LOTIN-КИРИЛЛ

MEHNATNING MUNOSIB RAGʻBATI

       Maqolamiz qahramoni muallima, ijodkor, muhandis singari kasblarni ham puxta egallagan Ozoda opa Ergashova bo‘ladi.
Uning bolaligi Pastdarg‘om tumanida o‘tdi. Maktabda a’lo baholarga o‘qidi, 1989 yilda Samarqand davlat pedagogika institutining til-adabiët fakultetiga o‘qishga kirdi.
1993 yilda turmush o‘rtog‘i Latifboy aka Arziyevning ishi sabab Uchquduqqa ko‘chib kelgan bu oilada Maftuna, Sobirjon, So‘g‘diyona ismli farzandlar voyaga yetdi. Bugun Maftuna onasi izidan borib, Navoiy shahridagi Prezident maktabida o‘qituvchilik qilayapti. O‘g‘li Sobirjon“Olmaliq” KMK injener, kenja qizi So‘g‘diyona esa geotexnologik konida tibbiyot xodimi.
       Avvaliga maktabda, tuman radiosida ishlagan Ozoda opani bilim doirasining kengligi, mehnatsevarligi, hamma bilan bir pasda til topishib ketishi kabi xislatlarini qadrlagan rahbariyat tuman hokimligi kanselyariya bo‘limiga ishga olishdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay yangidan tashkil etilgan tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi unga ishonib topshirildi.
      Shundan so‘ng, xizmat pillapoyalarida birma-bir yuqorilab, “Uchquduq” (avvalgi “Dostыq-Drujba”) tuman gazetasi muharriri, tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishladi.Keyinchalik12 yil davomida SHKB uy-joy kommunal xo‘jaligi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida korxona tasarrufidagi o‘nlab ijtimoiy soha ob’yektlari faoliyatini muvofiqlashtirgan. Bugun esa "NKMK jamg‘armasi" DM "Uchquduq" hududiy boshqarmasi ijtimoiy obektlar uchastkasida mehnat muhofazasi va xavfsizligi texnikasi muhandisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Xalq deputatlari tuman kengashi deputati.
      Yaxshi xabarning qanoti bo‘ladi, deyishadi. Bayram munosabati bilan jamiyat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgani, o‘zining samarali mehnati bilan oila shakllanishiga va farovonligiga munosib ulush qo‘shgan Ozoda opa Ergashova “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangani haqidagi xabar uchquduqlik ko‘plab ayollarni xursand qildi.
      "Inson dunyoning qalbi”, deb yozgan edi Anton Chexov. Ozoda opa Ergashovadagi o‘z yurtiga sodiqlik, o‘z ishiga fidoiylik, o‘zi saylangan hudud aholisining muammolarini hal etishdagi jonkuyarligi bilan u dunyoning qalbini tinglayotganday, go‘yo!

O'qilgan: 126 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: