Print this page

YOSHLIKNING SHIJOATI UNDA MUJASSAM

Yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalib, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yoshlar ko‘plab topiladi. Ana shunday bilimli va salohiyatli, kasbiga mehr qo‘ygan yoshlardan biri Shohista Namozova bo‘ladi. 

O‘n yildirki, “Mikrokreditbank” Uchquduq filialida birinchi toifali mutaxasis bo‘lib ishlab kelmoqda. Uchquduqning farzandi, maktabni kasb-hunar kollejini shu yerda tamomlagan. Faoliyati davomida hamkasblaridan ko‘p narsani o‘rgandi. Baribir bilim va malakasini oshirish kerakligini tushunib, 2021 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kirdi. Hozirda universitetni sirtqi bo‘lim 3-kurs talabasi.

-Faoliyatimizda insonlar bilan muloqot qilamiz. Doim xushmuomalalik bilan e’tiborli bo‘lishni kasbimiz taqozo etadi, - dedi Shohista Namozova.

Shohista kabi yosh va intiluvchan ayollarimizning kelgusi faoliyatida omadlar tilab qolamiz. 

 

O'qilgan: 132 bora