LOTIN-КИРИЛЛ

Tajriba va ilm bilan iqtisod qilinmoqda

       Ayni paytda Shimoliy kon boshqarmasida ochiq usulda qazib olinadigan kon ishlari “Kokpatas” va “Daugiztau” konlari oltin tarkibli sulfidli rudalarni ishlash karyerlari ishchi loyihasiga muvofiq olib borilmoqda.
30 ga yaqin sulfidli karyerlarga ishlov berish nazarda tutilgan ikkinchi navbat ishlarida “Kokpatas” koni karyerlari o‘rtasidagi masofa 3,4 – 4 kilometrni tashkil etadi. Karyerlarda qazishning murakkab kon-geologik kon-texnika sharoitlari ya’ni yer qa’ridagi ruda qatlamlarining notekis va murakkab joylashuvi, ruda jismlarining noto‘g‘ri izometrik shakllari, ishlov beriladigan karyer maydonlarining yoyilib joylashganligi oltin tarkibli sulfidli rudani selektiv usulda qazib olish uchun kon ishlari yo‘nalishlari bo‘yicha karyer ekskavatorlarining o‘z vaqtida konsentratsiyalashishi zaruriyatini taqozo qiladi.
       Butun dunyoda ilm-fan, texnikaga o‘zgarishlar, yangiliklar kiritilayotganidek “Sharqiy” ochiq usulda qazib olish konida ham kon texnikalaridan optimal ravishda foydalanish yo‘llari izlanmoqda. Xodimlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini kamaytirishga xizmat qiladigan rasionalizatorlik takliflarining berilayotgani bu yerda bilimli va salohiyatli yosh mutaxassislar faoliyat yuritayotganidan darak beradi.
      Konda mehnat qilayotgan mutaxassis va muhandislar tomonidan o‘tgan 2023 yilda 20 dan ortiq takliflar kiritilgan. Iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lgan takliflardan biri bu Javoxir Hamroyevniki bo‘ldi. U XITACHI ekskavatorida moy shlangini qisqartirib, ichki yonuvchi dvigateliga filtr o‘rnatish orqali korxonaga qariyb yarim mlrd. so‘m foyda kelishini isbotlay oldi.
      Bugungi kunda “Sharqiy” ochiq usulda qazib olish konida 4 dona XITACHI YeX-1200-6 va 2 dona XITACHI YeX-1200-7 gidravlik ekskavatori mavjud. Ularning barqaror ishlashi kon boshkarmasi oldiga qo‘yilgan rejalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
-Gidravlik ekskavatorlarining QSK-23 ichki yonuv dvigateli filtriga moyning qizib aylanish jarayoni shlangning eskirishiga olib keladi va ichki qismi yemiriladi. Buning oqibatida shlangning yemirilgan bo‘lakchalari filtriga borib tiqiladi va 2 500 000 ming so‘mlik QSK-23 ichki yonuv dvigatelida moy almashish sistemasi buzilib, dvigatelning qizishi natijasida ishdan chiqishga olib kelardi, -deydi rasionalizatorlik taklifini bergan Javohir.
    Avval filtr bilan QSK-23 dvigatelini orasida 1,5 metr masofali quvur (shlang) orqali ulanib turgan bo‘lsa, taklifdan so‘ng filtr QSK-23 dvigatelining o‘ziga o‘rnatildi. Bu esa filtrni avvalgi holatiga ko‘ra moy mahsulotlari kam ishlatilishi dvigatelni tez ishdan chiqishining oldini oladi. Shuningdek, avvalgiga nisbatan ishlab chiqarish unumdorligi oshirib, ta’mirlash uchun ketgan vaqtni qisqartirish bilan iqtisodiy samaradorlikka erishilmoqda.

SHKB axborot xizmati

O'qilgan: 170 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: