LOTIN-КИРИЛЛ

Endi byudjetda o‘qiyotgan talaba 3 baho olsa, stipendiyadan mahrum etiladi

Endi byudjetda o‘qiyotgan talaba 3 baho olsa, stipendiyadan mahrum etiladi

O‘zbekistonda 2019/2020 o‘quv yilidan oliy ta’lim sohasida joriy qilingan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarning semestr yakunidagi reyting baholarining umumiy hisobi 3 bahoni tashkil qilsa, ular keyin semestrda stipendiyadan mahrum etiladi.
Ma’lumki, kuni kecha O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalarga stipendiya to‘lash tartibi o‘zgardi.
O‘zgarishlarga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilandi.
Davlat granti asosida o‘quvchi talabalarga stipendiya tabaqalangan koeffitsientlarni qo‘llagan holda talabalarning reytingiga bog‘liq ravishda tayinlanadi.
Ma’lumot uchun, oliy ta’lim muassasalarida 2001 yil 1 sentyabrdan boshlab talabalarning reytingiga bog‘liq holda tabaqalangan koeffitsientlarni qo‘llash bilan stipendiyalarning bazaviy miqdorlarlari belgilangan:

• reyting bo‘yicha eng yuqori ballar (86-100 foiz) - 1,0;

• reyting bo‘yicha yuqori ballar (71-85 foiz) - 0,75;

• reyting bo‘yicha o‘rtacha ballar (55-70 foiz) - 0,5.

O'qilgan: 85 bora O'zgartirish kiritilgan san'a 11 Sep 2019

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879) 593-11-03
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: