LOTIN-КИРИЛЛ

Shavkat Mirziyoev eng katta boyligi haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoev eng katta boyligi haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 10 sentyabrь kuni Toshkentdagi Prezident maktabiga tashrifi davomida pedagoglar bilan ham muloqotda bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, Kanadaning Teachaway va Buyuk Britaniyaning TIC Recruitment rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olingan, shuningdek, 72 nafar tajribali va malakali mahalliy o‘qituvchi ham jalb qilingan.

«Yuragimdagi gapimni bilishlaringizni xohlayman: men sizlarga eng katta boyligimni ishonib topshiryapman. Bolalarimizning ko‘zini, bilimini, g‘urur-iftixorini ko‘rib, yo‘limiz to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qildim. Islohotlarimizga, farzandlarimiz tarbiyasiga elkadosh bo‘lganingiz uchun sizlarga minnatdorlik bildiraman», —deya Shavkat Mirziyoevning so‘zlaridan iqtiboskeltirmoqdaPrezident matbuot xizmati.

Prezident maktab o‘quvchilari ham suhbatlashib, ularni «O‘zbekistonning ‘oltin fondi’», «O‘zbekiston taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan kuch» deb atagan, bu o‘quvchilar bilimi, yurish-turishi, vatanparvarligi bilan hamma yoshlarga namuna bo‘lishi kerakliginita’kidlagan edi. Ma’lumot o‘rnida, Toshkentdagi Prezident maktabiga bu yil 5—10-sinflar uchun jami 144 nafar o‘quvchi qabul qilingan.

Prezident maktablari joriy yilda Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida ham ochiladi. 2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.

O'qilgan: 93 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 11 Sep 2019

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879) 593-11-03
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: