Print this page

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarga kvartira ijarasi to‘lab beriladi

     Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijarasi uchun har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Albatta, bunda bir qator talablar mavjud. Jumladan:

▫️ er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi;

▫️ mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan;

▫️ ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar taʼminoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan;

▫️ har ikkisi yoki biri "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bo‘lishi kerak.

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun yosh oila vakillari yoshlar ishlari bo‘limiga murojaat qiladi 

O'qilgan: 555 bora