Print this page

Boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari bogʻcha toʻlovidan ozod etiladi

 

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra:

     ? boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning:

- farzandlari davlat bogʻchalariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;

- 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.

   ? toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bogʻchalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;

   ? kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar oʻz huzurida bogʻcha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.

O'qilgan: 244 bora