LOTIN-КИРИЛЛ

TUMAN HOKIMI QARORI

   Uchquduq  tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasida joylashgan fuqaro J.Xamroyevga tegishli bo‘lgan  “savdo do‘koni” binosi orqa tomonidan vaqtincha foydalanishga  o‘n (10)  yil muddatga 270,0 kv.m yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi

 O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 6, 20-moddalariga asosan, Uchquduq tumani, Navoiy MFY hududi X.Do‘stligi ko‘chasi, 4-uy 29-xonadonda yashovchi fuqaro Xamroyev Jurabek Rizokulovichning 2021-yil 6-yanvardagi murojaatini inobatga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

    Q A R O R    Q I L A M A N:

  1. Uchquduq tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasidan Xamroyev Jurabek Rizokulovichga 270,0 kv.m yer uchastkasiga, 10 (o‘n) yil muddatga vaqtincha foydalanishga “savdo do‘koni” binosini qurishga ruxsat berish  to‘g‘risida Uchquduq tuman yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
  2. Uchquduq tumani “Mustaqillik” MFY hududi A.Temur ko‘chasidan Xamroyev Jurabek Rizokulovichga 270,0 kv.m yer uchastkasiga, 10 (o‘n) yil muddatga vaqtincha foydalanishga “savdo do‘koni” binosini qurishga ruxsat berilsin. (Yer uchastkasining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
  3. Tuman qurilish bo‘limi (I.Baxromzoda)ga ushbu “savdo do‘koni” binosi qurilish ishlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida nazorat qilib borish topshirilsin.
  4. Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi (A.Qilichov)ga belgilangan

    tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirilsin.

  1. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin.

S.Xamroyev,

Tuman hokimi

           

2021-yil 29 –yanvar

22-Q- son Uchquduq tuman

O'qilgan: 968 bora

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: