Print this page

1-noyabrdan elektrni koʻp ishlatganlar uchun narxlar karrasiga oshadi

 

     Endi elektrni koʻp ishlatgan odamlar pulini 4 karragacha qimmat toʻlaydi.

     Hukumat qaroriga koʻra, 1-noyabrdan boshlab:

elektr energiyasining quvvati oʻrtacha oylik isteʼmol miqdoridan oshib ketgan III guruh isteʼmolchilariga:

1001 dan 5 000 kVt soatgacha isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar (590 soʻm);

5001 dan 10 000 kVt soatgacha isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar (885 soʻm);

10000 kVt soatdan yuqori isteʼmol uchun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar (1180 soʻm) oʻsuvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi.

    Bu boʻyicha oʻzgarishlar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-iyuldagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

O'qilgan: 494 bora