LOTIN-КИРИЛЛ

Uchquduq tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida Keksalar va faxriylar yo‘nalishida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot

Uchquduq tumanida oziq-ovqat maxsulotlari va gigena tovarlari bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan 11 nafar keksalar hamda o‘zgalar parvarishiga muxtoj bo‘lgan yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan 54 nafar keksalar ro‘yxatlari shaklantirilib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda boshqa xomiy tashkilotlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tumanda mehnat fronti faxriylar soni 7 nafarni tashkil etib, amaliy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Uchquduq tumanidagi mavjud 13 fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik asosida “Keksalar maslahati” guruhlari tuzilib, guruh tarkibi15-20 nafardan, jami 195 nafar aholi orasida obru-e’tiborli, kishilarni ortidan ergashtira olish malakasiga ega bo‘lgan, boshqalarga ibrat bo‘ladigan keksa avlod vakillari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organlarining nafaqadagi xodimlari jalb etildi.

Mahallalarda ajrashgan, ajrashish bo‘sag‘asida turgan oilalarni yarashtirish hamda mavjud notinch oilalardagi kelishmovchiliklarni hal etish, uyushmagan va tarbiyasi og‘ir bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, yoshlarni kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun ulardagi iqtidor yoki qobiliyatga qarab kasbga yoki xunarga yo‘naltirish uchun kasbdan kelib chiqib ko‘pni ko‘rgan nuroniylar biriktirildi.

Butun bashariyat sinovli va og‘ir kunlarni boshidan kechirib, koronavirus pandemiyasiga  qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘lida xalqimiz birlashib, hamjihatlikda kurash olib borishlarida, tumandagi saxovatpesha insonlarning sa’y-harakatlari bilan karantin paytida qiyin axvolda qolgan oilalarga mehr-muruvvat ko‘rsatishib, joriy yilning o‘tgan davri maboynida jami 15 985 000 so‘mlik turli oziq-ovqat maxsulotlari, zaruriy dori-darmonlar, himoya niqoblari tarqatildi.

Tumandagi, Shimoliy Kon Boshqarmasining kasaba uyushmasi xomiyligida jami 220 nafar keksa faxriylarga 5 millionlik oziq-ovqat maxsulotlari tarqatildi.

Bundan tashqari, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan joriy yilning mart oyi davomida 30 nafar yoshi ulug‘ keksa faxriylarga3 millionlik mablag‘lar “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan moddiy yordamlar berildi.

Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda,2020 yilning aprel oyida, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan “Yo‘lchilar” OFY hududidagi ichimlik suv bo‘yicha muammosi bo‘lgan 21 ta xonadonga amaliy yordam ko‘rsatilib, ichimlik suv bilan bog‘liq muammolari hal qilindi, haqdorlik qarzlari bo‘yicha elektr energiyasiz qolgan 1 ta xonadonning haqdorlik qarzlari qoplandi va elektr energiya tarmoqlariga qayta ulanishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

O'qilgan: 97 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 04 May 2020

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879) 593-11-03
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: