Print this page

  O`quvchilarni boiologiya faniga qiziqtirishda kreativ usullardan  foydalanish

          XXI asrda barcha  o`quvchilar  uchun  samarali  muloqat  va  hamdardlik  qilish  ko`nikmalariga  ega  bo`lish  zarurati  oshib   bormoqda. Ba`zilar  uchun bu  boshqalarga  qaraganda  osonroq bo`lishi  mumkin,  ammo  barcha  o`quvchilar  uchun  jamoada  samarali  muloqat  va  hamkorlik  qilish ko`nikmalariga   ega  bo`lish  maqsad   bo`lib  qolmoqda. Shuning  uchun  o`quvchilarda  ushbu  muhum  ko`nikmalarni qaytarzda  yuzaga  keltirish  kerakliligi  va  ulardan  foydalanishning  turli  variantlarini  taqdim   etish  zarurati  paydo  bo`lmoqda. Bugungi  kunga  kelib, ta’limning  bunday  noan`anaviy  usullarini  qo`llash  dars  jarayonida  katta  samara  berayotgani  va  bu  ta`lim - tarbiya  usullarining  bosh  mezoni  sifatida  tan olingani hech kimga sir emas. Ta`limda   axborot  texnologiyalarining  qo`llanilishi   o`qtuvchilarning  mavzular  yuzasidan  tayyorgarlik  ko`rishlarida,  erkinlik va  tezkorlikka erishishlariga  asos  bo`lishi  bilan  birgalikda  o`quvchilarga  mavzularning  tez  va  oson  yetib  borishi  hamda  qiziqishlarining  ortishiga  sabab  bo`ladi.

  ‘‘Tushuncha + test’’ usuli. Bunda  o`quvchilarga  matn  o`qib  beriladi  yoki  ovozli  moslama  yordamida matn eshittiriladi. O`quvchilar  diqqat  bilan  tinglaydi  va qo`yida beriladigan  testlarning  yechimini  topishadi. Bu  usul  orqali  o`quvchilarning  diqqat  va  xotirasi  mustahkamlanadi. Bu  usul  butun  sinf  bilan  ishlanganda  qo`llaniladi.

   Masalan, bir  tup  o`simlik  ildizining  tukchalari  bir - biriga  ulab  chiqilsa,  uzunligi  20  kmga  yetishi  mumkin. Ildiz  tukchalrining  faoliyati 10-20  kun  davom  etadi. Ildizning  po`st  hujayralari  tirik,  yumoloq  va  yupqa  qobiqli  bo`ladi. Makkajo`xorining  1mm 2 so`rish  qismida  700 ta ildiz tukchalari  bo`ladi. Go`za  nihollarining  ildizlari  bir kecha- kunduzda  2-3  cm  o`sadi.

  Test:

1.Bir  tup  o`simlik  ildizining  tukchalari  bir - biriga  ulab  chiqilsa  uzunligi  qancha  bo`ladi?

A)10 km    B)20 sm   C)20 km

“Biologik  sayohat”  o`yini. Ta`limning  bu  o`yini  nafaqat  biologiya, balki  boshqa  fanlarda  ham  qo`llanilishi  mumkin. O`simlik  yoki  hayvonlar  tarqalgan  biogeografik viloyatlarga  xayolan  sayohat  qilib,  uni  yozma  tarzda  yozish  talab  etiladi. Ishtirokchi  o`zi  mustaqil  o`sha  joyni  yozma  tasvirlashi  kerak. Kimning  yozma  tasvirlashi mazmunan  yuqori  saviyada  yozilgan  bo`lsa  u  g`olib  hisoblanadi. Bo`laklarni  tiklash  metodi. Bu  metoddan  ham  biologiya  darslarida  foydalanish   yaxshi  samara  beradi. Bunda  o`quvchilarda  mavzu  matni  bo`laklarga  bo`linib,  o`quvchilarga  aralash  holda  beriladi. O`quvchilar  bo`laklarni  tiklab xattaxtaga  qo`yilgan  ko`rgazma taxtasini  yopishtirishadi  va  mavzu  mustahkamlanadi  hamda  xulosalanadi.

  Shu  o`rinda  olim  Nickersonning  kreativ  fikrlashni  bo`g`uvchi  aynan  maktab  ta`limi  bilan bog`liq  bir  qator  amalyotlar  mavjudligi  haqidagi  fikrlarni  keltirmoqchimiz:

 1.Vazifani  bajarishning  yagona  to`gri  usuli,  savolga  yagona  to`g`ri  javobi  bo`lishi  kerak,  degan  g`oyaning  mavjudligi.

2.Nufuzli  insonlarga  bo`ysunish  va  ulardan  qo`rqish  kerak,  degan  munosabatni  targ`ib  etish.

3.Har  qanday  holatda  ham  dars  rejasiga  amal qilish.

4.Originallik o`ta  noyob  hislat  ekanligiga  ishonib  qolish.

5.Bilim  alohida  sohalariga  bo`linishi  haqidagi isonchini  targ`ib  etish.

6.Qiziquvchanlik  va  sinchkovlikni  ma`qullamaslik.

7.Bilim olish va  muommoni yechishining  qiziqarli mashg`uloti bo`lishiga  qo`ymaslik.

  Demak, biologiya  fani  muallimlari ham o`quvchilarning  kreativ  fiklashiga  to`sqinlik  qilishi mumkin  emas. Buning  uchu pedagoglar  dars  jarayonida yuqorida  keltirgan kreativ fikrlashni  bo`g`uvchi omillardan  voz kechishi  lozim. Zero biologiya faning qiziqarli tashkil  etishda  kreativ  fikrlashni  tashkil etishning  ahamiyati  katta.

        

                         Mirzayeva Dilfuza Abdikayumovna

 Navoiy viloyati Uchquduq tumani 18-maktabning biologiya fani o`qituvchisi

O'qilgan: 43 bora