Ozbek millati va Ozbekistonni jahonga tanitgan shoh va shoir
Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi.
Adabiyot, ilm, maʼrifat nuqtai nazaridan u
hamon yashayapti.Oʻzligimizni anglab,
buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak,
ilm-maʼrifatni rivojlantirsak, hech qachon
kam boʻlmaymiz.
Shavkat Mirziyoyev.
Bobur – buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, tarixchi, tilshunos, sanatshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida kop qirrali faoliyat va ijod sohibi. Bobur asarlarining gultoji bolmish birgina Boburnoma ning ozi uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Chunki Boburnoma da tilga olingan atamalarning qaysi sohaga tegishli bolishidan qatiy nazar, izohi mukammal berilgan. Bu esa asar muallifining ilmi donish kishi ekanligidan dalolat beradi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, maʼrifat nuqtai nazaridan u hamon yashayapti. Oʻzligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-maʼrifatni rivojlantirsak, hech qachon kam boʻlmaymiz",- degan so’zlari bizning fikrlarimiz isbotidir.
Bobur shuhratda daho Alisher Navoiyning yonida turadigan mumtoz soz sanatkori, shoir va adibdir. Badiiy mahorat bobida biror ozbek shoh va shoiri Bobur bilan bellasha olmaydi. Bobur ijodidagi tarjimayi hollik xususiyati kitobxonda samimiyat va faxr tuygusini uygotadi. Chunki uning deyarli barcha asarlari ozining kechinmalari zamirida bitilgan. U ona shahri, Vatani soginchini misralarida ifodalaydi. Sherlarining birida Hindiston shohi, Boburiylar sulolasining asoschisi bolsa ham, Vatani, Andijonning bir garibi ekanligiga urgu beradi: Ne yerda bolsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
Garibingga tarahhum aylagilkim, andijoniydur.
Hech bir shoir Vatandan yiroqlik fojiasini Boburchalik koptomonlama va tasirchan ifodalay olmagan bolsa kerak
Boburning oz guvoxligiga kora, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqgda boshlangan; «Ul fursatlarda biror ikki bayt aytur edim», deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular ortasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar toplana boshlashi ham shu yillarga togri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur ortasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizgin adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va kop vaqti jangu jadallarda otgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizgin davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan choglarida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, sanat va ijod ahlini oz atrofiga toplab, homiylik qilgan, ularni ragbatlantirgan.
Bobur gazallarining asosiy mavzusi oshiqona ehtiroslar, yolvorishlar, iztiroblar-u yonishlardan iboratdir. Gazallarining asosiy qismi ota soda, mislsiz mahorat bilan bitilgan. Shunday shoirlar bor, dunyoda to sher oti bor ekan , istedodli shoir-u adiblar uning sherlariga maftun va shaydo boladilar. Bu royxatning avvalida Navoiy tursa, undan song, shubhasiz, Bobur turadi.
Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan edi: «Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi». “ Bobur – dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan. U sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi koʻrardi. Mard, jasur, isteʼdodli lashkarboshi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga, u harakatchan, oʻz ishini davom ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor boʻlish uchun intiluvchi odam boʻlgan”, - deb fikr bildirgan hind davlat arbobi Javoharla’l Neru. Tarixiy maʼlumotlarda aytilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil-kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq vaqt hukmronlikqildi.
Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq yashamadi — 1530-yil dekabr oyida, Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga keltirib dafn etdilar. Boburning davlat ishlaridagi xizmati nimada? Avvalo, u Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirish, mamlakat yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish bogʻ-rogʻlar yaratish ishlariga shaxsan oʻzi homiylik qildi. Hozirgacha mashhur boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar, bogʻlar, kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirish, ayniqsa, uning oʻgʻillari va avlodlari davrida kengaydi, deyish mumkin. Hindiston sanʼati va meʼmorchiligiga Markaziy Osiyo uslubining kirib kelishi sezila boshladi. Bobur va uning hukmdor avlodlari huzurida oʻsha davrning ilgʻor va zehni oʻtkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslari va davlat arboblarini mujassam etgan mukammal bir maʼnaviy-ruhiy muhit vujudga kelgandi. Boburiylar davlatidagi madaniy muhitning Hindiston uchun ahamiyati haqida hind xalqining mashhur arbobi Javoharlaʼl Neru shunday yozgan edi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”. Bobur Hindistonda katta hajmdagi adolatli davlat ishlari bilan bir qatorda, adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettirdi va yuqorida zikr etilgan asarlarini yaratdi. Boburning butun jahon ommasiga mashhur boʻlgan shoh asari “Boburnoma” hisoblanadi. Maʼlumki, unda Bobur yashagan davr oraligʻida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yaxshi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat boʻlib, uning birinchi qismi — XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda roʻy bergan voqealarni; ikkinchi qismi — XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, yaʼni Afgʻonistonda roʻy bergan voqealarni; uchinchi qismi — XVI asrning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bagʻishlangan. “Boburnoma”da oʻsha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, oʻz yurti Fargʻona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Oʻsh, Urganch, Oʻratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir maʼlumotlar keltirilgan. Unda Kobul ulusining yirik shaharlari Kobul, Gʻazna va ular ixtiyoridagi koʻpdan-koʻp tumanlar, viloyatlar, Shimoliy Hindiston haqida maʼlumotlarni uchratish mumkin. .
“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston xalqlariga xos boʻlgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi.
“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.
“Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.
Asarda tarixning Bobur yashab oʻtgan davri voqelari ifodalangan. Bu voqealar Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Yaʼni unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
“Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va loʻnda, taʼsirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan eʼtiborlidir. Muallif voqealar bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alohida kishilarning taʼriflariga jiddiy ahamiyat beradi. Boburning shoh asari – “Boburnoma” turli soha olimlari uchun qimatli manba boʻlish bilan birga, milliy maʼnaviyatimizning noyob durdonasi sifatida xalqimiz tafakkurining oʻziga xos jihatlari, koʻhna qadriyatlarimiz, shonli tariximizni bamisoli tiniq koʻzgu kabi aks ettirib turadi.
O’zbek millati va O’zbekistonni o’zining shoh asari “Boburnoma” bilan jahonga tanitgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur har birimizning faxrimizdir. Bobur qobiliyat va iqtidor egalarini qadrlaydigan, barcha iste’[dodli insonlarga iltifot bilan qaraydigan yuksak ehtiromga loyiq vatanparvar va bunyodkor insondir. Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. Oʻzbek xalqining dovrugʻini dunyoga taratgan ulugʻ ajdodlarimizdan biri oʻlaroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga oʻrgatadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor boʻlmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi.