Sirdaryoda quyuq tuman sabab “ZIL” yuk mashinasi yo‘lning chetida to‘xtab turgan mashinaga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 16-dekabr kuni soat 04:30 larda Sirdaryo tumanidan kesib o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 70-kilometri oralig‘ida Cobalt haydovchisi yo‘lning chetiga to‘xtab, avtomobil yukxonasini ochib ko‘rayotgan vaqtida shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “ZIL” yuk mashinasi havoning tuman bo‘lganligi sababli Cobalt’ga borib urilgan.
YTH oqibatida og‘ir tan jarohatini olgan Cobalt haydovchisi Sirdaryo tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.