Душанба-Жума: 09:00-18:00,
    (0-436) 593-11-03,    uchquduq@nv.uz

       

Obodlik ko'ngildan boshlanadi

Yurtimizga bahor kirib kelib ko'ngillarga ajoyib iliqlik va tarovat baxsh etdi. Ajoyib niyatlar va yangilanish niyatida bizning korxonamiz yoshlari va ishchi xodimlari ham xayrli ish boshlashdi. Elektr qurilmalarini ta'mirlash uchaskasida tumanimizni ko'p yerida bo'lgani kabi korxonamiz atrofida ham tashlandiq yerlar juda ko'p. Biz yoshlar ittifoqi faollari va ishchi xodimlar tomonidan mana shunday yerlardan birini obodonlashtirish hamda "Yoshlar bog'i"ni tashkillashtirish maqsadida, yerlar toshlardan tozalanib qumlari almashtirilib obodlik sari bir qadam tashlandi hamda suvsizlikka chidamli ko'p yillik o'simliklar va mevali daraxtlar ekildi.

Bunday xayrli ishlarning aynan yoshlarning o’zlari tomonidan amalga oshirilayotganligi, ularning kelgusida o’zlarining mehnatlarini qadrlashga turtki bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yoshlarning bu ezgu yo’lda faol ishtirokidan shuni anglash qiyin emaski, ularning vatan ravnaqiga qo’shayotgan hissalari nafaqat fan, ta'lim balki o'zlarining mehnatsevarligida ham jonajon yurti, aziz ona zaminining doimo toza- ozoda bolishiga harakat qilishlarida namoyon bo’ladi.

Yaxshi niyatlar bilan ekilgan ko'chatlar, obodlik sari tashlangan xayrli qadamlar, chin ko'ngildan qilingan niyatlar ishonamizki bizning kelajagimiz kabi gullab yashnaydi. Zero obodlik-ko'ngildan boshlanadi.

 

Mehriddin Sulaymonov,

 

Shimoliy kon boshqarmasi

"Elektr qurilmalarini ta’mirlash uchastkasi”

” Yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkiloti yetakchisi ,

 

 

ШКБ Ахборот Хизмати

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда матнни белгилаб, (CTRL + ENTER) клавишасини босиб, веб-сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.

Мавзуга доир бошқа ўхшаш маълумотлар: