LOTIN-КИРИЛЛ

MUKOFOT MUBORAK! E’TIROF VA E’TIBOR YANGI MARRALAR SARI CHORLAYDI

    Yurtimiz xotin-qizlari bugun har jabhada faol. Ularning tashabbus va intilishi, fidokorona mehnati yangilanayotgan jamiyatimizda tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu ham davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasi albatta. Bugungi ikki qahramonimiz 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan o‘zlari faoliyat yuritayotgan sohaning faol va fidoiy xodimlaridan. Ular bilan tanishing!
“Navoiyuran” DK “Uchquduq” ICHM geotexnologik koni apparatchisi Manzura Nuriddinova “Shuhrat” medali, «Do‘stlik» mahallasi yoshlar yetakchisi Malika Xudoyberdiyeva “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanishi bahor ayyomi kunlarida uchquduqlik ayollar uchun chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi.

Manzura Nuriddinova Buxoroning Shofirkon tumanida tug‘ilib o‘sgan bo‘lsa-da, taqdiri ortidan sahro bag‘ridagi moʻjazgina tumanimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shish baxtiga muyassar bo‘lgan. Ha, inson ba’zan vatan qilgan makoni uchun nafi tegishini ham baxt hisoblaydi.
2006 yilda o‘z faoliyatini boshlab, bugun 18 yillik ish tajribasini shogirdlar bilan o‘rtoqlashayotgan Manzura opa oilada ham shijoatli. Odil aka bilan 4 nafar qizni voyaga yetkazib, el safiga qo‘shdi.
- 10 yildan beri apparatchi bo‘lib ishlayman, kasbimni yaxshi ko‘raman. Rahbarim Bobur Doniyorovdan mukofotlanganim to‘g‘risidagi xabarni eshitib, oldiniga ishonmadim, - dedi Manzura opa. – Prezidentimiz imzosi tushirilgan taklifnomani qo‘limga tutar ekanman, men kabi oddiy bir ayolning kamtarona mehnatlari juda yuqori baholaganligi, bu yurt ayollariga Yurtboshining mehr-muhabbati balandligidan g‘ururlandim.

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash masalasi hamisha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Buni mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ham o‘zlari uchun dastur-ul, amal qilib olgan.
Tumanimizdagi “Do‘stlik” mahallasida faoliyat olib borayotgan Malika Xudoyberdiyeva o‘zining tirishqoqligi va jonkuyarligi bilan alohida ajralib turadi. U yosh bo‘lishiga qaramay ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Jumladan, 2023 yilda o‘tkazilgan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichida “Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishida faxrli birinchi o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2022 yilda o‘tkazilgan “Fidoyi yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichida faxrli ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi sovrindori bo‘lgan.
-8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida bir guruh faol xotin-qizlar qatorida “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlanganim, behad quvontirdi. Albatta, bu kabi e’tirof va e’tibor meni yanada ko‘proq izlanishga undaydi, - deydi Malika Xudoyberdiyeva.
Muxtasar aytganda, mukofotlar ruhiyatga rag‘bat, ijodu mehnatga, izlanishga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Ularda xalq mehri, ishonchi, e’tirofi, quvonchi mujassam!

O'qilgan: 73 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 20 Mar 2024

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: