LOTIN-КИРИЛЛ

Uchquduq tuman maktabgacha va maktab talimi tizimi to’g’risida ma’lumot

    Uchquduq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 19 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi, 15 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat korsatmoqda.
Tumandagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida jami 8123 nafar o’quvchi tahsil olayotgan bo’lib, shundan 6907 nafari tuman markazidagi, 1216 nafar o’quvchi esa qishloq hududlarida joylashgan umumta’lim maktablarida o’qiydi.
Uchquduq tumanidagi umumta’lim maktablarida bugungi kunda jami 793 nafar pedagog xodimlar faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, mazkur pedagoglarning 743 nafari oliy ma’lumotli, 30 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotli, 20 nafarini o’rta maxsus ma’lumotli pedagog xodimlar tashkil etadi. Pedagog xodimlarning toifasi bo’yicha
179 nafari (22.6%)ni oliy toifali, 231 nafari (29.1%)ni 1-toifali, 166 nafari (20.9%)ni
2-toifali, 167 nafari (21.1%)ni mutaxassis va 50 nafarini toifasiz o’qituvchilar tashkil etadi.
Uchquduq tuman so’nggi 6 yilda tumandagi 19 ta maktabdan 15 tasida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, moddiy texnik bazasi yanada yaxshilandi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta’minladi.
Milliy reyting natijalariga ko’ra 2021 yilda Uchquduq tumani respublikadagi
207 ta tuman va shaharlar ichida 8-o’rinda, viloyat miqyosida 3-o’rinda qayd etildi.
Jumladan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichi bo’yicha respublikada 4-o’rinda, viloyatda 3-o’rinda;
Pedagoglarning sifat tarkibi, ya’ni oliy va birinchi toifali o’qituvchilar ulushi bo’yicha tuman respublikada 7-o’rinda, viloyatda 2-o’rinda qayd etildi,
Avvallari tumandagi maktablarda oliy toifali o’qituvchilar ulushi 2 % ga ham etmagan bo’lsa, so’nggi uch yilda amaldagi islohotlar natijasida tizimda faoliyat ko’rsatayotgan pedagog xodimlarning 22.6 % ni oliy toifali, 29.1 % ni 1-toifali o’qituvchilar tashkil etmoqda.
2022-2023 o’quv yilidan joriy etilgan Vazir jamg’armasidan ustama olish uchun o’tkazilgan saralash test sinovlarida Uchquduq tumanidan jami 33 nafar pedagog xodimlarning ishtiroki ta’minlandi. 33 nafar pedagog xodimlarning
13 nafari o’tkazilgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib, 2-bosqich suhbat natijalariga ko’ra Vazir jamg’armasidan 9 oy davomida ustama olish huquqini qo’lga kiritdilar.
Navoiy shahrida o’tkazilgan Fan olimpiadasining III boshqichi Uchquduq tuman MMTBga qarashli umumtalim maktablari o’quvchilari faol ishtirok etib, 9-sinf òquvchilari o’rtasida 1 ta o’rin, 4 ta 2-o’rin, 10-sinf òquvchilari o’rtasida 2 ta 1-o’rin,
2 ta 2-o’rin, 1 ta 3-o’rin, 11-sinf òquvchilari o’rtasida 1 ta 2-o’rin, 2 ta 3-o’rin qo’lga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli qarori asosida 2022-yilda birinchi marotaba o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichida Uchquduq tumanidagi 20-sonli maktab jamoasi faxrli
1-o’rinni qo’lga kiritdi va o’quvchilar va ularning o’qituvchisi Buyuk Britaniyada
1 haftalik sayohatga borib kelishdi.
Maktab jamoasi 2023-yilda o’tkazilgan tanlovda ham tuman va viloyat bosqichida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritib, respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Ta’lim muassasalarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish, maktabni bitirgunga qadar biror kasbni egallab sertifikat olishlarini ta’minlash bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2021-yilda maktablarni bitirgan 446 nafar o’quvchilardan 443 nafarining tegishli kasb hunarlarga o’qib, maxsus sertifikat olishlari ta’minlandi.
2021-2022, 2022-2023 o’quv yillarida esa 11-sinf bitiruvchilarining barchasi kasb-hunar o’rganib, sertifikatga ega bo’lishdi.
Uchquduq tumanidagi umumta’lim maktablarini yangi o’quv yiliga tayyorlash, o’quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash maqsadida keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumandagi 5-sonli maktabda quvvatiga nisbatan o’quvchilar soni oshib ketgan edi. Joriy yilda maktab binosi yonidan qariyb 2 mlrd so’m evaziga 220 o’rinli qo’shimcha zamonaviy o’quv binosi barpo etildi.
Hozirgi kunda bo’limga qarashli umumta’lim maktablarida jami 26 ta kompyuter sinflari mavjud bo’lib, ularning barcha zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, umumiy o’rta ta’lim maktablari joriy yilda 5 ta kompyuter sinfi bilan ta’minlandi. Xitoy granti mablag’lari hisobidan 1 ta (10-maktab), Respublika byudjet mablag’lari hisobidan 4 ta (3-7-9-20-maktablar) jami 81 dona zomonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi. a
Tumandagi barcha maktablar internet tarmog’iga ulangan bo’lib, ulardan 17 tasi keng polosali intenet tarmog’iga ulangan. 2 ta umumta’lim maktablari olis cho’l hududlarida (16-sonli hamda 19-sonli maktablar) joylashganligi uchun Sputnik antenna orqali internet tarmog’iga ulangan. 2022-2023-o’quv yilidan boshlab 400 nafargacha o’quvchisi bo’lgan maktablarda (1-2-4-5-6-8-11-12-13-15-maktablar) internet tezligi
40 MbitG’s “Education-2” tarifiga, o’quvchilar soni 400 nafardan yuqori bo’lgan maktablarga (3-5-7-9-10-18-20-maktablar) 100 MbitG’s “Education-3” tarifiga o’tkazildi.
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tomonidan qo’shimcha texnik qurilmalar (Elektron doska, wi-fi, mikrotik, robototexnika) bilan doimiy ta’minlanib kelmoqda.
Jumladan tumandagi 8 ta umumta’lim maktablariga (54 dona) Elektron doskalar,
4 ta maktabga Wi-fi (1 ta 4 talik, 3 ta 7 talik) qurilmalari, 19 ta maktabga mikrotik qurilmalari yetkazib berilgan va bugungi kunda to’liq ishchi holatda foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qvchilari tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi bo’lgan Coursera o’quv kurslari bo’yicha ta’lim muassasalarida targ’ibot ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 26-senyabrdagi 01-03G’4-694-sonli nazorat rejasiga asosan Uchquduq tumaniga 2023-yil yakuniga qadar 417 nafar o’quvchi yoshlar ushbu platformada onlayn o’qib sertifikat olishi belgilangan bo’lib, bugungi kunga qadar 1813 dan ortiq o’quvchi yoshlar ushbu platformada o’qib sertifikat olishdi.
Tumandagi umumta'lim maktablarida jami 14 ta sport zal mavjud bo'lib 12x24 o'ljamli sport zallar 6 tani, 9x18 o'lchamlilari jami 8 tani tashkil etmoqda.
Uchquduq tumanida Maktabgacha ta’lim tizimida 2022-2023-o’quv yillari davomida bajarilgan ishlar to’g’risida ma’lumot

Tumanda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni jami 36 ta bo’lib, shundan 15 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 2 ta Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 19 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Tumanda 3-7 yoshdagi bolalar soni 3561 nafarni tashkil etib, ularning 3451 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. (davlat 2934, nodavlat 467). Natijada tumanimizda maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrovi 94 foizni tashkil etdi.
Tumanda Maktabgacha ta’lim tizimida 730 nafar (davlat 659, nodavlat 71) xodim faoliyat olib bormoqda. Shundan, 328 nafar pedagog xodim bo’lib, 106 nafari oliy ma’lumotli, 42 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotli xodimlar hisoblanadi.
Joriy yilda DMTTlarning 56 nafar pedagog xodimlari o’z mutaxassisliklari bo’yicha attestasiya sinovdan o’tkazildi. Shundan 44 nafari 2-toifa, 6 nafari 1-toifani oldi.
Uchquduq tumanida 21 ta hususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo’lib, shundan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 19 tani, Davlat hususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2 tani tashkil etadi.
Shundan, hozirgi kunda 3-7 yoshli tarbiyalanuvchilar soni 463 nafarni tashkil etmoqda. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami ishchilar soni 56 nafarni tashkil etayotgan bo’lib, shundan tarbiyachilar 24 nafar, yordamchi tarbiyachilar 32 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 4 nafar oliy ma’lumotli pedagog xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borish maqsadida rahbar va pedagoglarni malaka oshirish kursiga reja-grafigi asosida yuborilmoqda. O’quv yili boshidan hozirga qadar 120 nafar pedagog xodimlar malaka oshirish kurslariga jalb etildi.
Yangi, ilg’or pedagogik texnologiya va metodlar asosida yaratilgan uslubiy qo’llanma va tavsiyalarni tuman miqyosida 34 nafar pedagog xodim, viloyat miqyosida 6 nafar pedagog xodimning ishlari ommalashtirildi.
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2022 ” kasbiy ko’rik tanlovining viloyat bosqichida 1-sonli DMTTning tarbiyachisi Gulbahor Faxrieva hamda 5-sonli DMTT tarbiyachisi Gulnoza Ro’zievalar faxrli birinchi o’rinni egallab respublika bosqichida ishtirok etdi.
Respublika bosqichida 5-sonli DMTT tarbiyachisi G.Ro’ziyeva faxrli 2-o’rinni egallab, Maktabgacha ta’lim vazirligining 7 mln so’mlik pul mukofoti va oliy ta’limga grant asosida o’qishga qabul qilindi.
    “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Uchquduq tumanidan 5 nafar tarbiyachilar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar tanlov nizomiga muvofiq 3 shart bo‘yicha mahoratlarini ko‘rsatib, o‘zaro bellashdi.
“Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida
1- o‘rin tumandagi 2-sonli davlat MTT tarbiyachisi G‘aniyeva Dilrabo;
“Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasida 14-sonli davlat MTT tarbiyachisi Fayziyeva Maftuna 1-o‘rinni
“Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyasida 5-sonli davlat MTT tarbiyachisi Mamanova Firuza 1-o‘rinni,
“Eng yaxshi metodist” nominatsiyasida 2-davlat MTT metodisti Jontemirova Umida 2-o‘rinni;
“Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi” nominatsiyasida 12-davlat MTT tarbiyachisi Sadullayeva Zebo 2-o‘rinni qo`lga kiritishdi;
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida “Eng ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasida tumandagi 2-sonli davlat MTT tarbiyachisi G‘aniyeva Dilrabo faxrli 3-o‘rinni qo`lga kiritdi.

O'qilgan: 148 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: