LOTIN-КИРИЛЛ
Moliyaviy hisobotlar

Moliyaviy hisobotlar (16)

Moliyaviy hisobotlar

photo 2019 09 06 16 29 04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masala. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish faqatgina yangi tashkil etilgan vazirlikning vazifasi emas, barchamizning eng muhim vazifamiz bo‘lishi kerak”, degan so‘zlarini dasturga aylantirgan uchquduqliklar qo‘shaloq eng ulug‘, eng aziz bayram – istiqlol arafasida yana bir ishga qo‘l urishdi.
Darhaqiqat, "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi.

photo 2019 09 06 16 29 10

Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida tumanimizda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni-kecha Prezident tashrifi doirasida "Yo‘lchilar” ovulida 160 o‘ringa mo‘ljallangan"Kelajak yulduzlari” nomli 11-MTT qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, oradan hech qancha vaqt o‘tmay tuman markazida "Porloq yulduzchalar” muassasasi bolajonlar ixtiyoriga berildi.
Davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan mazkur muassasaga tadbirkor Munavvar Qoraboeva asos soldi. U Toshkent Davlat pedagogika institutining maktabgacha ta’lim yo‘nalishini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassis.
Bolajonlar uchun haqiqiy orzular maskaniga aylangan muassasa bunyodkorligiga 2 mlrd. so‘mlik kredit hamda tadbirkorning 1 mlrd. so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘i yo‘naltirildi.
150 o‘rinli muassasaning mashg‘ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlarga boy. Oshxona va sport zali zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan.
Ichkarida zina, keng va yorug‘ koridorlar hamda xonalarga ishlangan rus va o‘zbek xalq ertaklari qahramonlarini suratlari, tafakkurga undovchi rasmlar bolalarni rang bilish, sanashga o‘rgatadi.
muassasada ta’lim-tarbiya o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarga ingliz, koreys tili ham o‘rgatiladi. O‘nga yaqin sport sektsiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

IMG 0069

E’tiborlisi, sutkada 24 soat ishlaydigan muassasada shanba va yakshanba kunlari navbatchi guruhlar tashkil etiladi.
-Ikki nafar farzandim bor. Kechki smenaga ishga ketayotganimda besh yoshli va uch yoshli farzandlarimga qarovchi bo‘lmaganligi sababli qo‘shnilarimga qoldirib ketishga majbur bo‘lardim, - deydi Nargiza Ro‘zieva. – Albatta muassasa men kabi onalarga ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Tumanimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, xususan, yangilarini tashkil etish orqali bolalarning bog‘chaga qamrovini kengaytirish, ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda tumanda 19 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda bog‘cha yoshidagi bolalarning 74 foizi qamrab olingan.

2232232

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga oid sharh bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – "stipendiyali” va "stipendiyasiz” etib belgilandi.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika, Qishloq va suv xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);
Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m - 4 800 000 so‘m).
Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda engillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.
Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingan.
Shu bilan birga, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov ko‘rsatkichi 2017/2018 o‘quv yilidagi 9 foizdan joriy o‘quv yilida 20 foizga ortganligi yoki talabalar kontingentining 126 ming nafarga ko‘payganligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quv binolari quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ehtiyojga olib keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2019/2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18 foizga oshirilishi - bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizi qoplamoqda xolos (bunda - xarajatlarni qoplanishi o‘tgan yilgi darajada saqlab qolinmoqda), deyiladi vazirlik sharhida.

Page 2 of 2

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: