LOTIN-КИРИЛЛ

Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejida 2019 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot

Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejida 2019 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot

  Uchquduq tuman X.Do‘stligi ko‘chasi 49-uyda(pochta indeksi - 210900) joylashgan. Uchquduq konchilik kasb-hunar kolleji 1983 yil 23 avgustdan 19-son tog‘ kon kasb-hunar bilim yurti bo‘lib Zarafshon kasb-hunar bilim yurtining filiali sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 2001 yilda qayta tashkil etilib, Uchquduq konchilik kasb-hunar kolleji nomi berilgan. 2012 yilga qadar Navoiy kon metallurgiya kombinati(NKMK) Shimoliy kon boshqarmasi(ShKB) tarkibi faoliyat yuritib, 2012 yildan esa Navoiy viloyat  O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufiga o‘tib, yuridik maqomga ega bo‘lgan.

Ta’lim muasssasasi o‘quv binosining quvvati(sig‘imi) 630 o‘rinli, 100 o‘rinli yotoqxona mavjud. 1 ta 4 qavatli o‘quv binosi mavjud, 1 ta o‘quv ustaxona binosi mavjud, 16x32 o‘lchamdagi sport zali mavjud.

2018-2019 o‘quv yilida jami o‘quvchilar soni 599 nafarni tashkil etdi. Shundan 127 nafari qizlar. Jumladan 2-bosqichda 247 nafar(shundan qizlar 52 nafar); 3-bosqichda 352 nafar(shundan qizlar 75 nafar). Bugungi kunda ta’lim muassasasida 11 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari tayyorlanib, o‘quvchi-yoshlarga tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar berib boriladi.

Ta’lim muassasasida jami 2018-2019 o‘quv yilida 86 nafar pedagog va ishchi xodimlar o‘quvchi-yoshlarga bilim berishdi(ularning 52 nafari oliy, 35 tasi o‘rta-maxsus ma’lumotli). Jumladan: ularning 40 nafari pedagog va muhandis pedagoglar, 14 nafari rahbar xodimlar va tuzilma rahbarlari, 35 nafari ishchi-xizmatchilarni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-sonli Farmoni asosida Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejida 2018-2019 o‘quv yiliga o‘quvchilar kontingenti qisqarishi hisobiga jami 31 nafar xodimning, 2019-2020 o‘quv yiliga o‘quvchilar kontingenti qisqarishi hisobiga jami 25 nafar xodimning (umumta’lim fani o‘qituvchilari, bo‘lim boshliqlari, texnik xodimlar) ish o‘rinlari qisqardi. Hozirda, yangi 2019-2020 o‘quv yilida 10 nafar maxsus fan o‘qituvchisi hamda 9 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustasi o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Kollejda mavjud kasb mutaxassislik va yo‘nalishlar to‘g‘risida:

  • Issiqlik elektrstansiyalari va qozonxonalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik;
  • Elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari uskunalariga xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va montaj qilish bo‘yicha elektromontyor;
  • Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik
  • Avtomatika vosita jihozlari va nazorat-o‘lchov asboblarini montaj qilish, ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish texnigi;
  • Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish bo‘yicha texnik;
  • Foydali qazilmalarni boyituvchi;
  • Neft va gazni tashish va saqlash qurilmalari texnik-mexanigi;
  • Metallarga ishlov berish mexanigi;
  • Texnologik mashinalar va sanoat jihozlarini sozlash va xizmat ko‘rsatish mexanigi;
  • Ochiq kon ishlari mashina va jihozlaridan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha usta;
  • Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi.

Uchquduq konchilik kasb-hunar kolleji axborot-kutubxonasida hozirgi kunda jami 8445 dona kitob fondi mavjud bo‘lib, shundan: umumta’lim fan darsliklari 3197 ta, mutaxassislik darsliklari 4257 ta, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar 547ta, badiiy adabiyotlar 407 ta, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar 196 ta, ilmiy-ommabop kitoblar soni 37 tani tashkil etadi, hozirda o‘quv adabiyotlariga ehtiyoj mavjud emas. Ta’lim muassasasi Axborot-kututbxonasi  barcha turdagi texnika vositalari bilan ta’minlangan, axborot-resurs markazida o‘quvchilar foydalanishi hamda internet tarmog‘idan foydalanishi uchun 6 ta kompyuter jamlanmasi va barcha qo‘shimcha multimedia vositalari  mavjud hamda ular tekshirish kunida ishchi holatda.

Shuningdek “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-191-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 dekabrdagi “ZiyoNet” axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi 282-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida kollejning axborot-resurs markazi, personal kompyuterlar va informatika fani o‘quv xonasidagi kompyuterlar “ZiyoNet” tarmog‘iga ulangan, undan foydalanish samaradorligini oshirish va uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha ichki nazorat guruhi tarkibi tuzilgan. Kollejning rasmiy veb sayti yaratilgan, kollej veb sayti doimiy mas’ul shaxs informatika fani o‘qituvchisi N.Shodiyeva tomonidan o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar, seminarlar,  ochiq darslar va boshqa ma’lumotlar bilan yangilanib boriladi.

Kollejda tashkil etilgan to‘garaklar to‘g‘risida:

Hozirgi kunda ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maqsadli tashkil etish hamda ular orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatqilikni barvaqt oldini olish, shuningdek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 19 martdagi yig‘ilishda kiritgan 5 ta muhim tashabbuslari ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasasida 17 ta fan to‘garaklari, 5 ta kasbiy to‘garaklar, 4 ta sport to‘garagi, 1 ta harbiy vatanparvarlik to‘garagi hamda “Zulfiyaxonim  qizlari”  va “Orasta qizlar”, shuningdek “Kitobxonlar klubi” ham faoliyat yuritmoqda. O‘quvchilarning 76 %i ushbu to‘garaklarga jalb etilan. Bundan tashqari kollej “ O‘quvchi yoshlar uyi”da ham ko‘chma kutubxona tashkil etilgan.

Kollej axborot-kutubxonasi qoshida “Kitobxonlar klubi” tashkil etilgan bo‘lib, klub a’zolari tomonidan har oyda bitta kitobning taqdimoti o‘tkaziladi. Hozirga qadar O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi” asarlari, Tohir Malikning “Alvido, bolalik”, “Jinoyatning uzun yo‘li”, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”  kabi asarlari yuzasidan tadbirlar tashkil etildi.

Kollejning 2018 yil 3 sentyabrdagi 324-sonli buyrug‘iga asosan o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga ishtiroki hamda ichki tartib qoidalari va odob-ahloq normalariga rioya etishlari  ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida kollej rahbar xodimlari boshchiligida o‘qituvchi pedagoglar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan hafta davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar davomatni nazorat qilish, hamda ichki tartib qoidalariga rioya etishlari ustidan nazoratni kuchaytirish, uzrli sabablarsiz o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan o‘quvchilarni ichki hisobga olish va ta’limga jalb etish tizimini takomillashtirish, shuningdek o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha ichki nazorat guruhlari tashkil etildi.

Sababsiz dars mushg‘ulotlari qoldirgan o‘quvchi-yoshlarni kelmaganlik sababini aniqlash va uni ta’limga qaytarish bo‘yicha ta’lim muassasa, tuman IIB, Mahalla bilan hamkorlikda o‘quvchining uyiga borib, ota-onasi bilan  uchrashib o‘quvchini o‘quv mashg‘ulotlaridan sababsiz olib qolmaslik, o‘qish vaqtida uni turli xil majburiy mehnat va shu kabilarga jalb qilmaslik, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 47-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunining 30-moddasi ya’ni Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgarliklari to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 6 iyuldagi             200-sonli “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2018 yil 25 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kasb-hunar ta’limi markazi  to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 391-sonli Qarori ijrosi  borasida tushunchalar berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘quvchilarni sababsiz dars qoldirmasligi hamda bunday holatlarning oldini olish va o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashiga erishish uchun ota-onalar, mahallalar va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv yili boshidanoq yig‘ilish o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi 367-sonli Qarori tanishtirilgan.

Ta’lim muassasasida o‘quvchilarining ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy bilimlarini oshirib borish, shuningdek o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini barvaqt oldini olish, ular orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha tasdiqlangan rejaga ko‘ra va yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriqlarga  asosan  haftaning juma kuni guruh rahbarlari tomonidan ma’naviyat soatlari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, joriy o‘quv yilida ham ushbu ma’naviyat soatlari  va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Shuningdek 2019 yilning birinchi yarmida ham ta’lim muassasida huquqbuzarlikni oldlini olish, odam savdosiga qarshi kurashish, giyohvandlik, OIV va OITS kabi yomon illatlarga qarshi kurash, huquqbuzarliklar profilaktikasi kunlari doirasida hamda doimiy tarzda 70 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi, ularga keng jamoatchilik vakillari, huquq tartibot organlari, o‘z o‘znini boshqarish organlari, Yoshlar ittifoqi, shuningdek mutasaddi tashkilot vakillari ham jalb etilib hamkorlikda OAVda va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi.

Jumladan: Joriy yilning 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi PQ-2752-sonli qarori hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining 2018 yil 7 iyundagi 4-sonli yig‘ilish bayonnomasi, Respublika Bosh prokuraturasining 2019 yil 29 apreldagi 19/10a-19-415-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Kasb-hunar ta’limi Markazining 2019 yil 27 maydagi 269-sonli buyrug‘i asosida kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish  maqsadida 3-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart!” shiori ostida “KORRUPSIYa – ADOLAT KUShANDASI” mavzusida Respublika insholar tanlovi o‘tkazildi. Respublika insholar tanlovi bir vaqtda ertalab soat 09-00 dan 11-00ga qadar davom etdi. Unda ta’lim muassasasining 3-bosqich o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tanlovda tuman hokimligi, prokuratura, adliya bo‘limi, Yoshlar ittifoqi, Mahallalar, xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman IIB, tuman Tibbiyot Birlashmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar va huquq-tartibot organlari mas’ul xodimlari tanlovga taklif etildi hamda mutasaddilar tomonidan ishtirokchilarga mavzuga oid va yurtimizda korrupsiyaiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda unga qarshi qaratilgan huquqiy asoslar to‘g‘risida tushuncha berildi.

Shuningdek tadbirda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda OAV ham ishtirok etishdi. Tanlovning o‘tkazilish jarayoni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi.

Joriy yilning 22 iyun kuni ta’lim muassasining 2018-2019 o‘quv yili bitiruvchilariga “OMAD SYeNGA BITIRUVChI” nomli tantanali diplom topshirish tadbirini bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tuman hokimligi, Nuroniy jamg‘armasi, tuman Jome masjidi, tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari, ish beruvchi tashkilot NKMK ShKB mas’ul xodimlari hamda jamoatchilik vakillari va bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari, OAVlari ishtirok etishdi.

Shuningdek ushbu tadbirda endigina mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarga omad tilab, o‘qish davri mobaynida, a’lo o‘qishi va namunali xulqi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun o‘quvchilarga ta’lim muassasasi ma’muriyatining Faxriy yorlig‘i, ularning ota-onalariga esa Tashakkurnomalar topshirildi. Tadbirning o‘tkazilish jarayoni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi.

Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 28 dekabrdagi Ta’lim va ilm fan masalalari kompleksining  1-sonli yig‘ilish bayoni, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2016 yil 31 dekabrdagi 366-sonli bo‘yrug‘i hamda Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2017 yil 04 yanvardagi 03-sonli buyrug‘i asosida kollejda 2016-2017 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslarni “Foydali qazilmalarni boyituvchi” yo‘nalishi, Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Kimyoviy texnologiyalar, Yer usti tranporti kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-shartnoma asosida 1,5 yil muddatga ikkinchi mutaxassislikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv yo‘nalishi tashkil etildi.

2018 yil ushbu o‘quv kursini jami bo‘lib 73 nafar o‘quvchi (69 nafari ayol,4 nafari esa yigitlar), 2019  yilda 50 nafar o‘quvchi shartnoma asosida o‘qib tamomlab, o‘zlari ta’lim olgan yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislik dimlomini oldilar.

Kollej o‘quv ustaxona 2001 yilda qurilgan bo‘lib, Avtobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (2016), avtomobillar tuzilishi (2012), chilangarlik (2016), metallarga ishlov berish (2016),  elektromontyorlik(2017),  2011 yil Janubiy Koreya Respublikasi krediti loyihasi asosida payvandlash ishlari (kompyuter sinfi ham)  ustaxonasini o‘z ichiga oladi.

Kollej sport zali binosi 2012 yil investitsiya dasturi mablag‘lari hisobidan qurib(16x32 o‘lchamdagi) foydalanishga topshirilgan.

Kollej o‘quvchilari yotoqxona binosi 2014 yilda qurilib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar boshqa jismoniy va yuridik tashkilotlarga  foydalanish uchun berilmagan. 100 o‘rindan iborat yotoqxonada o‘quvchi-yoshlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Kollejda tibbiyot xonasi  birinchi  qavatda joylashgan, xona tibbiyot uchun zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan.

Ta’lim muassasasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari E.Ostonov mas’ul etib belgilangan. Barcha gidrantlar profilaktika kilingan. Dastaklar va yong‘in o‘chirish vositalari joyida, barcha qavatlarda evakuatsiya xaritalari osilgan.

Yotoqxona binosi atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilgan bo‘lib archa, manzarali daraxtlar va turli xildagi gul ko‘chatlari mavjud.

Kollej 2016 yil investitsiya dasturi mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlangan: asosiy binoning isitish tizimi yangilangan, asosiy o‘quv binosi va o‘quv ustaxonasi binosi derazalari AKFA derazalariga almashtirilib, ikkala binoning tom qismi shifer bilan qoplangan.

Hozirgi kunga kelib kollejda ta’lim muassasasini 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan kollejning tashqi fasad qismini bo‘yash ishlari, kanalizatsiya quvurlari va hojatxonalari to‘liq yangilanmoqda, shuningdek kollej atrofini to‘liq temir panjara bilan o‘rash ishlari amalga oshirilmoqda.

2019 yil 9 oylik va yillik kutilayotgan ko‘rsatkichlar.

Kollej direktori: N.Z.Najmiddinova

O'qilgan: 60 bora

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879) 593-11-03
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: