Print this page

Tashabbuskor rahbar quvonchi

         Ilm maskani  bo'lmish  maktab  hayoti har bir inson  hayotida  alohida  o'rin tutadi .Bola bog'chada o'ynaydi,rasm chizadi ,she'r yodlaydi ammo bolalarcha  fikrlar bilan qabul qiladi ,maktabda esa bola shaxs bo'lib shakllana boradi, mustaqil yaxshi yomonni ajrata oladigan ,yangi bolalarcha g’oyalar bera oladigan ma'lum  ilmga tayangan holda ixtiro qiladigan shaxsga aylanadi. Har tomonlama yetuk inson bo'lib yetishish uchun  davlatimiz ,mehribon prezidentimiz say harakatlari bilan bugungi kunda har bir ziyo maskanida  muhim shart sharoitlar yaratilgan. Bugungi kun o'quvchisi bo'lgim keladi goho. Uchquduq tumanida joylashgan 18- sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi ostonasiga qadam qo’yar ekanman  bundan 3  yillar avvalgi  holat beixtiyor ko'z o'ngimdan o'tadi  singan stullar,har xil og'ir partalar ,sinfxona polining  teshiklari ,ayniqsa qishda sovuq havoda  kurtkalarda o'tirib o'qiganmiz,qo'llarimiz sovuqdan muzlab qolardi. Shuni alohida ta'kidlab o'tmoqchiman men shu maktabning sobiq o'quvchisiman. Hozirgi kunda maktab direktori Allanova Gulbahor Eskabulovna  rahbarligida maktab zamonaviy  jihozlangan ,har bir sinfda zamonaviy partalar ,pardalar,gilamlar ,tabiyi gullar ,zamonaviy Televizorlar ,kompyuterlar ,kondisionerlar, mavjud. Maktab o'quvchilari I- smenada dars olib boradilar ,maqsad dars tugagach  har bir fandan Fan to'garaklari ish olib boradi ,sport,tikuvchilik ,rassomlik va musiqa to'garaklari hamisha o'quvchilar bilan gavjum. Musiqa xonasi   yangi tavsiyalar asosida jihozlangan ,yumshoq yostiqli o' rindiqlar  bolalar uchun qulaylik yaratadi. O'qituvchilar xonasi ,oshxona tadbirlar zali ,maktab hovlisida yashnab turgan gullar  bahri dilingizni ochadi .Imkoniyatlar va mehnat katta yutuqlar poydevori sanalganidek  o'quv yili davomida  muvaffaqiyatlar e'tirofga arzigulikdir.

  --Men juda ham xursandman - quvonchini yashirmaydi ustoz- o'quvchilarimiz kimyo ,fizika,matematika ,ingliz tili ,onatili va adabioti ,tarix fanlaridan sertifikatga ega bo'ldilar -bu talabalikka   bir qadamdir ,Ro'ziyev Durbek  kimyo fanidan 100% yechgan ,umid qilamanki o'tgan yili 89% oliy o'quv yurtlariga o'quvchilarimiz kirgan bo'lsalar joriy yilda 95-100% ni tashkil qiladi- Birdamlik ,hamjihatlikda gap ko'p,xalqimiz tarixdan mehr muhabbatga tayanadi .O'z kasbiga ,o'quvchilariga mehr bergan ustozimiz tashabbuslari bilan "Direktor stipendiyasi " sentayabr oyida joriy qilingan edi ,har oyda 3 nafar a' lochi ,odobli  ,tashkilotchi o'quvchilar tanlab olinadi va mukofot topshiriladi ,raqobat bo'lsa yutuqlar rivojlanadi  deganlaridek o'quvchilar do'stona bellashib harakat qiladilar .

                                       Malikova Malohat

Oliy toifali Magistr Ingliz tili o’qituvchisi

 

O'qilgan: 26 bora