LOTIN-КИРИЛЛ

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI UCHQUDUQLIK YOSHLAR BILAN MULOQOT QILMOQDA

     “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish xamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024 yil 4 apreldagi PF-59-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirokida Uchquduq tuman mahallalarida ma’sul tashkilotlar hamkorligida Farmonda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash mexanizmlari va tartiblari hamda xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun targ‘ibot tadbirlari va seminarlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, “Abay” mahallasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida “Oila market” majmuasida ishlayotgan lekin Qozog‘iston Respublikasiga mehnat migratsiyasiga ketishni rejalashtirayotgan Jandos Yesetov bilan suhbat o‘tkazildi. Unga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan til o‘rgatish kurslarida o‘qish va chet tilini mukammal o‘zlashtirgandan so‘ng maoshi yuqori bo‘lgan chet davlatlarining birida ishlash taklifi berildi.
     O‘z navbatida Jandos ota-onasi bilan maslahatlashib ko‘rishni agar ular rozilik bersa albatta avvaliga biror bir chet tilini mukammal o‘rganish istagida ekanligini bildirdi.
Xuddi shunday “Aytim”, “Navoiy” mahallalarida bo‘lgan ishchi guruh a’zolari mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlar bilan ularning kelgusidagi rejalari haqida muloqot qildi.

 UCHQUDUQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI\

O'qilgan: 77 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: