Print this page

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi ma’lum qilindi

     Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisining o‘rtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan.

Shu jumladan, jinsi bo‘yicha:

erkaklar uchun – 28,3 yosh

ayollar uchun –  29,7 yosh o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.

       Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan.

O'qilgan: 67 bora