LOTIN-КИРИЛЛ

GEMORRAGIK ISITMA

      O‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni viruslar yuzaga keltiradi. Viruslar mayda qon tomirlar kapillyarlarni shikastlaydi.

      Oqibatda hujayra to‘qima va tana a’zolarida qon aylanish jarayoni,ularning oziqlanishi hamda kislorod bilan ta’minlanishi ishdan chiqadi. Ta’na a’zolari, ayniqsa hayotiy muhim a’zolar faoliyatining buzilishi esa inson hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

       Virusning asosiy manbai kanalar hisoblanadi, ular viruslarni umri davomida tashiydi. Voyaga etgan kanalarning asosiy hujayinlari turli xil qishloq xo‘jalik hayvonlari bo‘lsa yosh lichinka davridagi xo‘jayinlari-sichqon, kalamush, yumronqoziq, tipratikan, quyon va boshqalar hisoblanadi. Qo‘y, echki, sigir, kalamush, sichqon, quyon kabi issiq qonli hayvonlar kasallikni tabiiy o‘chog‘i hisoblanadi. KASALLIK QANDAY YUQADI. Kasallik kanalar chaqishi yoki ularni qo‘l bilan ezib o‘ldirish orqali yuqadi.

       Kanalar hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi. Hayvonlar bu kasallik bilan og‘rimaydi, biroq ularning qonida virus klinik belgilarsiz, yashirin holda ko‘payadi, shuning uchun kasallik odamga so‘yilgan uy hayvonlarining qoni orqali ham yuqishi mumkin. Virus past haroratga o‘ta chidamli, biroq yuqori haroratga o‘ta chidamli, biroq yuqori haroratda (qaynatilganda va qovurilganda) nobud bo‘ladi. Ehtiyotkorlik choralari ko‘rilmasa, bemor qoni orqali, virus tibbiy xodimlarga yuqishi mumkin.

       Virus mol, qo‘y,echki,ot,tuyalarda ko‘proq uchraydi. Negaki ular erta bahordan to kech kuzgacha dalalarda boqiladi. Uy sharoitida boqiladigan hayvonlar kunduzi dalalarda, kechalari zah, tozalanmagan og‘ilxona, molxonalarda tunaydi, bu esa ularda kananing ko‘payishiga sharoit tug‘diradi. Kasallik mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, may-avgust oylarida kanalarning faollashishi hisobiga ko‘proq kuzatiladi. Gemorragik isitmaning yuqish xavfi qishloq aholisi –dehqonlar, cho‘ponlar, veterinarlar, qo‘y va echkilarni junini oluvchilarda, shuningdek qassoblarda yuqori bo‘ladi. Kasallikka kattalar va bolalar birdek chalinadilar.

       KASALLIKNI KECHISHI Virus organizmga tushishi bilan kasallikning yashirin davri boshlanadi. Bu davr bir necha soatdan boshlab 2-7 kungacha davom etadi. Kasallik:-haroratning ko‘tarilishi (39-40s)-badanning sovuq kotib, qaltirashi;-mushaklarning og‘rishi;-ko‘rish qobilyatining buzilishi va ko‘zdagi qon tomirlarining yorilishi oqibatida ko‘zning qizarishi;-badanga mayda qizil toshmalar toshishi;-qon tupurish, qorinda og‘riq, ba’zida esa qon qusish, najasning qorayishi; -burundan qon ketish kabi holatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi holatlar kuzatilsa zudlik bilan shifokorga murojaat etish zarur. Shifokorga qanchalik erta murojaat etilsa, davolanish shunchalik samarali bo‘lishini unutmaslik lozim.

     KASALLIKNI OLDINI OLISH UCHUN: Uy hayvonlarini boqish, molxona va og‘ilxonalarni tozalashda maxsus himoya kiyimlari va qo‘lqoplardan foydalaning; Uy hayvonlarini kanalarga muntazam tekshirib turing. Zinhor kanalarga qo‘l bilan tegmang va ezib o‘ldirmang. Ularning pinset yordamida ajratib oling va yoqib tashlang; Hayvon boqiladigan og‘ilxona kanalarning ko‘payishiga qarshi vositalar yordamida zararsizlantirib turing. Kalamush va sichqonlarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymang. Maxsus dezinfeksiya markazlariga murojaat qiling. Hayvonlarni so‘yishda engi uzun ust bosh va qo‘lqop kiying. Kanalar aniqlangan mollarni boqish,molxonalarni tozalash ishlariga bolalarni va homiladorlarni jalb qilmang. Qo‘lingizda juda kichik jarohat bo‘lsa ham,xom go‘shtlarni ushlamang. Bemorlarni biologik ajratmalari: qoni, najasi va siydigi bilan muloqotda bo‘luvchi tibbiy xodimlar, albatta qo‘lqoplarda ishlashi zarur. Bunday holatda veterinariya xizmatiga murojaat qilib, mollaringizni va ular saqlanayotgan joylarni dezinfeksiya qildiring.

O'qilgan: 84 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: