LOTIN-КИРИЛЛ

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi

 

      Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Vazirliklar orasida Tog‘-kon sanoati vazirligi eng yaxshi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eng yomon natijani qayd etdi. Hokimliklar orasida eng quyi o‘rindan Andijon viloyati hokimligi joy oldi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agenligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi bo‘yicha reyting natijalarini e’lon qildi.

2023-yil yakuni bo‘yicha natijalarda 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” (81−100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” (55−80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” (55 balldan past) deya ajratildi.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

“Natijalarning xolisligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat bo‘lgan reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantirilib, ular tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining baholash natijalari mustaqil va xolis ko‘rib chiqildi va xulosalar taqdim qilindi. Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Tashkilotlar faoliyati qoniqarsiz baholanishiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmagani, jumladan, faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanmagani, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va xaridlar jarayonida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va aniqlash bilan bog‘liq choralar amalga oshirilmagani, korrupsiya haqida xabar berish bo‘yicha aloqa kanallarining yo‘lga qo‘yilmagani, ushbu yo‘nalishdagi hujjatlar ijro etilmagani va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etishga yetarlicha e’tibor qaratilmagani sabab bo‘lgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

Masalan, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” baholandi. Andijon viloyati hokimligi tomonidan esa korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi shtat birligi xodim bilan jamlanmagan.

 

Baholash natijalariga ko‘ra, “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ayrim masalalarga e’tiborsizlik bilan qaralgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlar to‘g‘ri baholanmagani oqibatida korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari manzilli ishlab chiqilmagan va ijrosi to‘g‘ri tashkil etilmagan, xodimlarni korrupsiyaga qarshi o‘qitish va ularda murosasiz munosabatni shakllantirishda yetarli ishlar amalga oshirilmagani, belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qilish sohasida kamchiliklar mavjudligi kuzatilgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

Baholash natijalariga ko‘ra “yaxshi” deb topilgan 42 ta davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilgan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, natijalariga asosan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular samarali amalga oshirib kelingan. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, monitoring va nazorat tadbirlarini amalga oshirish, turli tanlovlar jarayonida korrupsiya omilini istisno qilish, xodimlar va aholini korrupsiyaga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalashga oid tizimli choralar ko‘rilgan.

korrupsiyaga qarshi kurashish агентлиги, reyting

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiMarkaziy bank„O‘zkimyosanoat“ aksiyadorlik jamiyatida birinchi rahbarlarning irodasi namoyon qilinib, xodimlar va keng jamoatchilik bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilgan”, — deya qayd etgan agentlik.

Reyting baholash tizimi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalarni samarali monitoring qilish bilan birga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish hamda tashkilot rahbarlarining mas’uliyatini yanada oshirish imkonini bergani ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, baholash yakunlari bo‘yicha “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi. “Qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi.

“Qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va ijrosi ta’minlash yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida eshitib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil yakunlari bo‘yicha reytingda Suv xo‘jaligi hamda Energetika vazirliklari, shuningdek, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini “qoniqarsiz” deb baholangandi. Eng yaxshi natijani Davlat soliq qo‘mitasi qayd etgan.

O'qilgan: 86 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: