Print this page

Buxoroda ko‘chada harakatlanib ketayotgan “Jiguli”ning gaz balloni portladi

Buxoro shahrida 22-dekabr kuni ko‘chada harakatlanib borayotgan “Jiguli” avtomobilining gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22-dekabr kuni soat 17:30 da Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasida 1971-yilda tug‘ilgan haydovchi J.R. “Vaz-21063” avtomobilini boshqarayotgan vaqtida transport vositasining gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.

 

Chaqnash natijasida haydovchi tan jarohati olgan, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur hodisa yuzasidan viloyat IIB YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, chaqnash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

O'qilgan: 791 bora