Print this page

MIB UCHQUDUQ BO‘LIMI 665 MILLION QARZDORLIKNI UNDIRDI

      Soliqlar yurtimiz faravonligi, yo‘llarimiz ravonligi, aholi salomatligiga, farzandlarimiz kelajagi uchun sarflanadi. Afsuski, ayrim fuqarolar o‘z majburiyatlarini unitib, soliq qarzlarini to‘lamasdan kelmoqda. Vaholanki, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Majburiy ijro byurosining Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat byudjetiga soliq qarzdorligini undirish yuzasidan soliq organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 4 oyida 665 mln. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, soliq va boshqa undiruvlar yuzasidan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 1,1 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 2 ta 818,4 mln. so‘mlik mol-mulklar realizatsiya qilish uchun elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.
     Soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 46 nafar qarzdorlarning 87 mln. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.
     Misol uchun, bo‘lim ish yurituvidagi “M” MCHJdan 25,3 mln. soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni undirish maqsadida, hisob raqamlariga band solingan hamda mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
    Olib borilgan ijro harakatlari davomida soliq qarzdorligi to‘liq undirilib, davlat soliq boshqarmasining tegishli hisob raqamlariga yo‘naltirilishi ta’minlangan. 
      Soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

 

Uchquduq tuman majburiy ijro bo'limi 

 

O'qilgan: 376 bora