LOTIN-КИРИЛЛ

Axborot texnologiyalariga qiziquvchi eng faol qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta’lim sayohatiga yuboriladi

     Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqib borayotgan, bu sohada o‘z iqtidori va salohiyatini dadil namoyon etayotgan qizlar safi tobora ortib bormoqda. "Raqamli avlod qizlari-2024" respublika tanlovi bu borada o‘quvchi qizlarning bilimlarini yanada oshirish, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirishdek maqsadlarga qaritilgani bilan ahamiyatlidir.

      Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi. Unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olinmoqda. Bu yilgi tadbirda Digital Art, 3D Modelling, sun’iy intellekt, startap loyihalar, grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o‘tkazilmoqda.

      Shuningdek, bu yil ilk bor loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo‘nalishi qo‘shilgan bo‘lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma’lumot berilmoqda.

      Bugun mashg‘ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, "Yangi O‘zbekiston" universiteti professsor-o‘qituvchisi, misrlik Islom Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug‘ullanishi haqida 5 afsona", Tet-a-tet taraqqiyot asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan “Ayol-qizlar uchun chet elda o‘qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

   Respublika tanlovi mashg‘ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar Birlashgan Arab Amirligiga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishlari mumkin.

O'qilgan: 70 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: