LOTIN-КИРИЛЛ

Suvchechak kasalligidan saqlaning

      Suvchechak kasalligidan saqlaning! Suvchechak-havo-tomchi yo’li orqali yuqadigan kasallik bo’lib, isitmasimon holat, butun tana bo’ylab qizil toshmalar va donachalar paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Kasallikning takroran kuzatilishi kamdan-kam hollarda qaid qilinadi. Odatda insonlar hayoti davomida bu kasalikka bir marta duchor bo’lishadi. Suvchechak kasalligiga ta’sirchanlik 70 foizni tashkil etadi. Bemorlar kasallikni toshma toshishdan 24 soat oldin va toshmalarning usti qobiq bilan qoplanguncha muddat oralig’ida atrofdagilarga yuqtirishi mumkin. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan yuqish yo’llari: so’lak, yo’tal, aksa urish. Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloqa qilish. Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’sir ko’rsatadi.

Bundan tashqari, homilador ayollar kasallanganda homila ham suvchechak bilan kasallanish ehtimoli mavjud bo’ladi. Bu bolada tug’ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, masalan badbasharalikka. Kasallik shifo topgandan so’ng organizmda barqaror immunitet hosil bo’ladi. Suvchechakning inkubatsion davri 7-21-kun davom etadi, ya’ni infeksiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan shuncha kun oldin organizmga tushgan bo’ladi. Boshqa belgilar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: isitma, bosh og’rig’i, ishtaha yo’qolishi. Tarqalishi: Oldin virusga duchor bo’lmagan har bir kishi suvchechak bilan kasallanishi mumkin. Quyidagi sharoyitlarda kasallanish havfi ortadi. Maktabda yoki bolalar muassasalarida vaqt o’tkazish, 12 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuzatiladi. Suvchechak asosan sovuq vaqtda yuzaga keladi.

Davolash: Suvchechakni davolash ham ambulator sharoitda davolanadi. Gigiyena qoidalariga amal qilish, isitmali davrning butun davomida yotoq tartibiga amal qilish ko’rsatiladi. Isitmani tushirish uchun parasitamol keng qo’llaniladi. Kasallikdan so’ng terida izlar qolmasligi uchun hosil bo’lgan qobiqlarni yulib olmaslik kerak. Bundan tashqari, issiq vannalar qabul qilish, yengil va yumshoq kiyimlar kiyish tavsiya etiladi. Ota-onalarga farzandlarini maktab va maktabgacha ta’lim muassasasiga yubormaslik tavsiya etiladi. Virusning tashqi muhitga chidamsizligi tufayli xonada dezinfeksiya qilish talab etilmaydi. Xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va nam usulda tozalash kerak. Suvchechak kasalligi uyushgan jamoalarda qayd etilsa kasallik qayd etilgan sinf va guruhlar 21 kunga karantinga olinadi, hamshira tomonidan muloqotdagi bolalar 21-kun tibbiy kuzatuvga olinib har kuni bolalar (tana harorati o’lchanadi, teri qoplami ko’riladi, shikoyati so’raladi), patronaj hamshira tomonidan uyidagi muloqotdagilari 21 kunga tibbiy kuzatuvga olinadi.

O'qilgan: 45 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: