LOTIN-КИРИЛЛ

Sog'liqni saqlash

Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati

Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi 29511 nafar aholiga xizmat qiladi, shundan 9071 nafari, ya’ni 30,7% bolalar, 1482 nafari ya’ni 5,0% o‘smirlar, 18958 nafari, ya’ni 64,3% katta yoshdagilar, 15459 nafari, ya’ni 52,4% ayollar bo‘lib, shularldan 8321 nafari, ya’ni 28,1 % tug‘ish yoshidagi ayollarni tashkil etadi.
Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi tarkibiy tuzilmasi tarkibida 80 o‘rinli markaziy kasalxona, 125 qatnovga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, tez yordam bo‘limi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘limi, nogironlar, keksalar va aholining boshqa hojatmand qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘limi hamda bir vaqtni o‘zida 25 qatnovga mo‘ljallangan 7 ta qishloq vrachlik punkti faoliyat ko‘rsatadi.
Tumandagi ambulatoriya poliklinika muassasalarining umumiy quvvati 285 bo‘lib o‘ tgan yilga nisbatan o‘zgarmagan. Hisobot davrida ambulatoriya poliklinika muassasalari qatnovlar 173243 ta qabul bajargan bo‘lib, har bir aholiga nisbatan 5,8 martaga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda shifoxonalardagi umumiy o‘rinlar soni 80 tani tashkil etadi, har 10 000 aholiga nisbatan taminot jami 27,1 ga teng.
2019 yil 9 oy davomida 813 nafar bemor davolangan bo‘lib, ularning shifoxonada bo‘lgan o‘rtacha kuni 5,3 kun, o‘rinlarning ishlashi 189,5 kunni tashkil qiladi. Shundan terapiya bulimida 647 nafar, bolalar bo‘limida 545 nafar, xirurgiya bo‘limida 326 nafar, yuqumli kasalliklar bo‘limida 369 nafar, patalogiya bo‘limida 256 nafar, genikologiya bo‘limida 285 nafar, tug‘ruq bo‘limida 385 nafar bemor davolanlandi. Bemorlardan 15 nafarida o‘lim qayd etildi. Terapiya bo‘limida 1 nafar, shoshilinch terapiya bo‘limida 8 nafar, bolalar bo‘limida 1 nafar, xirurgiya bo‘limida 3 nafar, yuqumli bo‘limida 1 nafar, shoshilinch xirurgiya bo‘limida 1 nafarni tashkil etadi.
Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida umumiy o‘lim ko‘rsatkichi 2019 yil 9 oyda jami tuman bo‘yicha 40 kishi bo‘lib, har 1000 aholiga nisbatan 1,3% taga kamaygan.
Asosiy demografik ko‘rsatkichlardan bo‘lgan va jamiyatda katta iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy o‘sish ko‘rsatkichi 2019 yil 9 oyda 11,2 ga teng bo‘ldi.
Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida 8321 nafar tug‘ish yoshidagi xotin-qizlar mavjud bo‘lib, 2019 yil 9 oy davomida 7480 nafari, ya’ni 90,0% tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 3031 nafarida, ya’ni 40,5 % turli ekstragenital kasalliklar aniqlandi. Ulardan 2358 nafari, ya’ni 78 % ambulator, 84 nafari, ya’ni 28% statsionar sharoitida sog‘lomlashtirildi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binosiga va 7ta QVPga ijtimoiy dorixona tashkil qilingan va ular hozirgi kunda faoliyat yuritib kelmoqda.


Kasalxonalar

Tumandagi yirik kasalxonalar ro'yxati


Poliklinikalar

Poliklinikalar ro'yxati



Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879) 593-11-03
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: