Print this page

O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish rasman taqiqlandi

   “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. 

   Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlandi. 

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs 21 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishini rad etishi shart.

“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida ma’qullangandi. Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar safi kengaytirilgan va ularning sohadagi vakolatlari aniq belgilangan. Bundan tashqari, alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishiga doir cheklovlar ham kiritilgan.

 

O'qilgan: 251 bora