LOTIN-КИРИЛЛ

Xotin-qizlar uchun qonunchilikdagi muhim 10 ta imtiyoz

    Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kredit ajratiladi. OTMda oʻqishi, kontraktini toʻlashi uchun ham qator yengilliklar berilgan. Quyida qonunchilikda xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyozlar haqida maʼlumot beriladi.

1. Tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit beriladi

   Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan 3-yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha kreditlar ajratiladi

2. OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi

   Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi

3. “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarga 10 dan ortiq yordam koʻrsatiladi

    Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarga BHMning 150 baravarigacha miqdorda kredit ajratiladi

4. Kasb-hunar oʻqish xarajatlari qoplab beriladi

Xotin-qizlar nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqiganda qilgan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi

5. Faol xotin-qizlarga “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni beriladi

Qonunchilikka koʻra, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan boʻlib, mazkur koʻkrak nishoni bilan:

– jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan;

– oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan;

– sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadi.

6. Davlat xizmatiga kirishda xotin-qizlar uchun teng sharoit yaratiladi

Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi taʼminlanishi kerak.

Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga tanlov komissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaxslarning maʼlumoti va kasbiy tayyorgarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, balki davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi

7. Homiladorligi sababli ishga qabul qilmaslik javobgarlikka sabab boʻladi

Homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bogʻliq sabablarga koʻra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq toʻlash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.

Ayolni homiladorligi yoki shaxsni yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan gʻayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan boʻshatish, BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Bundan tashqari xotin-qizlarga mehnat qilish bilan bogʻliq 10 dan ortiq imtiyozlar belgilangan.

8. Gender tenglikka oid ishlarda ayollar bepul advokat bilan taʼminladi

Erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga koʻra davlat hisobidan qoplanadi

9. Bakalavr bosqichida oʻqiyotgan ayrim xotin-qizlar kontraktini toʻlab beriladi

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan xotin-qizlar davlat OTMlari bakalavr bosqichida kontrakt asosida oʻqiganida ularning kontrakt toʻlovlari hokimliklar tomonidan toʻlab beriladi

10. Magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlar kontrakti toʻlab beriladi

Davlat OTMlarida oʻqiyotgan xotin-qizlar uchun magistratura bosqichiga kontraktning toʻliq summasi byudjetdan qoplab beriladi. Buning uchun har yili xotin-qizlar rektor nomiga 15-sentyabrgacha ariza berishi kerak.

O'qilgan: 135 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: