LOTIN-КИРИЛЛ

EHTIYOJMAND OILALARGA KOMPENSATSIYALAR BERILADI

EHTIYOJMAND OILALARGA KOMPENSATSIYALAR BERILADI

Isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiyalar beriladi:

– noyabrda 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam;

– elektr va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun to‘lovlar oktyabr oyidan boshlab to‘lanadi.

Ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning esa qo‘shimcha ro‘yxati shakllantiriladi.

Tuman (shahar) hokimliklari ham mahallalar kesimidagi ehtiyojmand oilalar qo‘shimcha ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

5. Ehtiyojmand oilalar kompensatsiya olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi kerak

Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida (har oyning 15-sanasigacha) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

Bunda, arizada pasport ma’lumotlari, abonent raqami va telefon raqami ko‘rsatiladi. Ariza berilgan oyning 27-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ bilan birgalikda o‘rganiladi.

O‘rganish natijasi asosida kompensatsiya pullari ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasigacha ehtiyojmand oilalarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.

6. Plastik kartasi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarga karta bepul ochib beriladi.

Hokimliklar, Xalq banki bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga muvofiq 2024 yil 1 noyabrgacha bank plastik kartasi bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar vakiliga bepul asosda plastik kartalar ochib berilishini ta’minlaydi.

Uchquduq tuman adliya bo‘limi.

O'qilgan: 130 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 03 May 2024

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: