LOTIN-КИРИЛЛ
Hokimiyat matbuot xizmati

Hokimiyat matbuot xizmati

08 May 2024

   

Uchquduq tuman hokimi Xamroyev Soli Farmonovichning 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira” xiyobonida o‘tkazilgan bayram tadbirida so‘zlagan nutqi

Assalomu alaykum muhtaram faxriylar!
   Hurmatli tumandoshlar!

      Avvalo barchangizni va albatta Vatan ozodligi, yurtimiz tinchligi uchun mehnat frontida fidoyilik ko‘rsatgan tabarruk nuroniylarimizni - Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi bilan tumanimiz faollari hamda keng jamoatchiligi nomidan samimiy qutlayman.
Bugun barchamiz avvalo buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qo‘shgan, mana shu yorug‘ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida ta’zim qilamiz. Shafqatsiz urushdan keyingi tiklanish yillarida mashaqqat bilan mehnat qilgan barcha faxriylarimizga yuksak hurmat va ehtirom, chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Ta’kidlash joizki, yurtimizda Ikkinchi jahon urushi talofatlaridan jabr ko‘rmagan, qirg‘inbarot janglarda yaqinlaridan ayril-magan bironta xonadon, oilani topish qiyin. Shu paytgacha O‘zbekistondan urushga 1,5 million kishi safarbar qilingan, deb hisoblanardi, biroq keyingi yillarda hurmatli Prezidentimiz tashabbusiga asosan olib borilgan tadqiqotlar natijasida o‘sha paytda 6,5 million aholi yashagan yurtimizdan
2 milliondan ortiq kishi janglarda ishti-rok etgani aniqlandi. Ularning yarim milliondan ziyodi halok bo‘lgan, 133 ming nafarga yaqini bedarak yo‘qolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron bo‘lib qaytgan.
Ana shunday shukuhli kunlarda 421 nafar Uchquduqning mard va jasur o‘g‘lonlari yelkama-yelka turib qonli janglarda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘z hissalarini qo‘shganligini alohida ta’kidlash o‘rinli. Afsuski, bu mudhish urushda ularning 172 nafari ayni navqiron yoshida halok bo‘lganini eslash nihoyatda og‘ir, albatta! Ana shu insonlar xotirasi oldida bosh egamiz. Ularning buyuk jasorati dillarimizda mangu yashaydi.

   Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

    Bugun buyuk ajdodlar izdoshi ekanligimizni chuqur his etgan holda, bu yorug‘ kunlarga yetish uchun qurbon bo‘lganlar ruhini shod, xotirasini yod etishni, moʻtabar keksalarimiz duosini olishni eng muhimi, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishni, istiqlol bergan imkoniyatlarni asrab-avaylashni o‘zimizning muqaddas burchimiz ekanini hech qachon unutmasligimiz zarur.
Uchquduq tumani markazidagi «Xotira» xiyobonida Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi janglarda qatnashib, jasorat ko‘rsatgan va halok bo‘lgan 172 nafar uchquduqlik mard o‘g‘lonlarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida peshlavha tashkil qilindi. Ularning ismi sharifi ushbu peshlavhaga o‘yib yozildi.
Hozirda ushbu maskan o‘quvchi-yoshlarning muqaddas bir go‘shasiga aylangani o‘sib kelayotgan yosh avloldning o‘z tarixiga ota-bobolarining jasoratiga bo‘lgan qiziqish-laridan dalolat beradi.
Ayni kunlarda tumanimizda urush orti mehnat faxriysi Krevenyuk Anna Ivanovna el-yurt ardog‘ida istiqomat qilmoqda. Bugungi ayyomning yana bir muhim jihati shundaki, u bizni avvalambor safimizda bo‘lgan front orti mehnat faxriysiga mehr-oqibat ko‘rsatib yashashga, muhtaram nuroniylarimizning hayotini mazmunli qilish hamda umrini uzaytirishga, ularga nafaqat mana shunday bayram shodiyonalarida, balki har kuni, har soatda g‘amxo‘rlik va mehribonlik ko‘rsatishga undaydi.

    Qadrli tadbir ishtirokchilari!

Afg‘onistondagi jang maydonlarida Uchquduq tumanidan 50 nafarga yaqin mard va jasur yigitlari diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi janglarda ishtirok etishgan. Ularning 36 nafari bugun tumandoshlarimiz saflarida bo‘lishsa, yana 2 nafar jasur yigitlar mustaqillik yillarida xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan.
Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish – bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Eng muhimi, yurtimizda tinchlik va barqarorlik mustahkamlanib, ko‘pmillatli mamlakatimizda o‘zaro hurmat ham hamjihatlik tobora keng qaror topayotganini ta’kidlash o‘rinlidir.

    Aziz yurtdoshlar!

Yana bir bor fursatdan foydalanib, tumanimiz ahlini, muhtaram faxriylari-mizni, hamyurtlarimizni bugungi qutlug‘ bay-ram bilan muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilay-man. Doimo hayotimizga fayz berib, el-yurti-miz ardog‘ida bo‘lib yurishingizni Yaratgandan so‘rayman.
Baxtimizga hamisha omon bo‘ling!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

08 May 2024

       Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari «Xotira va qadrlash” kuni misolida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda.
Krevenyuk Anna Ivanovna bu yil 91 yoshni qarshiladi. Uning yoshligi mash’um Ikkinchi jahon urushi yillariga to‘g‘ri kelgan. 8 yoshli qizaloq front ortida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. Gʻalabaga mehnat frontida turib hissa qo‘shgan. Bolaligini navqiron yoshligini mamlakatni tiklash ishlariga safarbar qilgan Anna Ivanovnaningtaqdiri Uchquduq shahri bilan bog‘landi. Hech bir millatni begona demay mehr ko‘rsatadigan xalqimiz o‘sha suronli yillarda ham bugungi dorilamon kunlarda ham hech kimni e’tibordan chetda qoldirgani yo‘q.
        Bayram munosabati bilan tuman hokimi S.Xamroyev, SHKB hamda “Uchquduq” hududdiy boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasi mutasaddilari “Aytim” mahallasida yashayotgan Krevenyuk Anna Ivanovna xonadonida bo‘lishdi. Bugungi tinch va nurafshon kunlarimizning yuzaga kelishiga munosib hissa qo‘shgan front orti mehnat faxriysini bayram bilan muborakbod etib, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat paket hamda 5 mln. so‘m pul mukofoti berildi.
       Uchquduq faxri bo‘lmish Anna Ivanovna singari bolaligini yoshligining navqiron chog‘larini mehnat frontida o‘tkazgan insonlar jasorati bugungi avlod uchun bukilmas iroda timsolidir.

07 May 2024

     Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilmoqda.

      Vazirlar Mahkamasining «Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.

      Unga ko‘ra:

— 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining har biriga 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;
— 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi.

       Ustamalar baholash o‘tkazilgan o‘quv yilidan keyin keladigan o‘quv yilidan (1 sentyabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida to‘lanadi.

07 May 2024
Ташкилот (корхона) номи Бўлим номи Лавозими Вакансия сони Ставка Маош Таълим Квота йўналиши
1-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas кимё фани ўқитувчи 1 1.00 1050000.00 Олий  
1-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Химик (кимёгар) 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчилар Умумтаълим мактабларининг юқори синфлари ўқитувчиси (математика фани ўқитувчиси) 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчилар Халқ таълими муассасаси психологи 1 1.00 1050000.00 Олий Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Ўқитувчи 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчилар Ўқитувчи 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Электрик 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус  
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчилар технология 1 0.40 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчилар география 1 0.40 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчилар тасвирий санъат 1 0.15 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
2-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчилар мусиқа 1 0.15 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
3-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчи Чизмачи 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Пенсияолди ёшидаги шахслар
3-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчи Бошланғич синфлар ўқитувчиси 1 0.50 1200000.00 Олий Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
3-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчи Тарбия ўқитувчи 1 0.25 1050000.00 Олий Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлигининг, Ички ишлар вазирлигининг, Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг, Миллий гвардиясининг, Давлат хавфсизлик хизматининг қўшинларидаги муддатли ҳарбий хизматдан бўшатилган шахслар
3-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчи Ўқитувчи инглиз тили 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
3-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчи Бошланғич синфлар ўқитувчиси 1 0.50 1200000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
4-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Рус тили фани ўқитувчиси Рус тили фани ўқитувчиси 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
4-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ мусиқа фани ўқитувчиси Мусиқа фани ўқитувчиси 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
6-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Кимё фани ўқитувчиси 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
6-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Чақирувга қадар  бошланғич  тайёргарлик  фани   раҳбари 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
6-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Физика фани ўқитувчи 1 0.40 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
6-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Тарих фани ўқитувчиси 1 0.75 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
7-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ O'qituvchilar Француз тили фани ўқитувчиси 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
7-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ O'qituvchilar Инглиз тили фани ўқитувчиси 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
7-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ O'qituvchilar Математика фани ўқитувчиси 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
8-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Электрик 1 0.25 250000.00 Ўрта-махсус  
8-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Математик 1 0.75 1000000.00 Олий  
8-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Физика 1 0.30 500000.00 Олий  
9-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Жисмоний тарбия фани ўқитувчиси 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
9-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas инглиз тили Ўқитувчи 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
9-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Мусиқа  фани  ўқитувчиси 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
10-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ O'qituvchilar Мусиқа  ва санъат мактаби ўқитувчиси 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
10-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ O'qituvchilar Рус тили фани ўқитувчиси 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
10-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ O'qituvchilar Инглиз тили фани ўқитувчиси 1 0.25 1050000.00 Олий Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
11-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ 11-maktab Ўқитувчи  ингилиз тили 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
11-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ 11-maktab Ўқитувчи биология 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
11-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ 11-мактаб Ўқитувчи тарих 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
13-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Тасверий  санъат  ўқитувчиси 1 0.50 1050000.00 Олий Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
13-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Лаборант 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
14-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Инглиз тили фани ўқитувчиси 1 0.75 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
14-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Амалиётчи психолог 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
14-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Чақриққа қадар бошланғич тайёргарлик рахбари 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Психолог 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Информатика фани ўқитувчи 1 0.65 758333.33 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ инглиз тили фани ўқитувчиси инглиз тили ўқитувчи 1 1.00 1050000.00 Олий  
15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Директор ўринбосари 1 0.50 1050000.00 Олий  
15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Биология фани ўқитувчиси 1 0.65 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
15-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Химик 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
16-umumiy o'rta ta'lim maktabi Bo‘linma mavjud emas Қозоқ тили адабиёти фани ўқитувчи 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
16-umumiy o'rta ta'lim maktabi Bo‘linma mavjud emas ингилиз тили фани ўқитувчи 1 0.40 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
16-umumiy o'rta ta'lim maktabi Bo‘linma mavjud emas Tabiiy fan 1 0.02 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
16-umumiy o'rta ta'lim maktabi Bo‘linma mavjud emas Жисмоний тарбия фани ўқитувчиси 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
16-umumiy o'rta ta'lim maktabi Bo‘linma mavjud emas Ўзбек тили фани ўқитувчи 1 0.40 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
18-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Maktab o'qituvchilari Fransuz tili 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Психолог 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Бошланғич синф ўқитувчиси 1 0.75 1050000.00 Ўрта-махсус  
19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Электрик 1 0.50 334166.00 Ўрта-махсус  
19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Қоровул 1 0.75 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Талаб этилмайди  
19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Психолог 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Бошланғич синф ўқитувчиси 1 0.75 1050000.00 Ўрта-махсус  
19-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Bo‘linma mavjud emas Электрик 1 0.50 334166.00 Ўрта-махсус  
20-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчи rus tili fani o'qituvchisi 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
20-УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБИ Ўқитувчи Rus tili fani o'qituvchisi 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
1-СОН КАПТАРЧА МАКТАБГАЧА ТА. педагог ходимлар Хорижий тил услубчиси 1 0.25 700000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
1-СОН КАПТАРЧА МАКТАБГАЧА ТА. техник ходимлар Электрик 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус Ногиронлиги бўлган шахслар
2-СОН КУЁШЖОН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУССАСАСИ ПЕДАГОГ ХОДИМЛАР Тарбиячи 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
ДОУ 3-SONLI BULDIRSHIN Педагог ходимлар Тарбиячи 1 0.50 600000.00 Олий  
ДОУ 3-SONLI BULDIRSHIN Педагог ходимлар Жисмоний тарбия бўйича тарбиячи 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус  
ДОУ 4-SONLI QALDIRG`OCH Педагог ходимлар Ўқитувчи ингилиз тили 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
ДОУ 7-SONLI YOSH GEOLOGLAR педагог ходимлар Мусиқий раҳбар 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус  
ДОУ 7-SONLI YOSH GEOLOGLAR Bo‘linma mavjud emas Жисмоний тарбия бўйича йўриқчи 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус  
ДОУ 7-SONLI YOSH GEOLOGLAR Bo‘linma mavjud emas хорижий тил ўқитувчиси 1 0.25 500000.00 Олий  
ДОУ 8-SONLI QUYONCHA Uchquduq tumani MTB-ga qarashli 8-sonli "Quyoncha" MTT Мусиқий раҳбар 1 0.25 1050000.00 Ўрта-махсус Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
ДОУ 8-SONLI QUYONCHA Uchquduq tumani MTB-ga qarashli 8-sonli "Quyoncha" MTT Тарбиячи-услубчи 1 0.25 350000.00 Олий  
ДОУ 8-SONLI QUYONCHA Bo‘linma mavjud emas жисмоний тарбия йўрикчиси 1 0.25 400000.00 Олий  
ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN FILIAL Мусиқий раҳбар 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN Пед.ходим Жисмоний тарбия бўйича йўриқчи 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN Пед.ходим Мусиқий раҳбар 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус  
ДОУ 9-SONLI BALDIRG`AN тех.ходим Катта ҳамшира 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус  
ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 10-SONLI JOY OF BABIES педагог ходимлар Мусиқий раҳбар 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 10-SONLI JOY OF BABIES педагог ходимлар Мусиқий раҳбар 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI техник ходимлар Электрик 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI педагог ходимлар Хорижий тил услубчиси 1 0.75 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI педагог ходимлар Мусиқий раҳбар 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
ДОУ UCHQUDUQ TUMAN 11-SONLI KELAJAK YULDUZCHALARI педагог ходимлар Услубчи 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
12-SONLI TABBASSUM  MTT педагог ходимлар Услубчи 1 0.50 1050000.00 Олий  
13-SONLI LAYLAKCHA  MTT Тарбиячи Мусиқий раҳбар 1 0.50 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
13-SONLI LAYLAKCHA  MTT Рус тили ўқитувчиси Рус тили ўқитувчиси 1 0.50 1050000.00 Олий Ногиронлиги бўлган шахслар
14-SONLI ERTAK MTT Ёрдамчи тарбиячи Сантехник жихозларга қаровчи ва уларни таъмирловчи ишчи 1 0.50 1000.00 Ўрта-махсус Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
БАРКАМОЛ АВЛОД БОЛАЛАР МАРКАЗИ Баркамол авлод бололар маркази Тўгарак (жамоа) раҳбари 1 0.25 1050000.00 Олий Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
БАРКАМОЛ АВЛОД БОЛАЛАР МАРКАЗИ Bo‘linma mavjud emas инглиз тили тўгарак раҳбари 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
NAVOIY VILOYATI JISMONIY TAR Тренерлар Тренер 1 0.25 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК КОНЧИЛИК КАСБ-ХУНАР КОЛЛЕЖИ Bo‘linma mavjud emas Транспортни бошқариш бўйича ишлаб чиқариш таълими устаси 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
10-СОНЛИ БОЛАЛАР МУСИКА ВА САНЪТ МАКТАБИ Ўқитувчи Болалар мусиқа ва санъат мактабида  фортепиано ўқитувчиси 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
10-СОНЛИ БОЛАЛАР МУСИКА ВА САНЪТ МАКТАБИ Ўқитувчи Эстрада-чолғу  асбоблари ансамбли артисти 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК Т ХАЛК ТАЪЛИМ МУСС-И ФАОЛ. МЕТ. ТАЪМ ВА ТАШ ЭТИШ БУЛ Bo‘linma mavjud emas Bo'lim boshlig'i 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
УЧКУДУК Т ХАЛК ТАЪЛИМ МУСС-И ФАОЛ. МЕТ. ТАЪМ ВА ТАШ ЭТИШ БУЛ Maktabgacha ta’lim bo‘limi maxsus ta’mirlash-ekspluatasiya Электромонтёр 1 0.25 1050000.00 Ўрта-махсус Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
ОТДЕЛ ВЕТЕРИНАРИЯ РАЙГОРОДА Bo‘linma mavjud emas Ветеринария санитари 1 0.50 525000.00 Талаб этилмайди  
ТУМАН ВЕТ.СИНОВХОНАСИ Bo‘linma mavjud emas Бўлим мудири 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
РАЙСЭС эпидемиология бўлими Immunolog-epidemiolog vrach 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
РАЙСЭС эпидемиология бўлими Бўлим мудири-эпидемиолог врач 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
РАЙСЭС Санитария-гигиена бўлими Санитария врачи 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
РАЙСЭС эпидемиология бўлими Эпидемиолог врач 1 0.25 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
РАЙСЭС Bo‘linma mavjud emas Бўлим мудири дезинфекционист врач 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
РАЙСЭС Санитария-гигиена бўлими Санитария врачи 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
РАЙСЭС Санитария-гигиена бўлими Назоратларни мувофиқлаштириш ва маъмурий амалиёт бўлими санитария врачи 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
РАЙСЭС Жамоатчилик билан ишлаш бўлими Эпидемиолог ёки санитария врачи 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС ОШР Кўкпатас ИТ оператор ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус  
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Қоровул 1 0.50 1050000.00 Талаб этилмайди Ўн тўрт ёшга тўлмаган болалари, ногиронлиги бўлган болалари бор ёлғиз ота ёки она, шунингдек кўп болали оилаларнинг ота-оналари
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС ОШР Кўкпатас Эмлаш ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус  
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Шифокор (врач)-мутахассис (жарроҳдан (врач-хирургдан) ташқари  барча мутахассисликлар) логопед врач 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP Mingbuloq Қишлоқ врачлик пункти шифокори (врачи) 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP JUZQUDUQ Қишлоқ врачлик пункти шифокори (врачи) 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС ОШП Узункудук Қишлоқ врачлик пункти шифокори (врачи) 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 0.50 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 0.50 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 0.50 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP AVANGARD Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Ўн тўрт ёшга тўлмаган болалари, ногиронлиги бўлган болалари бор ёлғиз ота ёки она, шунингдек кўп болали оилаларнинг ота-оналари
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP AVANGARD Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP AVANGARD Қоровул 1 0.50 1050000.00 Талаб этилмайди Ўн тўрт ёшга тўлмаган болалари, ногиронлиги бўлган болалари бор ёлғиз ота ёки она, шунингдек кўп болали оилаларнинг ота-оналари
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP JUZQUDUQ Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлигининг, Ички ишлар вазирлигининг, Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг, Миллий гвардиясининг, Давлат хавфсизлик хизматининг қўшинларидаги муддатли ҳарбий хизматдан бўшатилган шахслар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС ОШП Узункудук Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Пенсияолди ёшидаги шахслар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС ОШП Узункудук Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Ногиронлиги бўлган шахслар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP Кулкудук Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Жазони ижро этиш муассасаларидан озод қилинган ёки суд қарорига кўра ўзига нисбатан тиббий йўсиндаги мажбурлов чоралари қўлланилган шахслар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP Кулкудук Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Жазони ижро этиш муассасаларидан озод қилинган ёки суд қарорига кўра ўзига нисбатан тиббий йўсиндаги мажбурлов чоралари қўлланилган шахслар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 1.00 1050000.00 Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС OSHP AVANGARD Барча номдаги тиббиёт ҳамшираси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Қонун ҳужжатларига мувофиқ бошқа шахслар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Даволаш бўлими оналик ва болаликни муҳофаза қилиш бўйича бошлиқ ўринбосари 1 1.00 1050000.00 Олий  
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Шифокор (врач)-мутахассис (жарроҳдан (врач-хирургдан) ташқари  барча мутахассисликлар) 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Шифокор (врач)-мутахассис (жарроҳдан (врач-хирургдан) ташқари  барча мутахассисликлар) 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ТУМАН ТИББИЁТ     БИРЛАШМАС Куп тармокли марказий поликлиника булими Умумий амалиёт шифокори (врачи) 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ЙУЛ ХУЖ.ТУМАН ПУДРАТ ТАЪМИРЛАШ ФОЙДАЛАНИШ КОРХОН. Bo‘linma mavjud emas Бўлим бошлиғи (бошқа тармоқ ларда) 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
УЧКУДУК ЙУЛ ХУЖ.ТУМАН ПУДРАТ ТАЪМИРЛАШ ФОЙДАЛАНИШ КОРХОН. Bo‘linma mavjud emas Йўл ишчиси 1 0.50 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус Умумий ўрта ва ўрта махсус таълим ташкилотларини, касб-ҳунар мактабларини, касб-ҳунар коллежларини ҳамда техникумларни тамомлаб, касбга эга бўлган ёшлар
УЧКУДУК ЙУЛ ХУЖ.ТУМАН ПУДРАТ ТАЪМИРЛАШ ФОЙДАЛАНИШ КОРХОН. йул булими Йўл ишчиси 1 0.50 1050000.00 Ўрта-махсус Жазони ижро этиш муассасаларидан озод қилинган ёки суд қарорига кўра ўзига нисбатан тиббий йўсиндаги мажбурлов чоралари қўлланилган шахслар
УЧКУДУК ЙУЛ ХУЖ.ТУМАН ПУДРАТ ТАЪМИРЛАШ ФОЙДАЛАНИШ КОРХОН. Boshqaruv Директор 1 1.00 1050000.00 Олий  
УЧКУДУК ТУМАН ХОКИМЛИГИ ОБО- ДОНЛАШТИРИШ БУЛИМИ Қабристон бўлими Қабристон назоратчиси (колумбария) 1 0.25 1050000.00 Талаб этилмайди Ўн тўрт ёшга тўлмаган болалари, ногиронлиги бўлган болалари бор ёлғиз ота ёки она, шунингдек кўп болали оилаларнинг ота-оналари
УЧКУДУК УРМОН.ХУЖ.БУЛ Ёрдамчи ишчи Ёрдамчи ишчи 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Талаб этилмайди Одам савдосидан жабрланганлар
УЧКУДУК УРМОН.ХУЖ.БУЛ Ёрдамчи ишчи Ёрдамчи ишчи 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Талаб этилмайди Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирлигининг, Ички ишлар вазирлигининг, Фавқулодда вазиятлар вазирлигининг, Миллий гвардиясининг, Давлат хавфсизлик хизматининг қўшинларидаги муддатли ҳарбий хизматдан бўшатилган шахслар
УЧКУДУК УРМОН.ХУЖ.БУЛ бошқарув аппарати Директор ўринбосари бош  Ўрмонбеги 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Олий  
УЧКУДУК.МАД.ВА СПОРТ ИШЛ.БУЛ Bo‘linma mavjud emas Учқудуқ тумани маданият бўлими мудири 1 1.00 4038000.00 Олий  
ГУП ISSIQLIK MANBAI Учқудуқ  Авария-тиклаш ишлари чилангари 1 1.00 Ish haqi shtat jadvaliga (ichki tarif rejasi) muvofiq belgilanadi Ўрта-махсус  
Учқудуқ  Электрогазпайвандчи 1 1.00 Ўрта-махсус  
Учқудуқ  Газ жихозларини таъмирлащ ва уларга хизмат кщрсатиш чилангари 1 0.50 Ўрта-махсус  
               
07 May 2024

      Qulupnay – yozning eng mazali mevasidir. U juda shirin va foydali meva hisoblanadi. Uning pishishini juda ko‘pchilik intizorlik bilan kutadi. Chunki qulupnaylarni yoshu keksa – barcha yaxshi ko‘radi. Shu sabab bo‘lsa kerak, yozda mevaning o‘zi iste'mol qilinsa, qish uchun undan murabbo va sharbatlar tayyorlab qo‘yiladi.Qulupnaylarning foydali tarkibiQulupnaylarda 5-12 foiz uglevod (glyukoza, fruktoza, saxaroza), limon va olma kislotasi, turli modda va fenol birikmalar bor. Vitaminlardan esa A, S, V  va minerallardan: temir, asal, kobalt, marganets, molibden va ftor mavjud.Bilamizki, deyarli barcha vitaminlar juda nozik bo‘ladi va qayta ishlash jarayonida ular yo‘q bo‘lib ketadi. Ammo qulupnay tarkibidagi vitaminlar qayta ishlash jarayonida ham yo‘q bo‘lib ketmaydi va kishi oganizmiga foydasi tegadi.Qulupnaylar nimasi bilan foydali?Agar vazn oshib ketishidan cho‘chimasangiz, unda qulupnayni qaymoq, smetana yoki tvorog bilan birga iste'mol qilsangiz bo‘ladi. Sut mahsulotlaridagi yog‘lar ichak devorlariga birikadi va qulupnayning bezovta qiluvchi holatlarining oldini oladi. Agar kishida ichak bezovtalanishi bo‘lmasa, qulupnayni yangi sut bilan iste'mol qilsa ham bo‘ladi.Qulupnayni shakar bilan yeyish yaramaydi, chunki shundoq ham kishi organizmida shakar moddasi yetarlicha.Ushbu mevani boshqa taomlar bilan aralashtirmay, birinchi yoki ikkinchi ovqatdan so‘ngina iste'mol qiling, chunki u oshqozon ichida bijg‘ish xususiyatiga ega. O‘zi umuman olganda, barcha mevalarda ana shunday xususiyat mavjud. Shuning uchun ularni hech qaysi taom bilan aralashtirib yemaslik tavsiya etiladi.Kimda-kim o‘z immunitetini kuchaytirishni istasa bunga qulupnay yordam beradi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qulupnay kashanda va boshqa zararli odati bor kishilarning turli kasalliklarga chalinish xavfini pasaytirar ekan.Bundan tashqari, qulupnaylarda yana bir o‘ziga xos xususiyat borki, ular kam kaloriyali meva hisoblanadi. 100 gramm qulupnayda 30 kkal kaloriya mavjud. Bu mevada saxaroza ko‘p, ammo fruktoza anchayin yetarli. Yog‘ umuman yo‘q, oqsillar ko‘p. Bu parhezga amal qiluvchilar uchun juda yaxshi.Qulupnayning kosmetika sohasida foydaliligi ancha oldin aytib o‘tilgan. Yangi qulupnay yoki uning sharbati ayrim kosmetik vositalardan ko‘ra yaxshiroq ta'sir etadi: teridagi ajinlarni yo‘qotishda va terining ozuqa olishida yuqori samara beradi. Shu bilan birga yuzdagi dog‘lar va sepkillarga qarshi kurasha oladi. Undan yuz uchun ishlatiladigan niqobni oddiy uy sharoitida ham tayyorlab olsa bo‘ladi.Qulupnay ichaklarni tozalashda, jigar va buyrakning yaxshi ishlashiga, qabziyat va anemiyaga qarshi, shuningdek,buqoqning oldini olishda qo‘l keladigan foydali mevadir.Qulupnayning zararli xususiyatlari Qulupnay juda “injiq” meva bo‘lib, barchaga teng foydali bo‘lavermaydi. Tarkibidagi kislota sabab oshqozon-ichak yo‘llarida kasalligi bor kishilar uchun u juda zararlidir. U ayrim kishilarda turli allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin. Qon bosimi yuqori kishilarga ham uni iste'mol qilishni tavsiya etishmaydi. Yodda saqlang: qulupnayni me'yoridan ortiq yeyish inson organizmi uchun xavflidir.Bir kunda ko‘pi bilan yarim kilocha qulupnayni iste'mol qilish maqsadga muvofiqdir. Organizm aynan shuncha miqdordagi qulupnayni hazm qila oladi.Ehtiyot bo‘ling: qulupnayning erta navlari juda tez aynib qoladi. Shu sabab ayrim ishlab chiqaruvchilar qulupnaylarni tez hosilga kirishi uchun ularga azot va shunga o‘xshash zararli narsalarni qo‘shishadi.Shifokorlarning uqdirishicha, o‘z mavsumida paydo bo‘lmagan meva va sabzavotlarning tarkibida zararli netratlar bo‘ladi va ularda vitaminlar juda va juda oz bo‘ladi. Ayniqsa, qishda paydo bo‘ladigan qulupnaylarning mazasi ham sizni u darajada xursand qilmaydi.

     7 yoshdan kichik bolalarga qulupnaylarni berish tavsiya etilmaydi. Kechpishar qulupnayni bersa bo‘ladi, faqat kuniga beriladigan miqdori 100 grammdan oshmasligi kerak.Qulupnayni qanday tanlasa bo‘ladi? Quruq, butun, zararlanmagan va iloji bo‘lsa yashil qalpoqchali qulupnaylarni tanlang. Rangiga qarab tanlasangiz ham bo‘ladi. To‘q qizil rangli qulupnaylar mazasi yaxshiligidan va yetilib pishganligidan dalolat berib turadi. Lekin afsuslar bo‘lsinki, zamonaviy davrimizda ayrim qalloblar qulupnaylarni bo‘yab ham sotishmoqda. Shu sabab uni sotib olayotgan vaqtingizda ziyrak bo‘ling – qulupnayni hidlab ko‘ring. Bu mevaning yoqimli, original hidi mavjud, huddi har bir mevaning o‘z hidi bo‘lganidek.Shuni bilish muhimki, bog‘da yetishtiriladigan qulupnaylar mavsumi 4 haftani tashkil etadi. Boshqa vaqtda chiqqan qulupnaylarning esa foydasi kamroq, mazasi shirinsiz bo‘ladi.

Maqola matni Uchquduq tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlandi

07 May 2024

     2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 10-11-sinf o‘quvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

     2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 10-11-sinf o‘quvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

     Maktablarga pedagogika bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarida tegishli hududdagi pedagogika oliy ta’lim muassasalari yordam beradi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida o‘quv dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

      Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

      Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogik sinflari tashkil etilgan maktablar va biriktirilgan pedagogika oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik yordam ko‘rsatadi.

       Hujjat bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik sinflarni tashkil etish va bitiruvchilari bandligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
pedagogik sinflarni tashkil etish tartibi;
maktablar va pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligi;
pedagogik sinflar bitiruvchilariga tegishli kasb bo‘yicha ishlash huquqini berish.

06 May 2024

Савол; Янги меҳнат кодексига асосан йиллик меҳнат таътилларини бериш тартиби қандай?

Жавоб; Ўзбекистон Республикаси норматив ҳуқуқий ҳужжатларига асосан барча ходимларга, шу жумладан ўриндошлик асосида ишлаётган ходимларга, дам олиш ва иш қобилиятини тиклаш учун иш жойи ва ўртача иш ҳақи сақланган ҳолда йиллик меҳнат таътиллари берилади. Ходимларга бериладиган асосий меҳнат таътилининг энг кам давомийлиги 21 календар кунидан иборатдир. Барча ҳолларда қонунчилик билан белгиланган таътилларни жамлашда уларнинг давомийлиги бир иш йили учун энг кўпи 56 календар кундан ошиб кетиши мумкин эмас.

Ушбу таътилларга оид ҳолатлар Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексининг IV  боби, яъни 216-235-моддалар билан тартибга солиб қўйилган.

Ҳар йилги меҳнат таътилининг давомийлигини ишлаб берилган вақтга мутаносиб равишда ҳисоблаб чиқаришда унинг давомийлиги ҳар йилги асосий ва қўшимча меҳнат таътилининг тўлиқ миқдорини ўн иккига бўлиш ҳамда тўлиқ ишланган ойлар сонига кўпайтириш йўли билан аниқланади.

Янги меҳнат кодексига кўра, Ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишувга кўра ҳар йилги меҳнат таътили қисмларга бўлиниши мумкин. Бунда ушбу таътилнинг ҳеч бўлмаганда бир қисми ўн тўрт календар кундан кам бўлмаслиги керак.Меҳнат шартномаси бекор қилинганда ходимга барча фойдаланилмаган ҳар йилги асосий ва қўшимча меҳнат таътиллари учун пулли компенсация тўланади.

Учқудуқ туман адлия бўлими

Савол; Аёллар нечи ёшдан пенсияга чиқади ?

Жавоб; Қонунчиликда аёлларга умумий белгиланган пенсия ёши 55 ёшни ташкил этади. Аммо аёллар учун 1 йилга қисқартирилган ҳолда, яъни 54 ёшдан пенсияга чиқиш имтиёзи мавжуд. Хўш бу имтиёздан аёллар қачон фойдалана олади?  Мазкур масалага алоҳида тўхталиб ўтадиган бўлсак, ушбу имтиёздан фойдаланиш учун аёлларда тўлиқ 20 йил иш стажи бўлиши талаб этилади. Бунда аёллар “Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Қонуннинг 37-моддасида белгиланган, қуйидаги келтирилган 4 та банд асосидаги фаолияти давомийлиги 20 йилни ташкил этганида 54 ёшдан ёшга доир пенсияга чиқиш ҳуқуқига эга бўлади.

Мазкур 4 та банд қуйидагиларни ўз ичига олади:

1) мулк ва хўжалик юритиш шаклларидан қатъи назар, ходим давлат томонидан ижтимоий суғурталанган ҳолда бажарган ҳар қандай иш;

2) ҳарбий хизмат ва партизан отрядлари ҳамда қўшилмаларида бўлиш, давлат хавфсизлиги органларида, Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардиясида ва ички ишлар органларида хизмат қилиш;

3) идоравий бўйсунувидан қатъи назар, ҳарбийлаштирилган қўриқлашдаги, махсус алоқа органлари ва тоғ-кон-қутқарув қисмларидаги хизмат;

4) якка тартибдаги меҳнат ва оилавий тадбиркорлик фаолияти, шу жумладан шахсий ёрдамчи хўжаликдаги ва юридик шахс ташкил этилмаган ҳолдаги деҳқон хўжалигидаги фаолият билан шуғулланган тақдирда имтиёзли пенсияга чиқиши мумкин.

Учқудуқ туман адлия бўлими

Page 1 of 246

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: