LOTIN-КИРИЛЛ

Vazifalar taqsimoti

UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI BOSHQARUV APPARATINING VAZIFALAR
TAQSIMOTI

Tuman hokimi

Tuman hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati, viloyat hokimi va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqalarni, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar
va tegishli xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar
va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi;
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar koʻradi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
aholini qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat, ariza va takliflarini qarab chiqadi, tumanda tashkil etilgan “Xalq qabulxonasi”ni faoliyat koʻrsatishiga har tomonlama koʻmaklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;
tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, tuman mahalliy byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman Kengashiga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda tuman hokimining oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini xalq deputatlari tuman Kengashining tasdigʻiga kiritadi;
hokimlik apparat xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan tuman Kengashi tasdigʻiga kiritadi. Shuningdek, tegishli boshqarma korxona va tashkilotlar rahbarlarini saylash va tayinlash boʻyicha viloyat idoralariga takliflar kiritadi;
tegishli rahbarlarni xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura boʻlinmalarining ishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari tuman Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
respublika va xorijda viloyat, tumanning rasmiy vakili sifatida ish koʻradi;
oʻziga berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar oʻtkazish, qoʻshimcha korxonalar, xoʻjalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uygʻunlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi boshqa viloyat (shahar)lari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida oʻzaro munosabatlar oʻrnatadi;
tumandagi mahalliy davlat hokimiyati ijroiya organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident Farmon, qaror
va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining, shuningdek xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlarining hujjatlari hamda tuman hokimining qaror va farmoyishlarini bajarish boʻyicha faoliyatlarini nazorat qiladi;
zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2 marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi, uning xujjatlarini imzo qoʻyib tasdiqlaydi;
olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot beradi;
tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik
va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni oʻzlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini koʻradi;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni toʻplash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor boʻlishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar
va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xoʻjaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yoʻl xoʻjaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq
va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida oʻz vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Tuman hokimligi boshqaruv apparati toʻgʻrisidagi Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish koʻradi.
Quyidagi komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:
Tuman hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish boʻyicha komissiyasi;
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiya;
Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi;
Tumanda epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha tuman komissiyasi;
Yoshlar masalalari boʻyicha tuman idoralararo Kengashi;
Tuman Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi;
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuman Kengashi;
Toshqinga qarshi kurash boʻyicha tuman komissiyasi;
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.
Oʻz vakolati doirasida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlinmasi;
tuman prokuraturasi;
tuman ichki ishlar boʻlimi;
tuman adliya boʻlimi;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi;
fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi;
tuman iqtisodiy sudi;
tuman Maʼmuriy sudi;
tuman mudofaa ishlari boʻlimi;
boshqa huquqni muhofaza qilish organlari.

Tuman hokimining yordamchisi

Lavozimiga tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devonining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligining bevosita hokimga yoʻllangan yozma topshiriqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni taʼminlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari toʻgʻrisida hokimga axborot beradi;
hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi
va ularning ijrosini tashkil qiladi;
hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan oʻtkazadi, zaruriyat boʻlganda, boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi
va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
hokim tomonidan yuklangan va funktsional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hokimning kunlik, haftalik, oylik, choraklik va yillik ishlarini tashkillashtiradi.
Har kuni tuman hokimi qabuliga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha kelgan mansabdor shaxslarni belgilangan tartib asosida hokim qabuliga kiritadi. Hokim topshirigʻiga koʻra masʼul shaxslarni hokim qabuliga taklif etadi.
Xorijiy va hamdoʻstlik davlatlaridan, qoʻshni viloyatlardan turli masalalarda kelgan mansabdor shaxslar, mehmonlarni qabulxonada tegishli tartibda qabul qilib, hokim huzuriga tashrif buyurishlarini tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, vazirliklar, viloyat hokimligi va boshqa barcha yuqori tashkilotlarning kundalik telefon qoʻngʻiroqlariga belgilangan yoʻriqnomalar asosida javob beradi, bu haqda tuman hokimini xabardor qiladi va zarur hollarda tegishli mansabdor shaxslarga xabarlarni yetkazadi.
Hokim topshiriqlarini tezkor va sifatli bajaradi, ularni hisobga oladi va nazorat qiladi, ularning bajarilishi haqida hokimga axborot berib boradi.
Tuman hokimiga matbuotda chop etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimining qarorlari haqida oʻz vaqtida axborot berib boradi.
Hokim tomonidan oʻtkaziladigan majlislarni tashkil etishda qatnashadi.
Respublika, viloyat va gazetalari, jurnallari sahifalarida chop etilgan tuman hayotiga oid nashrlar, maqolalar haqida hokimga axborot beradi, hokim nomiga kelayotgan muhim hujjatlar bilan ishlaydi, ularni hokim koʻrib chiqishi uchun tayyorlaydi. Shoshilinch xarakterdagi xabarnoma
va topshiriqlardan zudlik bilan hokimni xabardor etadi.
Shaxsiy masalalar boʻyicha tuman hokimi qabulini oʻtkazishda ishtirok etadi va uni tashkil etishda tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Hokimlik tashkiliy-nazorat guruhi va bosh mutaxassislari bilan hamkorlikda tuman hokimligi apparat va “Hokim soati” yigʻilishlari yuzasidan tuman hokimini tegishli maʼlumotlar bilan taʼminlaydi.
Tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushayotgan tezkor axborot va maʼlumotlar haqida doimiy ravishda hokimga maʼlumot berib boradi, zarur hollarda bu haqda hokimlikdagi mansabdor rahbarlarga bildiradi.
Hokimlik masʼul xodimlari bilan hokim oldi yigʻilishlarida oʻziga topshirilgan vazifalarni bajaradi va zarur hollarda masʼul shaxslarga bajarish uchun yuklatilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
Tuman hokimi ishga kelishi va ketishi oldidan hokim xonasini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va xonani maxsus muhr bilan muhrlaydi. Telefon va boshqa aloqa xizmatlari ishini koʻrib chiqadi.
Majburiyatlarini va topshiriqlarni bajarmasa hamda amaldagi qonunchilik talablarini buzgan hollarda belgilangan tartib asosida intizomiy jazo chorasi qoʻllanadi.

Tuman hokimining chegara boʻyicha yordamchisi

Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Respublika, viloyat va tuman miqiyosida oʻtkaziladigan bayram tadbirlari kunlari navbatchilik jadvallarini tuzadi hamda tashkillashtiradi;
Shuningdek tumandagi barcha korxona va tashkilotlar boʻyicha ham shakllantirib navbatchi shtabini tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralari yaqinidagi ovul fuqarolar yigʻindagi muammolarni oʻrganish va hal etish boʻyicha tuman hokimiga takliflar tayyorlaydi;
Qoʻshni respublika va viloyatlardan hududga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bogʻliq tadbirlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Har kuni ovullardan telefon va ratsiya orqali bogʻlanib,
ob-havo, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan masalalar, muhim voqealar haqida maʼlumot oladi va hokimga xabar beradi.
Bayram, dam olish kunlari hamda favqulodda vaziyatlar eʼlon qilinganda tuman hokimi qabulxonasiga hokim oʻrinbosarlari, guruh rahbari, bosh mutaxassislar va boshqa xodimlardan iborat maxsus navbatchilikni tashkil etadi.
Tuman hokimligi apparati telefonlar roʻyxatini tayyorlaydi (yiliga ikki marta oʻzgartirishga qarab qayta koʻrib chiqiladi).
Tuman hokimligiga kirish ruxsatnomalarini rasmiylashtirish, qaytarib olish, tuman hokimligi guvohnomalarini rasmiylashtirish, ulardan notoʻgʻri foydalanishni oldini olishni nazorat qiladi.
Qabulxona va qoʻriqlash postiga koʻyilgan talablar boʻyicha ishni tashkil etish, faollar yigʻilishi qatnashchilarini doimiy roʻyxatini olib borish, yigʻilishlar oʻtkazilganda (faollar yigʻilishi va hokim soati yigʻilishlarida) navbatchilik va roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etadi.
Majburiyatlarini va topshiriqlarni bajarmasa hamda amaldagi qonunchilik talablarini buzgan hollarda belgilangan tartib asosida intizomiy jazo chorasi qoʻllanadi.

Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Tuman hokimligi apparatiga hamda tumanda iqtisodiyot va tadbirkorlik kompleksiga rahbarlik qiladi. Sohaga daxldor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qaror
va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi hamda tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni tashkillashtiradi. Respublika va viloyat miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini taʼminlaydi;
tumanning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, sanoat, xizmat koʻrsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;
iqtisodiyot masalalari boʻyicha tegishli vazirlik, idoralar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank
va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqadi va soʻzsiz amalga oshiradi;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tumanda ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablagʻ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qiladi;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti
va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligi sohasini, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tumanning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirishni taʼminlaydi;
kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini taʼminlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish;
qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xoʻjaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx konʼyukturasini oʻrganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshiradi;
inson manfaatlarini taʼminlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga nakd pul toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi.
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar koʻrsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini isteʼmol tovarlari
va xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va koʻrgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
“yagona darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari koʻrsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik subʼektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;
ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik subʼektlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni viloyat Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasiga kiritish;
hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik subʼektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar boʻyicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam oʻtkazish, shuningdek tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yoʻli bilan tadbirkorlik subʼektlari orasida axborot
va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk obʼektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;
Pochta va telekommunikatsiyalar faoliyati, arxiv ishi va intellektual mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Viloyat hokimligiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;
Yoʻriqnomaga asosan maxfiy hujjatlar ish yuritishini mustaqil olib boradi va xizmat doirasida foydalanish uchun hamda xukumat telegrammalarini rasmiylashtirish, ijrosini taʼminlash, ijrochilarga toʻgʻri va belgilangan tartib asosida yetkazish hamda saqlanishi uchun shaxsan javob beradi.
Maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilishni taʼminlaydi.
Yoʻriqnoma talablariga toʻliq rioya qilingan holda maxfiy hujjatlar bilan ish yuritishni olib boradi va ijrosini taʼminlaydi.
Lavozimlar nomenklaturasiga asosan tuman hokimligi masʼul xodimlariga maxfiy hujjatlar bilan ishlashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 1999 yil
29 martdagi 140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy xujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Quyidagi komissiya va Kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:
Tuman “Pul-kredit siyosati” komissiyasi;
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tuman komissiyasi;
Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha tuman komissiyasi;
Oʻta muhim va toifalangan obʼektlar muhofazasini nazorat qilish komissiyasi;
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha tuman komissiyasi;
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Oʻz vakolati doirasida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

Tuman hokimligi Moliya boʻlimi;
Tuman Davlat soliq inspektsiyasi;
Tuman Statistika boʻlimi;
Tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi;
Tuman Iqtisodiyot va sanoat boʻlimi;
Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi;
Tuman tijorat banklari;
Tuman tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi;
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;
Tuman hokimligi huzuridagi shaxsiy tarkibga oid Arxivi;
Sugʻurta tashkilotlari;
Tuman “Dehqon bozori” MChJ

Uchquduq tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Kompleksga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Sohaga daxldor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi, tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi;
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirishni ragʻbatlantirish, tumanda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan yagona investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini shakllantirish
va amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tuman hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha doimiy ravishda takliflar ishlab chiqadi va yuqori turuvchi tashkilotlarga kiritib boradi;
Respublika va viloyatning yillik Investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va monitoring qilishda ishtirok etadi, xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik koʻmaklashishga qaratilgan mablagʻlarni jalb etish uchun investitsiya takliflari boʻyicha yagona bazasini yuritadi;
tumanning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, chet el banklari, jamgʻarmalari, agentliklari, kompaniyalari
va boshqa xalqaro huquq subʼektlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini oʻzaro manfaatli asosda rivojlantirish va hamkorlik yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari bilan bogʻliq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik koʻmaklashishga qaratilgan mablagʻlarni jalb etishda ishtirok etadi;
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish asosida tuman iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshiradi;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining jalb etiladigan kredit resurslari va texnik koʻmaklashishga qaratilgan mablagʻlar (grantlar), Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
tumanning iqtisodiy va investitsiya salohiyati toʻgʻrisida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish boʻyicha Respublika miqyosida oʻtkaziladigan xalqaro konferentsiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarida ishtirok etadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida texnologik uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni xarid qilish uchun tender (tanlov) savdolari oʻtkazish va ularning yakunlari boʻyicha gʻoliblarni aniqlashda ishtirok etish, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati va raqobatdoshligi, energiya va resurs tejamkorligi boʻyicha zamonaviy talablarga, ekologik standartlarga javob beradigan ilgʻor texnologiya hamda uskunalar boʻyicha jahon bozoridagi vaziyatning chuqur tahlilidan, taklif etilgan narxlarning dunyo bozoridagi oʻrtacha baho va yuzaga kelgan bozor konʼyunkturasiga mos kelishi, shuningdek, tayyor holda topshiriladigan loyihalar qiymati taklif etiladigan texnologiyaga qanchalik muvofiq ekanidan kelib chiqqan holda, tender hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tender takliflarini baholashda qatnashish, zarurat tugʻilganda, oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini rad etish, tender natijalariga koʻra tuzilgan import shartnomalarini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida sotib olinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalar, butlovchi buyumlarning narx koʻrsatkichlari, shuningdek, tayyor holda topshiriladigan loyihalarning qiymat koʻrsatkichlariga doir import shartnomalarini tizimli asosda puxta ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlaydi;
tumandagi loyiha institutlari va tashkilotlarining investitsiya loyihalari, avvalo xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishni tashkil etadi;
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilma obʼektlari va resurslar eng koʻp sarf qilinadigan tarmoqlarda keng joriy etishga koʻmaklashadi;
dolzarb muammolarni, eng avvalo, joylardagi muammolarni hal etishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan oʻzaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqadi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tumandagi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targʻib qilish va ulardan amalda foydalanishning mexanizmlarini shakllantirish, bozorning tez oʻzgaruvchan jahon konʼyunkturasini hisobga olgan holda viloyat iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etadi;
tuman innovatsion salohiyatining faoliyati samaradorligining oʻsishiga faol koʻmaklashadi;
xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshiradi;
innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
innovatsiyalarni joriy etish va tuman iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish koʻlamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan korxona va tashkilotlarni jadal rivojlantirish hisobiga iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini oladi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, shu jumladan yirik riteylerlar yordamida taʼminlash orqali savdo bozorlarini va ularni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni kengaytirishga koʻmaklashadi;
“Xavfsiz shahar”, “Aqlli shahar” kontseptsiyalarini joriy etishni, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni taʼminlaydigan madaniy, sport va boshqa obʼektlarni tashkil qilishni ham nazarda tutuvchi ilgʻor standartlarni hisobga olgan holda, shaharsozlikning faqat bosh rejalar, rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq izchil rivojlanishini taʼminlashga koʻmaklashadi;
atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga, jumladan, atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni, biologik xilma-xillik va ekotizimni saqlashga qaratilgan innovatsion texnologik yechimlar ishlab chiqadi;
suvdan foydalanish tizimini, shu jumladan suvni tozalash, chuchuklashtirish va suv tejashning innovatsion texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
innovatsion tadqiqotlar, gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ragʻbatlantirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, istiqbolli fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda novatorlik gʻoyalarini ishlab chiqadi;
koʻrgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro manfaatli yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi;
yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yoʻnaltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish (ilmiy-tadqiqot ishlari qismida), shuningdek, ularning moddiy-texnika
va ilmiy salohiyatini mustahkamlashga koʻmaklashadi;
mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga yoʻnaltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat koʻrsatmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni, boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obʼektlar hamda yer uchastkalarini aniqlaydi;
ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obʼektlarni aniqlaydi;
yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga koʻmaklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning "yoʻl xaritalari"ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni taʼminlaydi;
investitsiya loyihalarini tanlash va ularni amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish boʻyicha taklif kiritadi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga yer maydonlari taqdim etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish yuzasidan monitoring yuritadi;
davlat mulki boʻlgan ishlamayotgan korxonalar va boʻsh yotgan mol-mulklarni kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda ishtirok etadi;
kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqish, kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi;
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek investitsiyalash toʻgʻrisida bitimga kiritilgan majburiyatlarning, shu jumladan, kichik sanoat zonalari ishtirokchilari korxonalarining biznes-rejalari parametrlari bajarilishi ustidan monitoring olib boradi;
kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari - tadbirkorlik subʼektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda yordam koʻrsatadi;
kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etadi;
hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha boʻyicha qabul qilingan kontseptsiya va dasturlarning ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;
sohani chuqur tahlil qilish asosida ichki turizm xizmatlarga boʻlgan talabni oʻrganadi, bu boradagi mavjud muammolar va toʻsiqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqadi va kelgusi rejalarni belgilaydi;
turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yoʻnalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yoʻnalishidagi diqqatga sazovor joylarni yaxshilash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilaydi hamda amalga oshiradi;
turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni, turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha masʼul idora va qoʻmitalarga taklifla kiritadi;
Quyidagi komissiyalar ishiga rahbarlik qiladi:
Davlat investitsiya dasturini amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish tuman komissiyasi;
Quyidagi komissiya va Kengashlar ish faoliyatini tashkil etadi:
Davlat mulkini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar evaziga investorlarga tanlov asosida “nolь” xarid qiymatida sotish boʻyicha tuman hududiy tanlov komissiyasi;
Quyidagi tashkilotlar tegishli masalalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi:
Tuman Investitsiyalar boʻlimi;
Chet el investorlari ishtirokidagi qoʻshma korxonalar;
Kichik sanoat zonalari direktsiyasi;
Shuningdek faoliyat doirasiga kiruvchi barcha korxona tashkilot hamda xoʻjalik birlashmalari.

Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tumanda sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik majmuiga rahbarlik qiladi. Sohaga dahldor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlari, hukumat, viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi, tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish
va amalga oshiradi.
Hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan yanada chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini taʼminlaydi.;
Sanoatni rivojlantirish sohasida islohotlarini chuqurlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi va yirik korxonalarga investitsiyalarni jalb etishga imkoniyat yaratadi.
Qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, kapital qurilish va kommunal sohasida iktisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, qurilish subʼektlari oʻrtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirishni tashkil qiladi.
Shuningdek, pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish
va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Tumanda shaharsozlik xujjatlarini shakllantirish va yuritish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar hamda shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.
Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish, avtomobilь yoʻllaridan foydalanish va taʼmirlash, aholiga transport va aloqa xizmati koʻrsatishni yaxshilash, sohaga bozor munosabatlarini joriy qilish masalalarini muvofiqlashtiradi.
Transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash, transport sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, transport
va kommunikatsiya komplekslarida infratuzilmani shakllantiradi.
Muhandislik va yoʻl-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoʻllar, transport inshoatlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suvi hamda gaz bilan taʼminlash, shuningdek aholi punktlarini obodonlashtirishni taʼminlash boʻyicha dasturni bajarilishiga yunaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish, kapital qurilishda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, loyihalashning zamonaviy uslublarini joriy etish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, pudrat tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish hamda iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish masalalari bilan shugʻullanadi, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan qurilishlarning borishini nazorat qiladi.
Yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi hamda investitsiya dasturlariga muvofiq ravishda qurilishlar manzilli roʻyxatini shakllantiradi
va tasdiqlaydi, barpo etilayotgan obʼektlarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyat koʻrsatishiga har tomonlama koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Kommunal sohani isloh qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish ishlariga rahbarlik qiladi.
Energetika korxonalari va boshqa biriktirilgan tashkilotlarda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishni taʼminlaydi.
Resurslarni tejovchi texnologiyalar va mexanizmlar joriy etilishini, yoqilgʻi-energetika resurslari tejalishini taʼminlovchi dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi.
Ikkilamchi qora va rangli metallarni toʻplash hamda topshirish ishlarini tashkil qiladi.
Bolalar sportini rivojlantirish masalalarida sport inshooatlarini qurish va obodonlashtirish ishlari bilan shugʻullanadi.
Aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xoʻjaligini rivojlantirish, tuman markazi, ovul aholi punktlarini obodonlashtirish boshqarmasi ishlarini muvofiqlashtiradi.
Aholini sifatli ichimlik suv, oqava suv tarmogʻi bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan taʼminlash, ovul aholisini toza ichimlik suvi va gaz bilan taʼminlanish darajasini yaxshilash choralarini koʻradi.
Biriktirilgan sohalarda ijro intizomini mustahkamlash va ulardagi ahvolni tanqidiy tahlil qilish, kadrlarni tanlash, tarbiyalash va qayta oʻqitish masalalari bilan shugʻullanadi hamda ularni lavozimlarga tayinlash, ozod qilish boʻyicha tuman hokimiga takliflar beradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 1999 yil
29 martdagi 140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy xujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlaydi.
Oʻz yoʻnalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib boradi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Quyidagi komissiyalar ishiga rahbarlik qiladi:
Qora va rangli metallar parchalarini, chiqindilarini tayyorlash va topshirishni nazorat qilish boʻyicha tuman komissiyasi;
Aholi punktlarini kompleks qurishni nazorat qilish hududiy komissiyasi;
Kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarini ishlashga tayyorlash tuman komissiyasi;
Kapital qurilishda pudrat savdolari (tender) ni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi;
Tadbirkorlik subʼektlarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha tanlov komissiyasi;
Yoʻllarda xarakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasi;
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.
Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Tuman uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi;
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi Shimoliy kon boshqarmasi;
Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi;
Tuman Yer resurslari va davlat kadastr boʻlimi;
Tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi;
Tuman Avtomobilь yoʻllari foydalashin korxonasi;
“Oʻzbektelekom” kompaniyasi Uchquduq tuman filiali;
“Toza hudud” UK Uchquduq filiali;
Tuman Elektr tarmoqlari korxonasi;
Loyiha idoralari;
Transport korxonalari.

Tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Tuman qishloq xoʻjaligi majmuiga rahbarlik qiladi. Sohaga oid Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmon, qaror
va farmoyishlari, Hukumat, viloyat hokimi qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi va tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish
va amalga oshiradi.
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish
va muvofiqlashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirishni taʼminlaydi.
Qishloq xoʻjaligini va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi
va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini koʻradi.
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, sohalarni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash ishlarini tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va ularning hamkorlari oʻrtasida mulk shaklini va iqtisodiy oʻzaro munosabatlarni takomillashtirish, fermer xoʻjaliklarini hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi tuzilmalarni rivojlantirish choralarini koʻradi.
Ovullar aholisining daromadlarini va turmush darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan kichik biznesni, tadbirkorlikni, kasanachilikni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, chorvachilik
mahsulotlarini chuqur qayta ishlash boʻyicha kichik korxonalarni tashkil etishda amaliy yordam beradi.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sunʼiy urugʻlantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati koʻrsatish tarmogʻini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshiradi.
Biriktirilgan sohalarda ijro intizomini mustahkamlash va ulardagi ahvolni tanqidiy tahlil qilish, kadrlarni tanlash, tarbiyalash va oʻqitish masalalari bilan doimiy shugʻullanadi hamda lavozimlarga tayinlash boʻyicha takliflar beradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 1999 yil
29 martdagi 140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;
oʻz yoʻnalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Quyidagi komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.
Quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi:
Tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi;
Tuman Davlat Oʻrmon xoʻjaligi;
Tuman Davlat veterinariya boʻlimi;
Tumandagi fermer xoʻjaliklari;
Tuman vetlobaratoriya boʻlimi.

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Kompleksga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Sohaga dahldor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi va tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi.
Yoshlar siyosati sohasida:
yoshlar, yaʼni oʻttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, taʼlim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
umumtaʼlim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish va taʼlim tizimida oʻqish bilan toʻliq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
kasb-hunar kollejlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, isteʼdodli yoshlarni qamrab olish, oʻquv jarayoni sifatini oshirish;
taʼlim tizimining barcha bosqichlarida oʻquv jarayoni sifatini, oʻquvchi-talabalarning davomatini taʼminlash yuzasidan aniq choralarni koʻrish va nazorat qilish, bu borada taʼlim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni oʻzaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, taʼlim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, taʼlim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targʻib qilish, “ommaviy madaniyat”ning koʻrinishlariga qarshi maʼnaviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;
taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompьyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilgʻor koʻnikmalariga oʻrgatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli toʻgaraklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va sanʼat, bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak maʼnaviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik kontseptsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash boʻyicha monitoring olib borish va baholash, kasbga oʻrgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va oʻrta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda koʻmaklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan taʼminlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
yosh oilalarni maʼnaviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam taʼminlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini koʻrish;
har tomonlama kamol topgan, qatʼiy eʼtiqodga va qarashlarga ega boʻlgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish boʻyicha turli chora-tadbirlar belgilash;
yosh avlodning huquqiy savodxonligini va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil etish;
yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalarini hal qilishga koʻmaklashish;
iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish ishlarni tashkil etish.
Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, xayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand boʻlish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini oʻrganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni koʻrsatish, sogʻliqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar saloxiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikaning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng koʻp uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan toʻliq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini, shu jumladan sogʻlom ovqatlanishni targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish, tugʻma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida toʻlaqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
aholiga tashhis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻlamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga boʻlgan aholi ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar ijrosini taʼminlash;
aholini dori vositalari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan taʼminot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
sport sohasida olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar oʻrtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;
bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish, jismoniy sogʻlom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish;
aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan taʼlim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar koʻrsatish, madaniyat, sanʼat va sport sohalari muassasalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, milliy madaniy va maʼnaviy merosni ehtiyotlab asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini taʼminlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek madaniyat, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirishni muvofiqlashtirish va takliflar ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
mahalla fuqarolar yigʻinlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasida:
aholi oʻrtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targʻibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining maʼnaviy muammo va ehtiyojlarini oʻrganib borish asosida hududda maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
aholining maʼnaviy-axloqiy, diniy-maʼrifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targʻib qilish ishlariga rahbarlik qilish;
hududda sogʻlom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka daʼvat etish, yoshlarda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targʻibot tizimini yoʻlga qoʻyish;
aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik maʼrifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;
aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targʻib qilish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining oʻrni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
demokratik oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan, yoshlarni maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yoʻnaltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yigʻinlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish ishlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimining vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam koʻrsatish sohalarida koʻmaklashish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv koʻnikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish oʻquv kurslarida ishtirok etishini taʼminlaydi;
fuqarolar yigʻinlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga davlat organlarining koʻmaklashishini taʼminlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan taʼminlash;
Fuqarolar yigʻinlari ishlarini tizimli tahlil qilishda, oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasida qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
tumanda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;
ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni taʼminlash;
"Haj" va "Umra" tadbirlarini oʻtkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
maʼnaviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy eʼtiqodlari va urf-odatlariga qarshi yoʻnaltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot gʻoyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlash;
millatlararo totuvlikni va diniy bagʻri kenglikni taʼminlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;
aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurash, konfessiyalar va millatlararo hamkorlik va bagʻrikenglikni taʼminlash borasidagi ishlarning saviyasi va taʼsirchanligini oshirish boʻyicha qabul qilinadigan hukumat dasturining toʻliq amalga oshirilishini taʼminlaydi;
diniy ekstremizm va missionerlik faoliyati gʻoyalarining tarqalishiga qarshi tushuntirish hamda profilaktika ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtiradi;
diniy vaziyatning oʻzgaruvchanligi qayd etilgan hududlarda ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlikning zararli oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish va profilaktika ishlarini tashkil etish;
jazoni ijro etish muassasalarida diniy ekstremistik oqimlar aʼzolari boʻlgan mahbuslar bilan profilaktik va tushuntirish ishlarini tashkil qiladi;
davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla yigʻinlarida, aholining alohida ijtimoiy qatlamlari jumladan, xususiy tadbirkorlar, vaqtincha ishsizlar va uyushmagan yoshlar oʻrtasida ekstremistik oqim, missionerlik bilan bogʻliq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish;
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi targʻibot tadbirlarining taʼsiri va samaradorligini oshirish, targʻibotchilarning nutq madaniyati va auditoriya bilan ishlash malakasini oʻstirishga bagʻishlangan oʻquvlar tashkil etish;
Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy xujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Quyidagi komissiya va Kengashlarishiga rahbarlik qiladi:
tumanda Ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyasi;
tumanda bolalarni yozgi sogʻlomlashtirish va dam oldirish komissiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish tuman komissiyasi;
Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy yordam berish boʻyicha maxsus tuman komissiyasi
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish boʻyicha tuman chaqiruv komissiyasi;
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.
Quyidagi komissiya va Kengashlar ish faoliyatini tashkil etadi:
Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlaridagi byudjet tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda aholi turmush darajasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya;
Yoshlar masalalari boʻyicha tuman idoralararo Kengashi;
tuman Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi;
Geografik obʼektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi;
Tumanda epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi;
Tuman hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish boʻyicha komissiyasi.
Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan oʻzaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi;
Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi;
Kasb-hunar kollejlari;
Tuman Maktabchaga taʼlim boʻlimi;
Tuman Tibbiyot birlashmasi;
Tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
Tuman Madaniyat boʻlimi;
Tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi;
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi;
Tuman Mahallalar Kengashi;
Ommaviy axborot vositalari (gazeta, telestudiya);
Oʻzbekiston Respublikasidagi siyosiy partiyalarning tuman boʻlimlari;
Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tuman Kengashi;
Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tuman vakilligi;
Milliy-madaniy markazlari;
Boshqa tegishli jamoat tashkilotlari.

Tuman hokimi oʻrinbosari xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshiradi;
tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi ijro apparat faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda ishini muvofiqlashtiradi;
Qoʻmita Konferentsiyasi va Boshqaruv majlislari, shuningdek Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish boʻyicha komissiya yigʻilishlarida raislik qiladi;
Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi qoshidagi jamoatchilik nazorat guruhiga rahbarlik qiladi;
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini taʼminlaydi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi hamda tumanning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish choralarini koʻradi;
xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlashni hamda yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
bandlikni taʼminlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalarida xotin-qizlarni har tomonlama manzilli qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishni tashkil etadi;
xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda huquqbuzarlikka moyilligi boʻlganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni taʼminlash ishlarini samarali tashkil etadi;
shuningdek, Qoʻmitaning davlat va nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;
xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam oʻrganish va baholash;
xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama koʻmaklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini taʼminlash;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga koʻmaklashish;
oilada, mahalla va mehnat jamoatlarida xotin-qizlarning mavqeini oshirish borasidagi davlat siyosatini yuritish, ayollarning mehnat sharoitini yaxshilash, davlat va nodavlat tashkilotlarining shu masalalarga oid faoliyatini va harakatlarini muvofiqlashtiradi, korxona, tashkilot va muassasalarda ayollarning ijtimoiy muhofazasini yaxshilashda ishtirok etish,. shuningdek, xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;
mahalla va ovullar, oʻquv muassasalari, mehnat jamoalarida ayollarni yuksak vatanparvarlik, milliy va diniy bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash, diniy ekstremistik oqimlarga qarshi kurashga oid targʻibot ishlarini tashkil etadi, ayollar oʻrtasida buzgʻunchi gʻoyalar tarqalishining oldini olish choralarini koʻrish;
xotin-qizlarni maʼnaviy, ijtimoiy va kasbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni uyushtiradi. Xotin-qizlarning maʼnaviy-axloqiy va jismoniy kamolotini taʼminlashga, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy va tibbiy bilimlarini oshirishga oid tadbirlarni tashkil qiladi. Xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, ular oʻrtasida ommaviy sport turlarini rivojlantirish;
xotin-qizlarni tumanning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga keng jalb etish;
ayollarni ijtimoiy muhofaza etilishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida ularning mehnatga doir huquqlarini himoya qilinishini tahlil etib borish;
oilani mustahkamlash va jamiyatdagi ijtimoiy axamiyatini yuksaltirish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilinishi choralarini koʻrish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ayollarni sogʻligini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;
oila va bolaga, yolgʻiz va koʻp bolali onalarga, nogiron xotin-qizlarga yordam berish masalasi bilan shugʻullanuvchi davlat, jamoat va xayriya tashkilotlari ishini muvofiqlashtirish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari) faoliyatida ayollar va xotin-qizlar manfaatlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorligini taʼminlash;
tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy xujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;
oʻz yoʻnalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boʻyicha tuman komissiyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi:
“Sogʻlom avlod uchun" jamgʻarmasi;
“Qizil yarim oy” jamiyati;
“Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman boʻlimi.

Tuman hokimligining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi vazifalari:

Oʻziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish boʻyicha hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari ishlarini tashkil qiladi. Hokimlikka kiritilgan takliflarning sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Ish rejasi asosida ishlaydi. Tuman hokimining tegishli qaror
va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq oʻziga biriktirilgan muassasalarga bogʻlik barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.
Tuman hokimi va birinchi oʻrinbosar topshiriqlarining bajarilishini taʼminlaydi. Tegishli komissiyalarning ishini tashkil etadi va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
Mahalliy byudjet parametrlarida nazarda tutilgan byudjetning muvozanatliligi, soliqlar va boshqa majburiy tushumlarning oʻz vaqtida tushishi va xarajatlarning moliyalashtirilishi boʻyicha monitoringlar yuritadi va bu xususdagi masalalarni koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Hududdagi bozorlar va savdo komplekslarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman hokimi qarorlarining bajarilishini tahlil qiladi va bozorlar va savdo komplekslarining masalalari koʻrib chiqilishi taʼminlaydi.
Hududdagi korxona va tashkilotlarda toʻlov intizomini mustahkamlash, muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Oʻziga biriktirilgan tashkilotlarning ishini chuqur oʻrganib, zaruratga qarab oldiga qoʻyilgan masalalarning hal qilinishida joylarga borib amaliy yordam koʻrsatadi.
Tarmoqlar va hududlar darajalarida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul qilingan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman hokimining qarorlari bajarilishini nazorat qiladi.
Yuqori tashkilotlardan kelgan hamda hokim birinchi oʻrinbosari
nazoratidagi xatlarni oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlash boʻyicha ish olib boradi va bajarilishi taʼminlanmagan hujjatlar boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Tuman hokimining birinchi oʻrinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan belgilangan tartibda qabullarini tashkil qiladi, murojaatlarning shu jumladan, yagona interaktiv portaldan kelgan hujjatlarning umumiy nazoratini olib boradi.
Inson manfaatlarini taʼminlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, kam taʼminlangan oillarni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy bank infratuzilmasini yaratish hisobiga nakd pul toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi.
Tumanda “Pul-kredit siyosati” komissiyasining yigʻilishlarini tashkil qilish, bank kassalariga tushumlarni belgilash boʻyicha amaliy ishlarni olib boradi.

Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis vazifalari:

Soha vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish boʻyicha yoʻnalishlarni va vazifalarni belgilaydi.
Qurilish kompleksiga yuklatilgan vazifalar boʻyicha shaxsan javob beradi. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish subʼektlari oʻrtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ish rejasi asosida ishlaydi. Tuman hokimining tegishli qaror
va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq oʻziga biriktirilgan muassasalarga bogʻlik barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.
Sanoat korxonalarida islohotlarini chuqurlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni tuzadi. Investitsiya dasturlariga muvofiq ravishda qurilishlar manzilli roʻyxatini shakllantirish, barpo etilayotgan obʼektlarning oʻz vaqtida ishga tushirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Hududda shaharsozlik xujjatlarini shakllantirish va yuritish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Qurilishlarni bosh reja asosida amalga oshirilishini taʼminlaydi, shuningdek shahar, aholi punktlari qurilishida meʼyor va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarning chuqurlashtirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, kommunal xizmatlar raqobat bozorini shakllantirilishiga imkoniyat yaratadi.
Transport va aloqa sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, transport va kommunikatsiya komplekslarida infratuzilmani shakllantiradi.
Sohaga taaʼluqli maqsadli dasturlar ijrosini tayyorlaydi. Metall parchalari va chiqindilarini yigʻish-topshirish boʻyicha topshiriqlar ijrosini taʼminlaydi.
Tuman hokimi va tuman hokimining oʻrinbosarining topshirigʻiga asosan berilgan barcha topshiriqlarni bajarilishini taʼminlaydi.
Lavozimi doirasiga kiruvchi masalalar muhokamasi yuzasidan tuman hokimligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarga tegishli maʼlumotlarni tayyorlaydi va belgilangan topshiriqlar ijrosi boʻyicha nazoratni olib boradi.
Investitsiya va uy-joylar qurilishi, boshqa sohaga oid Davlat dasturlari boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar (mavjud muammolarni hal etish, tegishli idoralar va tuzilmalarni jalb etgan holda dasturning bajarilishini muhokama qilish uchun yigʻilishlar tashkil etish va xujjatlarni tayyorlash va ularning ijrosini monitoringini olib borish) ni tashkil etadi.
Yoʻllar infratuzilmasi, transport inshoatlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suvi hamda gaz bilan taʼminlash, shuningdek aholi punktlarini obodonlashtirishni taʼminlash boʻyicha dasturni bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Tuman hokimi oʻrinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan belgilangan tartibda qabullarini tashkil qiladi, murojaatlarning shu jumladan, yagona interaktiv portaldan kelgan hujjatlarning umumiy nazoratini olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Hukumat, viloyat hokimi qarorlari hamda tuman hokimining mazkur tarmoq boʻyicha qabul qilgan qarorlari va topshiriqlarini bajarilishi va nazorati uchun shaxsan javobgardir.

Uchquduq tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh
mutaxassisning vazifalari

Oʻziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish boʻyicha hokimning, hokimning hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ishlarini tashkil qiladi. Hokimlikka kiritilgan tegishli takliflarning sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularning ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ish rejasi asosida ishlaydi. Tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq oʻziga biriktirilgan muassasalarga bogʻlik barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.
Kompleksga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishi boʻyicha javob beradi, sohaga taalluqli tashkilotlarda oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tuman hokimligi nomidan ish koʻradi, tarmoqdagi tashkilot va muassasalarda islohotlarning amalga oshirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Kompleks ishini yaxshilash, malakasini oshirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish masalalari bilan shugʻullanadi. Sohaga taalluqli maqsadli dasturlarning ijrosini tashkil etadi;
Kompleksning ijro intizomini mustahkamlash bilan shaxsan shugʻullanadi. Ahvolni tanqidiy tahlil qilib boradi va tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Kompleksdagi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yigʻilishlar oʻtkazilishini tashkillashtiradi. Ishni tashkil etish uchun hisobotni vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa axborotlarni qonunda belgilangan tartibda talab qilib oladi;
Tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlarining bajarilishini tashkil qiladi va nazoratga oladi. Kompleks ishini rejalashtiradi, vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal qilish boʻyicha yoʻnalishlarni va vazifalarni belgilaydi, taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
Investitsiya oqimini oʻsishning yuqori surʼatlarini taʼminlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, faol investitsiya va innovasiya siyosatini olib borishga, turizmni rivojlantirish mexanizmini izchil joriy etishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirib, kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirishni ragʻbatlantirish, tumanda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan yagona investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tuman hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha doimiy ravishda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
tumanning yillik Investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqadi, muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi;
tumanning iqtisodiy va investitsiya salohiyati toʻgʻrisida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish boʻyicha Respublika miqyosida oʻtkaziladigan xalqaro konferentsiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarida ishtirok etadi;
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilma obʼektlari va resurslar eng koʻp sarf qilinadigan tarmoqlarda keng joriy etishga koʻmaklashadi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tumandagi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targʻib qilish va ulardan amalda foydalanishning mexanizmlarini shakllantirish, bozorning tez oʻzgaruvchan jahon konʼyunkturasini hisobga olgan holda tuman iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, shu jumladan yirik riteylerlar yordamida taʼminlash orqali savdo bozorlarini va ularni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni kengaytirishga koʻmaklashadi;
taʼlim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan oʻqitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targʻib qilishga koʻmaklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga yoʻnaltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat koʻrsatmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni, boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obʼektlar hamda yer uchastkalarini aniqlaydi;
ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obʼektlarni aniqlaydi;
yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga koʻmaklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni taʼminlaydi;
kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etadi;
hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha boʻyicha qabul qilingan kontseptsiya va dasturlarning ijrosini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;
sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga boʻlgan talabni oʻrganadi, mavjud muammolar va toʻsiqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish, takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqadi, rejalarni belgilaydi;
turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yoʻnalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yoʻnalishidagi diqqatga sazovor joylarni yaxshilash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Hukumat, viloyat hokimi qarorlari hamda tuman hokimining mazkur tarmoq boʻyicha qabul qilgan qarorlari va topshiriqlarini bajarilishi va nazorati uchun shaxsan javobgardir.

Yetakchi mutaxassis

Ish rejaga binoan faoliyat koʻrsatadi. Tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlari loyixasini ishlab chiqadi hamda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq oʻziga biriktirilgan muassasalarga bogʻliq barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.
Tegishli komissiyalarning ishini tashkil etadi va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
tumanning yillik Investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqadi, muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida sotib olinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalar, butlovchi buyumlarning narx koʻrsatkichlari, shuningdek, tayyor holda topshiriladigan loyihalarning qiymat koʻrsatkichlariga doir import shartnomalarini tizimli asosda puxta ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlaydi;
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishni tashkil etadi;
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilma obʼektlari va resurslar eng koʻp sarf qilinadigan tarmoqlarda keng joriy etishga koʻmaklashadi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hokim oʻrinbosari va bosh mutaxassisi topshiriqlarini bajaradi.
Oʻziga biriktirilgan tashkilotlarning ishini chuqur oʻrganib, zaruratga qarab oldiga qoʻyilgan masalalarning hal qilinishida joylarga borib amaliy yordam koʻrsatadi.
Hududda kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Tuman hokimi oʻrinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan belgilangan tartibda qabullarini tashkil qiladi, murojaatlarning shu jumladan, yagona interaktiv portaldan kelgan hujjatlarning umumiy nazoratini olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Hukumat, viloyat hokimi qarorlari hamda tuman hokimining mazkur tarmoq boʻyicha qabul qilgan qarorlari va topshiriqlarini bajarilishi va nazorati uchun shaxsan javobgardir.

Tuman hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha bosh mutaxassisining vazifalari:

Oʻziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish boʻyicha hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari ishlarini tashkil qiladi. Hokimlikka kiritilgan takliflarning sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Ish rejasi asosida ishlaydi. Tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq oʻziga biriktirilgan muassasalarga bogʻlik barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.
Yoshlar siyosati, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini hamda maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha ishlarni samarali olib boradi hamda yuklatilgan vazifalarni bajarilishini tashkil etadi.
yoshlar, yaʼni oʻttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, taʼlim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar,
yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
umumtaʼlim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish va taʼlim tizimida oʻqish bilan toʻliq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish;
taʼlim tizimining barcha bosqichlarida oʻquv jarayoni sifatini, oʻquvchi-talabalarning davomatini taʼminlash yuzasidan aniq choralarni koʻrish
va nazorat qilish, bu borada taʼlim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni oʻzaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik kontseptsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi va tuman hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targʻib qilish, “ommaviy madaniyat”ning koʻrinishlariga qarshi maʼnaviy profilaktika ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli
chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli toʻgaraklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va sanʼat, bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak maʼnaviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarni muvoifqlashtirib borish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini roʻyobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilashda ishtirok etish;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash boʻyicha monitoring olib borish va baholash, kasbga oʻrgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va oʻrta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish,
yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
har tomonlama kamol topgan, qatʼiy eʼtiqodga va qarashlarga ega boʻlgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar
va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish, tugʻma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni boʻlgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida toʻlaqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
aholiga tashhis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻlamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga boʻlgan aholi ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar ijrosini taʼminlash;
aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan taʼlim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar koʻrsatish, madaniyat, sanʼat va sport sohalari muassasalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni tayyorlaydi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan yoshlarni maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yoʻnaltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi.
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka daʼvat etish, yoshlarda yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targʻibot tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
Bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish, jismoniy sogʻlom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻradi.
Madaniyat va sport sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli va kompleks oʻrganishni, tahlil qilishni tashkil etadi.
sport sohasida olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar oʻrtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;
Aholining maʼnaviy-axloqiy, diniy-maʼrifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda oʻsib borayotgan intellektual, estetik
va madaniy ehtiyojlarini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy merosni, urf-odat
va qadriyatlarni saqlash, targʻib qilish ishlarida ishtirok etadi;
hududda sogʻlom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash
va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini taʼminlash
chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasidagi siyosiy partiyalarning tuman boʻlimlari, tuman jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni uyushtiradi va nazorat qiladi. Tumandagi diniy tashkilot va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalarga oid tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Tuman hokimi oʻrinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan belgilangan tartibda qabullarini tashkil qiladi, murojaatlarning shu jumladan, yagona interaktiv portaldan kelgan hujjatlarning umumiy nazoratini olib boradi.
Madaniyat va sport masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining va viloyat hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Tuman hokimligi Xotin-qizlar qoʻmitasi xodimlarining vazifalari:

Bosh mutaxassisi - xotin-qizlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha masʼul

Kompleksga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, yetakchi va birinchi toifali mutaxassis ishini tashkil qiladi, kompleksga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ish rejasi asosida ishlaydi. Tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq oʻziga biriktirilgan muassasalarga bogʻlik barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.
Kompleks tarkibiga kiruvchi mutaxassislarga kadrlar zahirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zahirasiga kiritilgan nomzodlar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
qoʻmitaga kelib tushgan murojaatlar "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qatʼiy amal qilgan holda, toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
xotin-qizlar qoʻmitasi tizimida samarali mehnat qilayotgan xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etilishi boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar taqdim etadi;
hududiy xotin-qizlar faoliyatini oʻrganadi, tahlil qiladi va shu asosda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yaxshilash, ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
tumanda xotin-qizlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va tadbirkorligini rivojlantirish ishlarini bevosita tashkil etadi;
shuningdek, davlat tomonidan qabul qilingan bandlik dasturlarining bajarilishini monitoring qiladi;
kollej bitiruvchi qizlarini ish bilan taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni amalga oshiradi, ularning ish oʻrinlaridagi qoʻnimliligini tahlil qiladi va takliflar tayyorlaydi;
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Kotibiyati, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining Ogʻir ijtimoiy ahvolda boʻlgan va himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda Innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimlari, viloyat hokimligi, tuman hokimligi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, boshqarma, korxona va tashkilotlar, "Oila" markazi, mahalliy ijro etuvchi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yoʻnalishida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Hukumat qarorlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi Konferentsiyalari, Boshqaruv yigʻilishlari bayonlari va qarorlari, hamkorlik rejalarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaydi.
Tuman hokimi oʻrinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan belgilangan tartibda qabullarini tashkil qiladi, murojaatlarning shu jumladan, yagona interaktiv portaldan kelgan hujjatlarning umumiy nazoratini olib boradi.
Madaniyat va sport masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining va viloyat hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Yetakchi mutaxassis - Yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin - qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan ishlash boʻyicha masʼul

Ish rejasi asosida ishlaydi. Tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq oʻziga biriktirilgan muassasalarga bogʻlik barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.
korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratilishini oʻrganib boradi va tegishli takliflar kiritadi;
nogironligi boʻlgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish choralarini koʻradi;
mahallalarda uyushmagan ayollar bilan ishlash boʻyicha aniq choralarni belgilaydi va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish tadbirlarini koʻradi;
xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini oʻrganadi, tahlil qiladi, ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taklif kiritadi, hamkorlik rejalarini amalga oshiradi;
qoʻmitaga kelib tushgan hamda tegishliligi boʻyicha davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar koʻrib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
qoʻmitaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirishi va koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi boʻyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilishini amaliyotga joriy etilishini tashkil etadi;
xotin-qizlar murojaatlari uchun tashkil etilgan "ishonch telefonlari"ni ishlashini, veb-saytlarning yuritilishini hamda doimiy ravishda maʼlumotlarni yangilanib borilishini taʼminlaydi;
iqtidorli qizlar bazasini shakllantiradi hamda yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi va Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tavsiya etish komissiyasi ishini tashkil etadi;
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalar bazasini shakllantiradi va ularga ijtimoiy, tibbiy, huquqiy, psixologik va moddiy yordam berish choralarini koʻradi;
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalardagi qizlar bazasini shakllantiradi va ularning taʼlim olishi, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, zarur tibbiy va psixologik yordam olishi uchun tizimli chora-tadbirlar koʻradi;
Tuman hokimi oʻrinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan belgilangan tartibda qabullarini tashkil qiladi, murojaatlarning shu jumladan, yagona interaktiv portaldan kelgan hujjatlarning umumiy nazoratini olib boradi.
Madaniyat va sport masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining va viloyat hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida hamkorlik boʻyicha birinchi toifali mutaxassis

Ish rejasi asosida ishlaydi. Tuman hokimining tegishli qaror va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ijro intizomiga muvofiq oʻziga biriktirilgan muassasalarga bogʻlik barcha hujjatlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlaydi.
Xotin-qizlar qoʻmitasi Konferentsiyasi va Boshqaruv majlislarining bayonlarini yuritadi, ularni oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini tahlil etgan holda, Qoʻmita rahbariyatiga axborot taqdim etib boradi;
xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatiga oid dasturlar yillik, oylik rejalarini tayyorlaydi va ijrosi boʻyicha monitoringini yuritadi;
xotin-qizlar oʻrtasida salbiy holatlarni oldini olish boʻyicha aniq, manzilli choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, bunda, xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy tarbiya va huquqiy targʻibot ishlarini tashkil etish, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik, oʻz joniga qasd qilish, fohishabozlik kabi salbiy holatlarning sabablari chuqur tahlil etiladi va zarur tavsiyalar ishlab chiqiladi;
jazoni ijro etish muassasalaridagi ozodlikdan mahrum etilgan xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni ichki ishlar boʻlimi bilan birgalikda tahlil qilib boradi va ularni xotin-qizlar qoʻmitasi kafilligi asosida avf etish boʻyicha tavsiyalar beradi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, maxsus oʻquv-tarbiya, ijtimoiy moslashish va reabilitatsiya qilish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishini tashkil etish, ularni turar joy va ish bilan taʼminlash, kasbga yoʻnaltirish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼminlaydi;
surunkali alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan xotin-qizlarni roʻyxatini shakllantiradi, ularni tibbiy koʻrikdan, shu jumladan, tekin va anonim tarzda oʻtkazish, ularni davolash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa majburiy davolash choralari koʻrilishini taʼminlashga koʻmaklashadi;
tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda xotin-qizlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, ularni turli informatsion va boshqa turdagi xurujlardan himoya qilish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etadi;
huquqbuzarlikka moyilligi boʻlgan xotin-qizlarni aniqlaydi, ular haqida maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, va ular bilan yakka tartibda ishlarni olib borilishini nazorat qiladi;
tumanda odam savdosiga qarshi kurashish, mazkur jinoyatdan jabrlangan xotin-qizlarga har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring oʻtkazadi, maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi;
chet elda ishlash yoki oʻqish uchun ketgan va u yerdan qaytib kelgan xotin-qizlar bazasini shakllantiradi va ularga har tomonlama ijtimoiy, tibbiy, maʼnaviy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
Tuman hokimi oʻrinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan belgilangan tartibda qabullarini tashkil qiladi, murojaatlarning shu jumladan, yagona interaktiv portaldan kelgan hujjatlarning umumiy nazoratini olib boradi.
Madaniyat va sport masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining va viloyat hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi xodimlarining asosiy vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil
3 avgustdagi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tashkiliy-kadrlar xizmati maqomini oʻzgartish toʻgʻrisida”gi 303-sonli qaroriga asosan guruhga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
kadrlarni rahbarlik lavozimlarga tayyorlash, ularni joy-joyiga qoʻyish tizimini yaratish va muvofiqlashtirish;
tumanda kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich moʻljallangan lavozimlarga tayyorlab borish, qayta oʻqitish (malaka oshirish) va pirovard natijada zamonaviy rahbar tayyorlash tizimini yaratish;
tumanda muntazam ravishda kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilish, yosh isteʼdodli, mustaqilligimiz gʻoyalariga sodiq boʻlgan vatanparvar, fidoyi kadrlarni tanlash;
rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) jarayonlarini oʻrganib borish va takliflar kiritish;
taʼlim muassasalari va oʻquv yurtlari bilan kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish;
hududlardagi kadrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan yagona kompьyuter maʼlumotlar bazasini yaratish va undan samarali foydalanishni tashkil etadi.
hokimlik tarkibiy boʻlinmalari, boshqarmalar va boshqa korxona hamda tashkilotlarda ijro intizomiga rioya etilishi, hujjatlar bilan ishlash ahvoli, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Hukumat, viloyat hokimligi va tuman hokimligi hujjatlari ijrosi boʻyicha maʼlumotlar tayyorlaydi va tuman hokimi muhokamasiga kiritadi.
mahalliy davlat hokimiyati organlariga referendum va saylovlar toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida takliflarni tayyorlash, barcha turdagi saylov komissiyalarning mustaqil va oshkora ishlashlari uchun sharoitlar yaratib berishga koʻmaklashish;
xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari, ular tarkibidagi doimiy komissiyalar, barcha deputatlar ish faoliyatini tashkil etish, sessiyalarni tayyorlash va oʻtkazishga koʻmaklashish, muvofiqlashtirish va amaliy yordam koʻrsatish, viloyat hokimligi bilan hamkorlikda uzviy ish olib borish;
tuman hokimi qarori bilan tasdiqlangan rahbar kadrlar lavozimlari roʻyxati ustidan doimiy ravishda ish olib borish, tumandagi barcha rahbar kadrlarni hisobga olish hamda kadrlarni tanlash, oʻrganish, joy-joyiga qoʻyish, tayinlash va ozod etish boʻyicha takliflarini tuman hokimiga hamda xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi tasdigʻiga kiritish, bu borada rahbariyatga axborotlar tayyorlash;
tuman boshqaruv tizimidagi rahbar kadrlarning sifat tarkibini tahlil qilib borish va uni yaxshilash yuzasidan tuman hokimiga amaliy takliflar tayyorlash;
oʻzini-oʻzi boshqarish organlarida faoliyat yuritayotgan kadrlarni (saylovlar oldidan yangi saylanadigan nomzodlar) sifat tarkibini oʻrganish va yaxshilashga qaratilgan takliflar tayyorlash, ular bilan seminarlar va boshqa turli xil oʻquvlarni tashkil etish;
fuqarolar yigʻinlarida koʻrilayotgan masalalarni oʻrganib turish, amaldagi qonunlarda koʻrsatilgan vakolatlarini toʻla bajarilishi, hisobot va tartibni, saylov va boshqa yigʻilishlarini oʻz vaqtida oʻtishini taʼminlash maqsadida yordam sifatida tegishli tavsiyalar berish;
tuman hokimligining kadrlarni tanlash, tayinlash va joy-joyiga qoʻyish, kadrlarning amaldagi va istiqbolli zaxirasini yaratish va shakllantirish yuzasidan amalga oshirgan ishlari, shuningdek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash va vakolatlari doirasidagi boshqa ishlarining ahvolini oʻrganish;
Davlat mukofotlariga tavsiya etish yuzasidan tegishli hujjatlarni tuman hokimligi, boshqarma, korxonalar, tashkilot, va muassasalarining takliflarini olish, ularni ishchi guruh bilan birgalikda oʻrganib chiqib, tuman hokimiga kiritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga nomzodlarini tanlash, oʻrganish va tuman hokimiga takliflar kiritish. Ushbu Akademiyani bitirganlarning keyingi ish faoliyati toʻgʻrisida monitoringni yuritib borish;
tuman hokimligi tarkibiy boʻlimlari xodimlarini tanlash boʻyicha tuman hokimiga takliflar kiritish;
tuman hokimligining boʻlim, korxonalar, tashkilot va muassasalarining zarur hujjatlarini olish, tahlil etish va tuman hokimligida koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish.
zaruratga qarab tuman hokimligining mutaxassislari, boshqarma, barcha korxona, tashkilot va muassasalarining mutasaddi mutaxassislarini tuman hokimligida koʻrib chiqiladigan masalalarni tayyorlash ishlariga jalb etish;
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida, quyi mahalliy davlat hokimiyati organlari yigʻilishlarida, tuman hokimigida oʻtkazadigan majlislarda ishtirok etish, aholini qabul qilish, joylarda ularning ariza va shikoyatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqib, hal qilishlarini taʼminlash vazifalarini amalga oshiradi.
Bundan tashqari, Tashkiliy-nazorat guruhi boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni hokimning koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, koʻrib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama oʻrganishni va ular boʻyicha ishonchli materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
kelgusida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga koʻtarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;
boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;
zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;
hokimning oʻrinbosarlari bilan birgalikda mutasaddilik qiladigan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida oʻtkaziladigan yigʻilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari saylovlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli saylov komissiyalariga yordam koʻrsatadi;
xalq deputatlari tuman Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlaydi, deputatlarga ularning oʻz vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
fuqarolarning mahalla yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishda koʻmaklashadi;
Viloyat hokimligi, boshqarma, korxona va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini oʻrganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Guruh rahbari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va viloyat hokimligi hamda tuman hokimligi rahbar kadrlar lavozimlari roʻyxatiga olingan rahbarlarni tanlash, tayinlash, joy-joyiga qoʻyish va ularga amaldagi hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha guruhning faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Kadrlar zahirasining sifati uchun shaxsan javob beradi.
Tashkiliy-nazorat guruhi, boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni hokimning koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi.
Tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, koʻrib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama oʻrganishni va ular boʻyicha ishonchli materiallar tayyorlanishini tashkillashtiradi.
Kelgusida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga koʻtarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi.
Boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi.
Zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi.
Hokimning oʻrinbosarlari bilan birgalikda mutasaddilik qiladigan hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Zahiraga olingan kadrlarni bosqichma-bosqich moʻljallangan lavozimga tayyorlab borishni tashkil etadi. Kadrlarni tayyorlab borishning sxemalarini tuzilishini taʼminlaydi va uning ijrosini nazoratga oladi.
Guruhga kelgan hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi.
Guruhning barcha mutaxassislariga topshiriqlarni beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining hamda tuman hokimligining ish rejasi loyihalarini tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatadi.
tuman hokimligi rahbariyatiga tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari boʻyicha guruhning faoliyati hamda korxona va tashkuilotlarda olib borilayotgan tashkiliy va kadrlar ishlari toʻgʻrisida axborot beradi va takliflar kiritadi.
Oʻz vakolati doirasida kadrlarni tanlash, tavsiya etish va almashtirish masalalarini koʻrib chiqadi va tuman hokimligi rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.
Tuman hokimligi apparati, korxona va tashkilot rahbarlarini ragʻbatlantirish yoki ishdan chetlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi va tuman hokimining rahbarligida ish olib boradi.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi.
Tuman hokimligida, tuman boshqarma, tashkilot va korxonalarda ijro nazoratini kuchaytirish, ish yuritish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati viloyat hokimi va tuman hokimining hujjatlari ijrosini taʼminlashda barcha chora-tadbirlarning ijrosi nazoratini olib boradi.

Yetakchi mutaxassis

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni hamda viloyat, tuman hokimligi rahbar kadrlar lavozimlari roʻyxatiga olingan rahbar va zahiradagi kadrlarning shaxsiy yigʻma jildlariga belgilangan tartibda maʼlumotlar toʻplab, ularning saqlanishini taʼminlaydi, kadrlarning oʻzgarishini qayd etib boradi va har oyda vakant oʻrinlar haqida maʼlumotlar tayyorlaydi;
Oʻz vazifalarini Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan asosiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;
zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;
tuman boshqaruv tizimida kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilib boradi;
rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) ehtiyojlarini oʻrganib, shu haqda guruh rahbariga maʼlumotlar tayyorlaydi;
isteʼdodli, mustaqillik gʻoyalariga sodiq, fidoyi yosh kadrlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni jamlab, oʻrganib, ularni rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olish yuzasidan guruh rahbariga takliflar kiritadi.
Tumanda ijtimoiy-iqtisodiy soha kadrlari bilan doimiy ishlar olib boradi.
Tuman hokimi topshirigʻiga binoan guruh rahbari yoʻqligida vaqtincha guruh rahbari vazifasini bajaradi.
Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini oʻrganish chora-tadbirlarini oʻz muddatida muvofiqlashtirib boradi.
Belgilangan tartibda tuman hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan umumiy nazoratni tashkil etadi.
Guruh vakolatiga kiradigan va tayyorlangan qaror, farmoyishlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni oʻrganadi, tayyorlaydi va oʻz takliflarini kiritadi.
Guruhga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va samarali koʻrib chiqilishini tashkil etadi va umumiy tarzda nazorat qilib boradi.
xalq deputatlari tuman Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlaydi, deputatlarga ularning oʻz vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
fuqarolarning mahalla yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishda hududiy davlat organlariga koʻmaklashadi;
Tuman ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining ishlarini muvofiqlashtirib, ularga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlarini doimiy nazorat qilib, oʻrganib boradi, tuman hokimi va guruh rahbariga zarur maʼlumotnomalarni tayyorlab beradi.
Tuman hokimining topshirigʻiga asosan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan, ijtimoiy –siyosiy hayotda faol ishtirok etayotgan, respublikamiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash, milliy madaniyatimizni yuksaltirishga xizmat qilayotgan, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor boʻlayotgan viloyatimiz fuqarolarini ragʻbatlantirish maqsadida tuman hokimining faxriy yorligʻini tayyorlaydi.
Mahalliy vakillik organlari – xalq deputatlari tuman Kengashi, ular doimiy komissiyalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, saylov komissiyalari ishini tashkil etish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatadi.
Guruh vakolatiga kiradigan qaror va farmoyish loyihalarini tayyorlaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, murojaat, shikoyatlarini bevosita joylarda oʻrganadi.
Belgilangan tartibda tuman hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi.
Guruh vakolatiga kiradigan va tayyorlangan qaror, farmoyishlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni oʻrganadi, oʻz takliflarini kiritadi.
Boʻlimlarda hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining ahvoli, tuman hokimi yigʻilishi bayoni topshiriqlari ijrosi boʻyicha haftalik maʼlumot tayyorlaydi.
Tuman hokimi qarorlari, farmoyishlarini yoʻriqnoma talablari asosida oʻz vaqtida qabul qilinishi hamda nazoratga olingan barcha topshiriqlarni, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining oʻz vaqtida ijrosi taʼminlanishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi.

Tuman hokimligi bosh yuristkonsultining vazifalari:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil
24 avgustdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
tuman hokimligining huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash faoliyatida bevosita qatnashadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi;
tuman hokimligi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashadi;
tuman hokimligi va tarkibiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni taʼminlashga koʻmaklashadi;
tuman hokimligining shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritishda qatnashadi;
sudlarda va boshqa idoralarda davlat organining mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qiladi.
Tuman hokimligining yuridik xizmati oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
huquq ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:
tuman hokimligining huquq ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda qatnashadi;
tuman hokimligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda qatnashadi;
tuman hokimligining normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda hamda ularni viloyat va tuman adliya organiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatiga olish uchun yuborishda qatnashadi;
ekspertizadan oʻtkazish va tuman hokimligi bilan kelishish uchun taqdim etilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, ularga viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli tarkibiy boʻlinmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
tuman hokimligi faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
tuman hokimligiga kelib tushgan va davlat organining oʻzi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
tuman hokimligining normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʻldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʻradi, davlat organi rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna boʻlish haqida takliflar kiritadi;
tuman hokimligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari toʻplamlarini nashr etishga tayyorlaydi;
tuman hokimligi rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
tuman hokimligi va tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda qatnashadi;
tuman hokimligi faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarini amalga oshiradi;
tuman hokimligi xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga davlat organi faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha tushuntirishlar beradi.
Tuman hokimligi faoliyatida qonuniylikni taʼminlash sohasida:
Tuman hokimligida va tarkibiy boʻlinmalarida qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida takliflar kiritadi, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi;
Tuman hokimiga taqdim qilinadigan qarorlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli boʻlinmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
mustaqil ravishda yoki boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
tuman hokimligi va tarkibiy boʻlinmalarining huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
tuman hokimligida va tarkibiy boʻlinmalarida mulk saqlanishi taʼminlanishining huquqiy mexanizmlarini tashkil qiladi;
tuman hokimligi tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni koʻrib chiqadi;
tuman hokimligida boshqaruv tizimini takomillashtirish, tizimga kiradigan boʻlinmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
tuman hokimligida mehnat haqidagi qonunga rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitim va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi.
Shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-daʼvo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:
tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda tuman hokimligi tomonidan shartnomalar tayyorlanishi va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar eʼtiroz va takliflari boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli tarkibiy boʻlinmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;
shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi.
Tuman hokimlikgining qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlar va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi kotibi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil
21 sentyabrdagi 360-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida ish yuritadi.
Tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi ish faoliyatini tashkil etadi;
Komissiya faoliyatiga doir yigʻma jildlarni yuritadi.
Komissiya quyidagi boshqarma va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi:
Tuman Ichki ishlar boʻlimi;
Tuman Adliya boʻlimi;
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi;
Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi;
Tuman kasb-hunar kollejlari;
Tuman Tibbiyot birlashmasi;
Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi;
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi;
Tuman “Bolalar sportini rivojlantirish” jamgʻarmasi;
Tuman madaniyat va sport ishlari boshqarmasi.
Voyaga yetmaganlarga oid Qonunlarning ijro etilishini nazorat qiladi va ish faoliyatlarini muvofiqlashtirib, umumlashtiradi.
Tuman komissiyasining qarorlari ijrosini hamda qarorlarning
bajarilishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar xususida koʻrsatma, topshiriqlar yuborib, ularni ijrosini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat va tuman hokimligi huzuridagi, Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyasi qarorlari ijrosini hamda qarorlarning bajarilishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar xususida tegishli korxona, tashkilot va muassasalarga koʻrsatma, topshiriqlar tayyorlaydi va ularni ijrosini taʼminlaydi.
Tuman hokimining qaroriga asosan voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi doimiy ishchi guruhi faoliyatini monitoring qiladi.
Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligini oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha guruh rahbariga umumlashtirilgan maʼlumotlar tayyorlaydi.
Komissiya yigʻilishiga hujjatlarini tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomalarini rasmiylashtiradi, ularni joylarda ijrosini taʼminlanishi ustidan nazorat qiladi.
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyasi ishlar nomenklaturasiga asosan sohaga oid boshqarma, korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirgan holda yigʻma jildlarni belgilangan tartib asosida yuritadi.
Belgilangan tartibda sohaga oid boshqarma va idoralardan har chorak yakunlari boʻyicha statistik hisobotlarni qabul qiladi, hisobotlarni umumlashtirgan holda viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga yuborilishini tashkillashtiradi.

Bosh hisobchi

“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Moliya vazirligining “Davlat byudjetida turadigan muassasa va tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida”gi qoʻllanmasi asosida buxgalteriya hisobini tashkil etadi.
Tuman hokimligi smeta xarajatlariga ajratilgan mablagʻlarni belgilangan limit doirasida sarflanishini taʼminlaydi.
Hokimlik xodimlariga tasdiqlangan ish tabeliga muvofiq oylik ish haqlari va pensiya, kasallik varaqalari, safar xarajatlari oʻz vaqtida shtat jadvali asosida toʻlab berilishini taʼminlaydi.
Xodimlar ish haqlaridan ushlab qolingan va hisoblangan majburiy toʻlovlarni pensiya jamgʻarmasi, daromad soligʻi, kasaba uyushmasi badallarini va boshqa toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlov topshiriqnomasi orqali oʻtkazib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi hamda tuman hokimi qaror va farmoyishlariga asosan hokimlikning tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritilganda yoki shtat birliklari qisqartirilganda belgilagan moliyaviy hamda mehnat qonunlari asosida ish haqi kompensatsiyalari toʻlanishini taʼminlaydi va shtatlar jadvallarini moliya boshqarmasidan oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazib boradi.
Tuman hokimligi boshqaruv apparatining moliyaviy bank muassasalari va xoʻjalik faoliyatini yuritishdagi barcha tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarni qonuniyligini tahlil etish va hokimlik apparati uchun zarur boʻlgan inventar, orgtexnika jihozlari va kantselyariya mollarini belgilangan tartibda sotib olinishi yuzasidan ish olib boradi.
Tuman hokimligi apparatining tashkilotlar oʻrtasidagi muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorliklarni oʻz vaqtida qoplash va bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va tuman moliya boʻlimiga tahliliy axborot berib boradi.
Tuman hokimligi hisobidagi barcha asosiy vositalarni kirim va sarflanishini hisobxona hisobi boʻyicha toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, muddati oʻtib boʻlgan inventarь, orgtexnika jihozlarini belgilangan normativlar asosida hisobdan chiqarishni tashkil etadi.
Hokimlik hisobxonasida bank-xazina hisobotlarini tasdiqlangan normativlar asosida yuritish naqd pul kirimi va qonuniy saflanishi ustidan nazorat qilib boradi.
Tuman hokimligining moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini tegishli organlarga har oy, chorak va yil yakunlari boʻyicha oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi.

Devonxona mudiri

Devonxona faoliyatini tashkil etadi va rahbarlik qiladi. Tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni taʼminlaydi, tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga koʻra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va joʻnatishni tashkil qiladi.
Tuman hokimligida ish yuritish, hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va taqsimlashni tashkil etadi. Tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-sonli hamda
1999 yil 29 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi” 140-sonli qarorlari, shuningdek, tuman hokimligida ish yuritish tartibi asosida ish yuritish qoʻllanmasi, tavsiya va yoʻriqnomalari asosida ish yuritishni taʼminlaydi.
Tuman hokimi apparati arxivining ish faoliyatini nazorat qilib boradi. Tuman tarkibiy boʻlimlari tomonidan hujjatlar nomenklaturasiga amal qilishini oʻrganib boradi va amaliy yordam beradi.
Tuman hokimligi tarkibiy boʻlimlari bilan ish yuritish yuzasidan munosabat yuritadi. Korxona va tashkilotlarda ish yuritish ahvolini oʻrganadi va amaliy yordam koʻrsatadi.
Devonxona mudiri tuman hokimining tezkor topshiriqlari ijrosini tashkil etadi, ish xonasida jihozlarning saqlanishini taʼminlaydi.
Tuman hokimining qaror va farmoyishlari loyihalari tayyorlanishini puxta tahlil qilinganligi hamda tegishli masʼullar tomonidan viza qoʻyilganligini koʻrib chiqib, tuman hokimiga kiritilishini taʼminlaydi, hokim imzosidan keyin rasmiylashtiradi va qaror, farmoyishni tayyorlagan boʻlinma masʼul xodimi tomonidan joʻnatish varaqasida koʻrsatilgan nusxa soniga koʻra nusxa olishga ruxsat beradi hamda ijrochilarga yetkazilishini tashkil etadi.
Hokimning qaror va farmoyishlari hamda hokimlik devoniga kelgan hujjatlarni muqovalashga tayyorlaydi, toʻliqligiga qarab muqovalashtirishni tashkil etadi va nazorat olib boradi.
Devonxona masʼul xodimlari ish faoliyatini vazifalar taqsimoti boʻyicha muvofiqlashtiradi va faoliyatini tahlil etib boradi, tegishli taklif va xulosalarini rahbariyatga bildiradi.
Tuman hokimining qaror, farmoyishlari, hokimlikning chiqish hujjatlari va yigʻilish bayonnomalarini ijrochi tomonidan berilgan joʻnatish varaqasi asosida nusxa koʻpaytirib olishga hamda arxiv hujjatlarini olish va foydalanishni tegishli soha boʻyicha hokim oʻrinbosarining yozma ruxsati asosida hujjatlarning asl nusxasini taqdim etishni faqat tuman hokimining aniq koʻrsatmasiga koʻra amalga oshiradi.
Hokimlik apparatiga ishga qabul qilingan xodimlarni hokimlik tuzilmasi, ish yuritish yoʻriqnomasi va ijroni nazorat qilish va tekshirish boʻyicha asosiy qoidalar, ichki mehnat tartibi qoidalari va hokimlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan tanishtiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, koʻpaytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali joʻnatishni taʼminlaydi.
Tuman hokimi raisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishlar bayonnomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ularning saqlanishini taʼminlaydi.
Yuqori organlardan kelgan hujjatlarni muhimligi aniq muddatlari koʻrsatilgan hujjatlar hamda tuman hokimining topshiriq koʻrsatmalariga qarab hujjatlarni nazoratga oladi va yoʻriqnomada koʻrsatilgan tartibda
“N” belgisini qoʻyadi.
Devonxonada tuman hokimligi va tuman korxona va iashkilotlar devonxona xodimlariga, ijrochilarga amaliy yordam va seminarlar tashkil etadi.

Yetakchi mutaxassis

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi 12-sonli qaroriga asosan belgilangan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi, mazkur qaror bilan tasdiqlangan asosiy qoidalarga va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻriqnoma talablariga toʻliq rioya qiladi.
Hujjatlarni kirish, chiqish jurnallari (elektron hujjat aylanish tizimi orqali) va kartochkalarga toʻgʻri rasmiylashtirish uchun shaxsan javob beradi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ravishda tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boradi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning tuman hokimi va uning oʻrinbosarlariga yuborilgan ariza, taklif yoki shikoyatlarini tuman hokimligining umumiy boʻlimi orqali roʻyxatga olinishini taʼminlaydi.
Barcha yozma murojaatlarni mazmunidan kelib chiqqan holda ijro etuvchiga tuman hokimi yoki birinchi oʻrinbosari nomidan uning yoʻnaltiruvchi xatini tayyorlab imzo uchun kiritadi.
Tuman hokimi va hokim oʻrinbosarlari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga murojaatlarni ijrochilarga elektron hujjatlar aylanmasi orqali joʻnatadi yoki shaxsan topshiradi.
Murojaatlarni Qonunda belgilangan muddatlarda ijro etilganligi haqidagi javob xatlarini talab qilib oladi va ijrosi taʼminlangan murojaatlarni tuman hokimiga va hokim oʻrinbosarlariga kiritib murojaatni nazoratdan chiqarish yuzasidan koʻrsatmasini oladi hamda nazoratdan chiqaradi.
Yuqori organlardan ijro etish uchun yuborilgan murojatlarni alohida roʻyxatga oladi va Qonun bilan belgilangan muddatlarda ijro etilishi hamda javob xatlarini olib murojaat ijrosi haqida yuqori tashkilotlarga maʼlumot berilishini nazorat qilib boradi.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashda tuman hokimligining rahbar xodimlari, tuman boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki murojaatlarini roʻyxatga olib boradi va ularning ijro etilishini nazorat qiladi.
Hokimning yordamchisi va hokim oʻrinbosarlarining bosh mutaxassislari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishni tashkil qiladi.
Tuman hokimining har haftada bir marotaba (haftani shanba kuni) oʻtkaziladigan qabullarini tashkil etadi va murojaatlarni ijro etish yuzasidan tuman hokimi tomonidan berilgan topshiriqlarni tegishli rahbar xodimlar bilan birgalikda ijro etilishini taʼminlaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari (ogʻzaki yoki yozma) yuzasidan hisobotlar olib boradi va tahlillar tayyorlaydi hamda hisobotlarni yuqori organlar va tuman hokimiga belgilangan muddatlarda taqdim etib boradi.
Tuman hokimligiga kelgan xat-xabarlarni qabul qilib olish, roʻyxatdan oʻtkazish, rasmiylashtirish va ularni ijrochilarga yuborilishini taʼminlaydi.
Tuman hokimligiga kelgan hujjatlarni, konvertlarni ochgandan keyin toʻgʻriligini, hujjatlar oʻramining butunligi va ilovalari bor yoʻqligini tekshirib, hujjatlarning raqamlarini konvertda koʻrsatilgan raqamlar bilan solishtiradi. Hujjatlarning kamligi yoki buzilganligi aniklanganda, devonxona mudiriga bildirib, birgalikda dalolatnoma tuzib, biri devonxonada qoldiriladi, ikkinchi paket joʻnatgan tashkilotga yangi konvertga solib, belgilangan manzilga qaytariladi.
Hujjatlarning toʻliqligini, hamda ochiq kelgan hujjatlarni rasmiylashtirilishi va ilovalar mosligini inobatga olib, roʻyxatga oladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatlarni devonxona mudiriga hokim koʻrsatmasini tayyorlash uchun taqdim etadi. Devonxonada ish yuritish nomenklaturasi asosida yigʻma jildlarni shakllantiradi, har oy yakunida hujjatlarni tartib bilan yigʻma jild jamgʻarmasini tashkil etadi.
Hujjatlarni toʻgʻri joʻnatilishini tashkil qiladi va tuman hokimligi xodimlari tomonidan hujjatlarni olishda kartochka va daftarlarga toʻgʻri hamda aniq yozilishini taʼminlaydi hamda barcha hujjatlarni ijrochilarga yetkazishga shaxsan masʼul.
Ish yuritishni tasdiqlangan Yoʻriqnomalar talabi asosida olib boradi va hujjatlarning toʻliq saqlanishini taʼminlaydi.
Tuman hokimligidan chiquvchi hujjatlarni konvertga solib, reyestr yozadi va belgilangan tartibda oluvchiga (maxsus), felьdeger aloqa tarmoqlari orqali yetkazish uchun topshiradi (shartnomaga koʻra). Hujjatlarni konvertga toʻgʻri va sifatli joylashtirib joʻnatadi.
Lavozimi doirasiga kiruvchi masalalarning muhokamasi boʻyicha tuman hokimligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi.

O'qilgan: 111 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 15 Sep 2019

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879) 593-11-03
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: