LOTIN-КИРИЛЛ

TUMAN HOKIMI QARORI

   Uchquduq  tumani  “Do‘stlik” MFY hududidan Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 0.22   ga yer maydoni ajratish to‘g‘risida

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Koronavirus pandimiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub‘ektlarini qullab-quvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4691-sonli qaroriga asosan, Uchquduq tuman SEO va JS bo’liming    2021-yil 29-yanvardagi 01-06/88-sonli murojaatini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan

    Q A R O R    Q I L A M A N:

  1. Uchquduq tumani  “Do‘stlik” MFY hududidan Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun doimiy foydalanishga 0.22 ga yer maydoni ajratilsin. (Yer maydonlarining chegaralari rejasi ilova qilinadi).
  2. Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosini qurish uchun quyidagilar tavsiya etilsin:

topotasvir ishlarini bajarish uchun “O‘zGASHKLITI” Navoiy viloyat filialiga buyurtma berish   (1:500 miqyosda);

tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari korxonalari tomonidan texnik shartlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda  arxitektura-rejalashtirish topshiriqlari (ART-1, ART-2)ni ishlab chiqilishini ta‘minlashini so‘rash;

 loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun litsenziyaga ega loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha ishlab chiqish;

Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida qurilsin.     

  1. Tuman qurilish bo‘limi (I.Baxromzoda)ga ushbu Uchquduq tuman SEO va JS bo‘limiga yangi ma‘muriy binosi tasdiqlangan loyiha asosida qurilishini nazorat qilib borish topshirilsin.
  2. Tuman yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi (A.Qilichov)ga belgilangan tartibda tuman yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin.

     5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Ramazonov zimmasiga yuklatilsin

 

S.Xamroyev,

Tuman hokimi

           

2021-yil 29 –yanvar

18-Q- son Uchquduq tuman

O'qilgan: 709 bora

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: