LOTIN-КИРИЛЛ

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan karantin davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot

Butun bashariyat sinovli va og‘ir kunlarni boshidan kechirib, koronavirus pandemiyasiga  qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘lida xalqimiz birlashib, hamjihatlikda kurash olib borishlarida, tumandagi saxovatpesha insonlarning sa’y-harakatlari bilan karantin paytida qiyin axvolda qolgan oilalarga mehr-muruvvat ko‘rsatishib, joriy yilning o‘tgan davri maboynida jami  607 ta xonadonga 47 731 000 so‘mlik turli oziq-ovqat maxsulotlari, zaruriy dori-darmonlar, 2000 dan ortiq tibbiy himoya niqoblari tarqatildi.

Jumladan;

Shimoliy Kon Boshqarmasining kasaba uyushmasi xomiyligida jami
220 nafar keksa faxriylarga 5 millionlik oziq-ovqat maxsulotlari hamda
450 ta tibbiy himoya niqoblari tarqatildi.

“Kall senter” ga tushgan 28 ta murojaat bo‘yicha 2 900 000 so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlari tarqatildi.

Xomiy tadbirkor, tashkilotlar hamda murivvat pesha insonlar tomonidan esa 359 ta xonadonga  39 831 000 so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlari tarqatildi.

 

Bundan tashqari, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan joriy yilning mart oyi davomida 30 nafar yoshi ulug‘ keksa faxriylarga
3 millionlik mablag‘lar “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan moddiy yordamlar berildi.

Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda,
2020 yilning aprel oyida, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan “Yo‘lchilar” OFY hududidagi ichimlik suv bo‘yicha muammosi bo‘lgan 21 ta xonadonga amaliy yordam ko‘rsatilib, ichimlik suv bilan bog‘liq muammolari hal qilindi, haqdorlik qarzlari bo‘yicha elektr energiyasiz qolgan 1 ta xonadonning haqdorlik qarzlari qoplandi va elektr energiya tarmoqlariga qayta ulanishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Uchquduq tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida Keksalar va faxriylar yo‘nalishida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

Uchquduq tumanida oziq-ovqat maxsulotlari va gigena tovarlari bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan 11 nafar keksalar hamda o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan 54 nafar keksalar ro‘yxatlari shaklantirilib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda boshqa xomiy tashkilotlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tumanda mehnat fronti faxriylar soni 7 nafarni tashkil etib, amaliy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Uchquduq tumanidagi mavjud 13 fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik asosida “Keksalar maslahati” guruhlari tuzilib, guruh tarkibi15-20 nafardan, jami 195 nafar aholi orasida obru-e’tiborli, kishilarni ortidan ergashtira olish malakasiga ega bo‘lgan, boshqalarga ibrat bo‘ladigan keksa avlod vakillari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organlarining nafaqadagi xodimlari jalb etildi.

Mahallalarda ajrashgan, ajrashish bo‘sag‘asida turgan oilalarni yarashtirish hamda mavjud notinch oilalardagi kelishmovchiliklarni hal etish, uyushmagan va tarbiyasi og‘ir bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, yoshlarni kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun ulardagi iqtidor yoki qobiliyatga qarab kasbga yoki xunarga yo‘naltirish uchun kasbdan kelib chiqib ko‘pni ko‘rgan nuroniylar biriktirildi.

Butun bashariyat sinovli va og‘ir kunlarni boshidan kechirib, koronavirus pandemiyasiga  qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘lida xalqimiz birlashib, hamjihatlikda kurash olib borishlarida, tumandagi saxovatpesha insonlarning sa’y-harakatlari bilan karantin paytida qiyin axvolda qolgan oilalarga mehr-muruvvat ko‘rsatishib, joriy yilning o‘tgan davri maboynida jami 15 985 000 so‘mlik turli oziq-ovqat maxsulotlari, zaruriy dori-darmonlar, himoya niqoblari tarqatildi.

Tumandagi, Shimoliy Kon Boshqarmasining kasaba uyushmasi xomiyligida jami 220 nafar keksa faxriylarga 5 millionlik oziq-ovqat maxsulotlari tarqatildi.

Bundan tashqari, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan joriy yilning mart oyi davomida 30 nafar yoshi ulug‘ keksa faxriylarga3 millionlik mablag‘lar “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan moddiy yordamlar berildi.

Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda,2020 yilning aprel oyida, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan “Yo‘lchilar” OFY hududidagi ichimlik suv bo‘yicha muammosi bo‘lgan 21 ta xonadonga amaliy yordam ko‘rsatilib, ichimlik suv bilan bog‘liq muammolari hal qilindi, haqdorlik qarzlari bo‘yicha elektr energiyasiz qolgan 1 ta xonadonning haqdorlik qarzlari qoplandi va elektr energiya tarmoqlariga qayta ulanishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mahalla  va  oilani   qo‘llab quvvatlash  bo‘limi  xotin-qizlar masalalari  yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha

MA’LUMOT                                              

         Tumanda 2020 yilning shu kungi xolatiga jami 41 955 nafar axoli mavjud bo‘lib, shundan 20 278 nafarini ayollar, tashkil etadi. Tumanda 10552 nafar xonadonlar mavjud bo‘lib, ularda 11589 nafar oilalar, shundan  2130 nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar   yashab kelmoqda.

Jumladan, tumanda shu kunga qadar

Nikoh 2019 yilning shu davriga qadar 53 nafar, 2020 yil boshidan 42 nafar

Ajrim 2019 yil 18 nafar, 2020 yil 4 nafar

Yolg‘iz ona 2019 yil 2 nafar, 2020 yil 1 nafar

Otalikni belgilash 2019 yil 3 nafar, 2020 yil 7 nafar qayd etilgan. bo‘lib,  hafta davomida qonuniy nikoh, oilaviy ajrim, otalikni belgilash va yolg‘iz ona  holatlari qayd etilmadi.

Jinoyat Xotin-qizlar tomonidan 2019 yilning shu davriga qadar qayd etilmagan bo‘lib, 2020 yil 3 nafar qayd qilingan.

         Joriy yilning  6-aprel sanasidan 11- aprel sanasiga qadar ajrim masalalari yuzasidan murojaat etgan 4 oilalar o‘rganilib, 3 nafari bilan yarashtirish ishlari olib borish natijasida oilalar yarashtirildi. Shuningdek, tumanda foxisha sifatida ro‘yxatga olingan 8 nafar xotin-qizlardan hafta davomida 5 nafarining oilaviy sharoiti, turmush darajasi o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etgan holda sog‘lom turmush tarziga qaytarish choralari ko‘rildi.

         Chet davlatdan qaytgan va hozirda tumanda yashab kelayotgan 2 nafar xotin-qizlar xolidan xabar olinib, oilaviy sharoiti o‘rganildi va moddiy hamda psixologik yordam berildi.

O'qilgan: 1269 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 04 May 2020

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: