LOTIN-КИРИЛЛ

BUKILMAS IRODA TIMSOLI!

       Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari «Xotira va qadrlash” kuni misolida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda.
Krevenyuk Anna Ivanovna bu yil 91 yoshni qarshiladi. Uning yoshligi mash’um Ikkinchi jahon urushi yillariga to‘g‘ri kelgan. 8 yoshli qizaloq front ortida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. Gʻalabaga mehnat frontida turib hissa qo‘shgan. Bolaligini navqiron yoshligini mamlakatni tiklash ishlariga safarbar qilgan Anna Ivanovnaningtaqdiri Uchquduq shahri bilan bog‘landi. Hech bir millatni begona demay mehr ko‘rsatadigan xalqimiz o‘sha suronli yillarda ham bugungi dorilamon kunlarda ham hech kimni e’tibordan chetda qoldirgani yo‘q.
        Bayram munosabati bilan tuman hokimi S.Xamroyev, SHKB hamda “Uchquduq” hududdiy boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasi mutasaddilari “Aytim” mahallasida yashayotgan Krevenyuk Anna Ivanovna xonadonida bo‘lishdi. Bugungi tinch va nurafshon kunlarimizning yuzaga kelishiga munosib hissa qo‘shgan front orti mehnat faxriysini bayram bilan muborakbod etib, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat paket hamda 5 mln. so‘m pul mukofoti berildi.
       Uchquduq faxri bo‘lmish Anna Ivanovna singari bolaligini yoshligining navqiron chog‘larini mehnat frontida o‘tkazgan insonlar jasorati bugungi avlod uchun bukilmas iroda timsolidir.

O'qilgan: 72 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: