Print this page

 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi

   “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-37-son, 21.02.2024 y.) qabul qilindi.

      Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

    2024 yilga mo‘ljallangan yo‘nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi;

     2024 yilda yo‘nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati.

    Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5ta yo‘nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat:

    Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish;

     Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;

     Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

     Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

      “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish. 

O'qilgan: 610 bora