Душанба-Жума: 09:00-18:00,
    (0-436) 593-11-03,    uchquduq@nv.uz

       
/ / / Shaxmat va shashka aql gimnastikasi.

Shaxmat va shashka aql gimnastikasi.

Mamlakatimizga sportga qaratilayotga e’tibor, bugun har qachongidan ham yuqoriroq. Yurtimizda ertalabki ommaviy badantarbiya mashg’ulotlarining o’tkazilayotganligi, sport haftaliklarining tashkillashtirilayotganligi so’zimizga yaqqol misol bo’la oladi.

Shimoliy kon boshqarmasi tasarrufidagi Avtomobil transport boshqarmasi va Elektr qurilmalarini ta’mirlash uchastkasi xodimlari o’rtasida o’tkazilgan shaxmat va shashka bellashuvlari kuchli murosalarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Unda kombinatda faxr bilan mehnat qilib kelayotgan yoshlar o’zaro kuch sinashishdi. NKMK Shimoliy kon boshqarmasi Avtomobil transport boshqarmasi, Elektr qurilmalarini ta’mirlash uchastkasi Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari va O’zLiDeP hamkorligida tashkillashtirilgan bu bellashuvlarda 8 nafar yoshlar ishtirok etishib ularning o’yinlari malakali murabbiylar va O’zLiDeP rahbari Nilufar Ro’ziyeva tomonidan baholanib borildi. Shaxmat va shashka bellashuvlarida, shaxmat yo’nalishida 1-o’rin Elektr qurilmalarini ta’mirlash uchastkasidan Nilufar Yuldashev, 2-o’rin Elektr qurilmalarini ta’mirlash uchastkasidan Mehriddin Sulaymonov va 3-o’rin Avtomobil transport boshqarmasidan Mahliyo Suvonovaga nasib etdi. Shashka bo’yicha esa 1-o’rinni Avtomobil transport boshqarmasidan Aziz Yandashov, 2-o’rin ATBdan Humoyun Shermatov, 3-o‘rinni ATBdan Hilola Baxranova qo’lga kiritib ular O’zLiDeP rahbari tomonidan Shimoliy kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Jismoniy mehnat qilishda kombinatda ilg’or bo’lgan yoshlar aqliy mehnatda ham o’zlarini yana bir bor ko’rsata olishdi. Albatta bizning yoshlar nafaqat kelajagimizni balki bugunimizni ham buyuk qila oladigan darajada shijoatli va marddirlar.

Mehriddin Sulaymonov ,

Shimoliy kon boshqarmasi

"Elektr qurilmalarini ta’mirlash uchastkasi ” Yoshlar ittifoqi”

boshlang’ich tashkiloti yetakchisi

 
 
ШКБ Ахборот Хизмати

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда матнни белгилаб, (CTRL + ENTER) клавишасини босиб, веб-сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

Мавзуга доир бошқа ўхшаш маълумотлар: