LOTIN-КИРИЛЛ

1

Rezidentlar

Batafsil

2
 

Tadbirkorlik

Batafsil

3
 

Sayyohlar

Batafsil

4
 

Mahalla va oila

Batafsil


5

6
 

Sog'liqni saqlash

Batafsil

7
 

Tashkilotlar

Batafsil

8
 

Madaniyat va sport

Batafsil

UCHQUDUQ TUMAN HOKIMI

hokim

Xamroyev Soli Farmonovich

Uchquduq – sahrodagi bo‘ston!

Bugun qizilqum javohiri, sahrodagi bo‘ston deya e’tirof etilayotgan Uchquduq – bu yerda yashayotgan 37, 1 ming aholi, tinch - totuv, bahamjihatlikda yashayotgan 20 dan ortiq millat va elat vakillarining faxri g‘ururi! Shu bilan birga mamlakat kon metallurgiya sanoatining bayroqdori bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga beshik vazifasini o‘tagan – nurli zamin! Uchquduqni faqat oltinga boy hudud deganlar adashadi. Bu zamin nafaqat o‘zining oltini, chorvachilik mahsulotlari shu bilan birga mehnatkash, bag‘rikeng saxiy xalqi, iste’dodli va iqtidorli yoshlari, zabardast konchilari bilan ham yurtimizda o‘z mavqeiga ega. Aytish joizki, uchquduqliklarning kelajakka ishonch bilan dadil qadam tashlashlari, shijoat va g‘ayrat bilan mehnat qilishlari, kayfiyatu ruhiyatlarida sobitqadamlik namoyon bo‘lishini ko‘rib, Uchquduq tumani ahli yurt taraqqiyoti, el farovonligiga munosib ulush qo‘shib kelmoqdalar va bundan buyon ham shunday bo‘lib qolaveradi!

VAZIFA VA MAJBURIYATLARI

  • Boshqaruv

    Tumanda oliy mansabdor shaxs bo‘lib, ayni bir vaqtda hududda vakillik va ijro hokimiyatini boshqaradi.
  • Tashkillashtirish

    Tumanni iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtiradi va uning bozor tamoyillariga asoslangan zamonaviy yo‘nalishlarini hayotga keng joriy etish, hamda isloxotlarni chuqurlashtirishga rahbarlik qiladi. Xalq faravonligini oshirishning zarur chora-tadbirlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Respublika Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokim qarorlarining ijrosini tashkil etadi.
  • Xavsizlik masalalari

    Qonuniylik, huquq-tartibot, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularning xuquqlarini himoya qilish va salomatligini muxofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar, shuningdek, boshqa favqulodda vaziyatlarda tegishli ishlarni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirish, chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish, fermer xo‘jaliklari manfaatlarini himoyalash masalalarini nazoratga oladi.
  • Kadrlar

    Kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yish ishiga rahbarlikni amalga oshiradi. Tanlangan kadrlar masalasi bo‘yicha oxirgi qarorni qabul qiladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshiradi.
  • 1

LOYIHALAR TAKLIFI

ko'proq yuklash hold SHIFT key to load all load all

photo 2019 09 06 16 29 04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masala. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish faqatgina yangi tashkil etilgan vazirlikning vazifasi emas, barchamizning eng muhim vazifamiz bo‘lishi kerak”, degan so‘zlarini dasturga aylantirgan uchquduqliklar qo‘shaloq eng ulug‘, eng aziz bayram – istiqlol arafasida yana bir ishga qo‘l urishdi.
Darhaqiqat, "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi.

photo 2019 09 06 16 29 10

Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish borasida tumanimizda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni-kecha Prezident tashrifi doirasida "Yo‘lchilar” ovulida 160 o‘ringa mo‘ljallangan"Kelajak yulduzlari” nomli 11-MTT qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, oradan hech qancha vaqt o‘tmay tuman markazida "Porloq yulduzchalar” muassasasi bolajonlar ixtiyoriga berildi.
Davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan mazkur muassasaga tadbirkor Munavvar Qoraboeva asos soldi. U Toshkent Davlat pedagogika institutining maktabgacha ta’lim yo‘nalishini tamomlagan oliy ma’lumotli mutaxassis.
Bolajonlar uchun haqiqiy orzular maskaniga aylangan muassasa bunyodkorligiga 2 mlrd. so‘mlik kredit hamda tadbirkorning 1 mlrd. so‘m miqdoridagi o‘z mablag‘i yo‘naltirildi.
150 o‘rinli muassasaning mashg‘ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlarga boy. Oshxona va sport zali zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan.
Ichkarida zina, keng va yorug‘ koridorlar hamda xonalarga ishlangan rus va o‘zbek xalq ertaklari qahramonlarini suratlari, tafakkurga undovchi rasmlar bolalarni rang bilish, sanashga o‘rgatadi.
muassasada ta’lim-tarbiya o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilarga ingliz, koreys tili ham o‘rgatiladi. O‘nga yaqin sport sektsiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

IMG 0069

E’tiborlisi, sutkada 24 soat ishlaydigan muassasada shanba va yakshanba kunlari navbatchi guruhlar tashkil etiladi.
-Ikki nafar farzandim bor. Kechki smenaga ishga ketayotganimda besh yoshli va uch yoshli farzandlarimga qarovchi bo‘lmaganligi sababli qo‘shnilarimga qoldirib ketishga majbur bo‘lardim, - deydi Nargiza Ro‘zieva. – Albatta muassasa men kabi onalarga ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Tumanimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, xususan, yangilarini tashkil etish orqali bolalarning bog‘chaga qamrovini kengaytirish, ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda tumanda 19 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda bog‘cha yoshidagi bolalarning 74 foizi qamrab olingan.

2232232

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yilda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining o‘rnatilishiga oid sharh bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – "stipendiyali” va "stipendiyasiz” etib belgilandi.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika, Qishloq va suv xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);
Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m - 4 800 000 so‘m).
Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda engillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.
Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingan.
Shu bilan birga, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov ko‘rsatkichi 2017/2018 o‘quv yilidagi 9 foizdan joriy o‘quv yilida 20 foizga ortganligi yoki talabalar kontingentining 126 ming nafarga ko‘payganligi oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va o‘quv binolari quvvatlarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ehtiyojga olib keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2019/2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha 18 foizga oshirilishi - bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizi qoplamoqda xolos (bunda - xarajatlarni qoplanishi o‘tgan yilgi darajada saqlab qolinmoqda), deyiladi vazirlik sharhida.

UCHQUDUQ RAQAMLARDA

37028

Aholi soni

312

Tadbirkorlar

17

Loyihalar

$ 348000

Eksport

YANGILIKLAR BLOGI

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi

        Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi.…

“Islohotlar – inson qadri uchun” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

       Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni viloyat aholisiga yetkazish, ularning bu boradagi…

Xotin-qizlar uchun qonunchilikdagi muhim 10 ta imtiyoz

    Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun imtiyozli kredit ajratiladi. OTMda oʻqishi, kontraktini toʻlashi uchun ham qator…

1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida video-fotoradarlar o‘rnatiladi

   2024 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi…

Radarlar haqida hammasi: muhim 10 savolga javob

Bugungi kunimizni avtomobillarsiz tasavvur qila olmaymiz. Uni boshqarish chogʻida bilib-bilmay yoʻl harakati qoidalarini buzib, radarlarga…

UCHQUDUQ TUMANI FAOLLARI

Ishonch Feruz

AXATOV NEMATILLO ASADOVICH

 Shimoliy kon boshqarmasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi

Telefon: (99879) 597-26-30

AXATOV NEMATILLO
ASADOVICH

Ishonch Feruz

NORBADALOV SHUHRAT IBROHIMOVICH

Shimoliy kon boshqarmasi direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Telefon: (99879) 597-77-77

NORBADALOV SHUHRAT
IBROHIMOVICH

Ishonch Feruz

NORMURODOV HUSNIDDIN HUSANOVICH

"Ishonch Feruz" xususiy korxona raxbari

Telefon: (99893) 660-77-44

NORMURODOV HUSNIDDIN
HUSANOVICH

Nigora Amonova

ABDIKARIMOV MOLDABEK SAXIYEVICH

Uchquduq tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig’i

Telefon: (99893) 522-19-09

ABDIKARIMOV MOLDABEK

SAXIYEVICH

FOYDALI MANBALAR

  • 1
  • 2
  • 3

Uchquduq tumani

Tuman markazi - Uchquduq shahri.Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel. Territoriyasi – 4663 ming2 km. Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km. Aholisi - 37028 ming kishi

Qisqacha ma'lumot

Aloqada bo'ling

  Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
  Telefon: (+99879)222-00-05-101
  Telefon: (+99879)222-00-05-102
  Faks: (0436) 593-11-01
  Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 28-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda: