Ijtimoiy tarmoqlarda Baxtiyor ismli samarqandlik avtoblogerning Lacetti rusumli avtomashinasiga o‘t qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, unga qarshi harakatlar bundan ikki hafta oldin boshlangan. Bloger o‘sha vaqt mashinasining g‘ildiraklari ikki marta o‘tkir tig‘ bilan teshilganini aytgan.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 16-dekabr kechasi, taxminan, soat 02:30 lar atrofida ko‘cha hovlisida turgan Lacetti rusumli transport vositasiga o‘t qo‘yilgan.
Bu uning avtoblogerlik faoliyati bilan bog‘liq hodisa bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.