Print this page

O‘zbekiston Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Foto: Vazirlar Mahkamasi

Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Insonparvarlik yordami yukini O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib beradi.

 

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.

O'qilgan: 55 bora