Душанба-Жума: 09:00-18:00,
    (0-436) 593-11-03,    uchquduq@nv.uz

       
/ Мақолалар Октябр 2016 йилда

Prezident saylovi -2016

Prezident saylovi -2016
 2016 yil 4 dekabr O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni
 

 

 

Hotamjon Ketmonov qo‘shni mamlakatlarga nisbatan ochiq va pragmatik siyosat yuritish muhimligini ta’kidlab o‘tdi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z ma’ruzasida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan ochiq va pragmatik siyosat yuritish muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Ma’ruzaning to‘liq matni partiya rasmiy saytida chop etildi.
Prezident saylovi -2016

"Qo‘shni mamlakatlarga nisbatan ochiq va pragmatik siyosat yuritish, ular bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli va foydali hamkorlikni rivojlantirish, mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash, Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirish nihoyatda muhim masaladir”, — dedi u o‘z chiqishida.

"Tashqi siyosiy faoliyatning muhim vazifasi bu O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash vazifalarini hal etishdagi faol va tashabbuskor ishtirokidir. Ushbu maqsadlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari, dunyoning boshqa davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, odam savdosi va boshqa tahdidlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kuchaytirish zarur”, — qo‘shimcha qildi Hotamjon Ketmonov.

 

Shavkat Mirziyoyev: Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash dasturi ishlab chiqilmoqda

 Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Respublika Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish haqida qaror qabul qilindi. Syezdda Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.

Prezident saylovi -2016

Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l-transport infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarni birma-bir tahlil qildi.

"Kelajakda tasdiqlanadigan Qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturi biz uchun g‘oyat dolzarb bo‘lgan muammolarni hal etishga qaratiladi.

Bu muammolar asosan quyidagilardan iborat: birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 67 foizni tashkil etmoqda; ikkinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida markazlashgan ichimlik suvi ta’minotida muammolar mavjud.

Bu yo‘nalishda o‘tgan davrda mamlakatimizda katta ishlar qilinganini albatta e’tirof etish zarur. Ayni vaqtda aholimiz soni o‘sib, oxirgi 25 yilda 10 millionga ko‘paydi va bugungi kunda 31 million 800 mingni tashkil etmoqda.

Shuning uchun nafaqat yangi oilalar va mahallalar, balki o‘nlab yangi-yangi qishloq va shaharchalar paydo bo‘layotganini hisobga oladigan bo‘lsak, mavjud vaziyat bu borada kechiktirmasdan, samarali choralar ko‘rishni talab etmoqda.

Bugungi kunda aksariyat joylarda odamlarni qiynab kelayotgan ana shu muammoni yechish maqsadida kelgusi besh yil davomida qariyb 9 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlari, 1 ming 400 ta quduq va 3 ming 600 ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Bu esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlarida 3,2 million aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va mamlakatimizda ushbu ko‘rsatkichni 67 foizdan 84 foizga yetkazish imkonini beradi.

Shu maqsadda Moliya vazirligi huzurida "Toza suv” maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi.

Ushbu ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hozirgi vaqtda Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘rib chiqilmoqda.

Bugungi kunda aholi va korxonalar tomonidan elektr quvvati yetkazib berish masalasida ko‘plab e’tirozlar mavjud ekanini ochiq tan olish kerak. Buning sababi shundaki, mamlakatimiz bo‘yicha 67 foiz past kuchlanishli elektr tarmoqlari eskirgan bo‘lib, transformator punktlari zo‘riqib ishlamoqda. Kuz—qish mavsumida ularni almashtirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar esa masalani tubdan hal etayotgani yo‘q.

Shuning uchun kafolatlangan va barqaror elektr quvvati yetkazib berish maqsadida Shahar va qishloq aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash dasturi ishlab chiqilmoqda.

Besh yil davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish, 25 ming 300 kilometr past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 5 ming 600 ta eskirgan transformator podstansiyalarini almashtirish nazarda tutilgan.

Navbatdagi dolzarb masala yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq. Bugungi kunda aksariyat qismi achinarli ahvolga kelib qolgan mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarga ham e’tibor qaratadigan vaqt keldi.

Ba’zi bir raqamlarga murojaat qilsak. 75 ming kilometr yoki 64 foiz ichki yo‘llarimiz ta’mirtalab ahvolda. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining bir qismi hech qanday qoplamasiz, ya’ni tuproq yo‘llardir. Shuningdek, 9 ming 500 kilometr yo‘llarni rekonstruksiya qilish talab etilmoqda.

Yangi dasturda umumiy foydalanishdagi 1 ming 700 kilometrlik avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, aholimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan 10 ming 400 kilometrlik xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, tuman markazlari, kichik shaharchalar va qishloq joylardagi mahalla ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash rejalashtirilmoqda.

Ushbu dasturni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Yo‘l jamg‘armasini va "O‘zavtoyo‘l” kompaniyasining tashkiliy tuzilmasini mutlaqo tubdan qayta ko‘rib chiqamiz.

Mazkur dasturning mantiqiy davomi sifatida Qishloqlar va shaharlarda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi ham ishlab chiqiladi. Bu dasturga asosan 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi va yo‘lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilib, ularning xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘riladi. Yangi 3 mingta avtobus, 5 ming 700 ta mikroavtobus sotib olinib, 300 dan ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi va mavjud yo‘nalishlardagi eskirgan avtobuslar yangilanadi.

Shu bilan birga, havo va temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida avvalo, Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminalini barpo etishimiz zarur.

Shular qatorida Buxoro – Miskin temir yo‘l tarmog‘i qurilishini yakuniga yetkazish va elektrlashtirish, Qarshi – Termiz, Pop – Namangan – Andijon – Qo‘qon temiryo‘llarini elektrlashtirish ishlari ham ko‘zda tutilmoqda.

Qattiq maishiy chiqindilarni sanitariya yo‘li bilan tozalash va utilizatsiya qilishni yanada yaxshilash dasturi shaharlarimiz va qishloq aholi punktlarining tozaligi va go‘zalligini oshirish, atrof-muhitni zaharlaydigan va aholi salomatligi uchun xavf tug‘diradigan, noqonuniy paydo bo‘lgan 1,5 mingta chiqindixonani yo‘q qilish imkonini beradi.

Ayni vaqtda maishiy chiqindilar uchun, jumladan, barcha viloyatlar markazlarida hamda yirik shaharlarda 168 ta poligon barpo etiladi. Chiqindilarni tozalash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar qo‘shimcha ravishda 405 ta zamonaviy maxsus texnika bilan ta’minlanadi.

Yana bir muhim masala – ko‘mirning tannarxi va aholiga sotish narxini kamaytirish, ayniqsa, qish paytida uning bahosi oshishiga va chayqovchilikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda”.

 

Sarvar Otamuratov transport-ekspeditorlik kompaniyalariga imtiyozlar berish hamda lizing tizimini rivojlantirish va takomillashtirish zaruratini qayd etdi

"Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov partiyaning V syezdidagi ma’ruzasida transport-ekspeditorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga imtiyozlar berish zaruratini qayd qilib o‘tdi. Ma’ruzaning to‘liq matni partiya rasmiy saytida chop etildi.

Prezident saylovi -2016

"Ko‘pchilik yaxshi biladi, O‘zbekiston nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri dunyo dengizlariga chiqa olmaydi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengizga chiqadigan davlat bilan ham chegaradosh emas. Dunyoda ana shunday murakkab geografik o‘rinda joylashgan ikki mamlakatdan biri O‘zbekistondir. Yana bir narsani yaxshi bilamizki, dunyoda eng arzon yo‘l — bu dengiz yo‘lidir”, — dedi u.

"Bundan tashqari, O‘zbekistonda transport xizmatlarining narxi sezilarli darajada yuqori. Tadqiqotlarga qaraganda bugungi kunda 20 tonna mahsulotni 500 kilometr masofaga avtomobilda tashish tannarxi O‘zbekistonda 1 kilometr uchun 1,75 dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun: qo‘shni davlatlarda bu ko‘rsatkich 0,7 dollardan 1,3 dollargacha. Yuqorida aytib o‘tilgan masalalar bilan bir qatorda logistika infratuzilmasining sust rivojlangani, milliy mahsulotni jahon bozoriga olib chiqishda talab etiladigan hujjatlarning ko‘pligi, ularni ko‘rib chiqish muddatlarining uzoqligi va qimmatligi muammosi ham mavjud. Bularning barchasi mamlakat eksport salohiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda va tashqi bozorda mahsulotlarimizning tannarxi sun’iy oshishiga olib kelmoqda”, — qo‘shimcha qildi siyosatchi.

"Shundan kelib chiqib, biz transport-ekspeditorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga imtiyozlar berish, yirik yuk tashuvchi avtomobillarni lizingga berish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish zarur, deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, bojxona xizmatlari narxini kamaytirish va chegaradan o‘tish tartibini soddalashtirish yuzasidan ish olib boramiz. Milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) dan muhofaza etish, qulay va jozibador sarmoya muhitini shakllantirishning huquqiy asoslarini kuchaytirishni dolzarb vazifamiz, deb bilamiz. Biz xalqimizni, ayniqsa, yoshlarning bevosita Vatanimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va sifatli kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yengil va ixcham to‘qimachilik korxonalarining sonini ko‘paytirish, ularga mahalliy xom­ashyoni chuqur qayta ishlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — ta’kidladi Sarvar Otamuratov.

Shuningdek, u davlat kompaniyalari va davlat ulushi ustunlik qiladigan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati shaffofligini ta’minlash orqali ularning faoliyat samaradorligini oshirish, ichki xususiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga yo‘naltirishni yanada kengaytirishzamon talabiga aylanayotganini aytib o‘tdi.

 

Narimon Umarov: Demokratik jamiyatni matbuot erkinligisiz, o‘z xohish-irodasini erkin bildirish va saylov erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi

Demokratik jamiyatni matbuot erkinligisiz, o‘z xohish-irodasini erkin bildirish va saylov erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni "Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov partiyaning VIII Qurultoyidagi ma’ruzasida ta’kidlab o‘tdi.

Prezident saylovi -2016

U axborot sohasini yanada demokratlashtirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratishini ta’kidlab o‘tdi.

"Biz demokratik jamiyatni matbuot erkinligisiz, o‘z xohish-irodasini erkin bildirish va saylov erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, deb bilamiz va ‘Oshkoralik — fuqarolik jamiyatining muhim sharti’ tamoyiliga tayangan holda, axborot sohasini yanada demokratlashtirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratamiz. Axborot sohasida raqobat muhitini yanada kuchaytirish, olib borilayotgan islohotlarning, davlat ichki va tashqi siyosatining ochiq va oshkoraligini ta’minlashda OAVning faolligini oshirish zarur, deb bilamiz. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini, hokimiyat va jamoatchilikning izchil aloqasini ta’minlashda OAVning rolini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini yangilash, texnologik modernizatsiya qilish, jurnalist kasbi nufuzini oshirish, soha xodimlarining mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish kabi masalalar ustuvor vazifalarimiz sirasiga kiradi”, — dedi siyosatchi.





O‘zbekiston parlament delegatsiyasi AQShga safar uyushtirdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan AQShga keldi.
O‘zbekiston parlament delegatsiyasi AQShga safar uyushtirdi

"Jahon” axborot agentligining xabar berishicha, o‘zbekistonlik parlamentariylarning safar dasturidan AQSh Kongressi a’zolari, AQSh prezidenti ma’muriyati, Davlat departamenti, Tijorat vazirligi, ishbilarmon, akademik va ekspert doiralari, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Jahon banki vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Tashrif doirasida O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida J. Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti bilan hamkorlikda brifing, Atlantika kengashida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirlar mobaynida Amerika tomoniga O‘zbekiston zamonaviy taraqqiyotidagi asosiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlar, shuningdek, 2016-yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida har tomonlama va xolis ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi fundamental prinsiplar sobitligi, ichki va tashqi siyosat, shu jumladan, AQSh bilan ko‘p qirrali munosabatlar o‘zgarmasligi ta’kidlandi.

Bu borada amerikalik ekspertlar ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish muhimligini, turli darajada, eng avvalo, har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan — xavfsizlik, iqtisodiyot, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yangi mexanizmlarini ishlab chiqish zarurligini qayd etdi.

O‘zbekistondagi barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholandi. Bunda mustaqillik yillarida qonun ustuvorligiga asoslangan ochiq va barqaro siyosiy tizimning shakllantirilgani muhim o‘rin tutdi.

2016-yilning 18–19-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkilotining Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi yakunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti homiyligida "Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi” hamda Toshkent Islom universiteti tarkibida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining (ISESCO) maxsus kafedrasini tashkil etish tashabbuslari haqidagi ma’lumotlar Amerika tomonida katta qiziqish uyg‘otdi.

Amerikalik mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raisligi "Ta’lim va ma’rifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiori ostida o‘tayotganini ijobiy baholadi.

Jumladan, CRDF Global fondi (dunyo bo‘ylab ilm-fan va ta’limni targ‘ib qiladi) prezidenti M. Dignyaning fikricha, bu respublikaning tashkilot poydevorini yangi — tashkilotning a’zo mamlakatlari ilmiy-ta’limiy imkoniyatlarini mustahkamlab, ko‘p yillar davomida o‘z mevasini beradigan g‘oya bilan boyitishga bo‘lgan harakatidan dalolat beradi. U O‘zbekistonning olijanob tashabbuslari dunyoning barcha mamlakatlari, shu jumladan, AQSh ijtimoiy-siyosiy hamda ilmiy doiralari tomonidan yuksak baholanib, qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch bildirdi. Mazkur tashabbuslarning ommaviylashuvi islom dini va ilmiy-texnik taraqqiyot bir-biriga muvofiq kelmaydi, degan aqidani bartaraf etishga xizmat qiladi.

Michigan universiteti professori M. Olkott bu shior tashkilot ichidagi qarama-qarshiliklarga barham berishi mumkinligini qayd etdi. Ekspertning ta’kidlashicha, O‘zbekiston diniy siyosat borasida vaqt sinovidan o‘tgan tadbirlarni amalga oshirilmoqda. Bunda, uning aytishicha, boshqa mamlakatlardan farqli ravishda, O‘zbekistonda diniy siyosatni shakllantirish bilan chuqur diniy bilimga ega bo‘lgan odamlar shug‘ullanmoqda. Bunday bilimning yo‘qligi mintaqadagi boshqa mamlakatlarda xatolarga yo‘l qo‘yilishi hamda ziddiyatlarning ortishiga olib keldi.

J. Xopkins universiteti professori T. Hussayn ko‘plab musulmon mamlakatlari diniy ta’lim tizimi asoslarini modernizatsiyalash hamda yangilashga ehtiyoj sezayotgan bir paytda rasmiy Toshkent tomonidan IHT homiyligida Samarqand shahrida Imom Buxoriy tadqiqot markazini tashkil etish g‘oyasining oldinga surilishi ayni vaqtida tashlangan qadam ekanini ta’kidladi. Ekspert ko‘plab musulmon davlatlarida yoshlarning radikallashishi jarayoni zamonaviy diniy mutaxassislarning yetarlicha tayyorlanmagani hamda buyuk muhaddis olimlarning asarlari to‘g‘risida hozirgi ommada yetarlicha ma’lumot yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Shu bois islom hamjamiyati yangi g‘oyalarga muhtoj bo‘lib, bu borada boy madaniy-tarixiy merosga ega O‘zbekiston ta’lim va ma’rifatni ommalashtirish yo‘li bilan bu masalaga yechim topishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni Amerika ishbilarmon doiralari vakillari e’tiborini tortdi. Iqtisodchilarning fikricha, mazkur hujjat iqtisodiyotga eng zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish imkonini beradi hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

USAID Agentligi Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori E. Rudenshold o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar hamda sotsial-iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlarni ijobiy baholab, hukumatning qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorligini faollashtirish borasidagi chora-tadbirlariga alohida urg‘u berdi. Bunda USAID respublikaga islohotlarni amalga oshirishda, shu jumladan, transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.


МАҚТАНЫШЫ КӨП МЕКТЕП

ҚҰЛҚҰДЫҚ АУЫЛЫНДАҒЫ БІЛІМ ОРДАСЫНЫҢ 80 ЖЫЛДЫҒЫ КЕҢ ТҮРДЕ ТОЙЛАНДЫ

МАҚТАНЫШЫ КӨП МЕКТЕП
 

МАҚТАНЫШЫ КӨП МЕКТЕП

Бұл мектеп қайсы мектеп десеңіз – Тәуелсіздігіміздің 25 жылы ішінде заманауи оқу құрал-жабдықтарымен толық жиhаздалып, кемел ұрпақ тәлім-тәрбиесі үшін кең мүмкіндік жаратылған «Алтынтау» ауыл азаматтар жиыны орталығындағы 1-санды жалпы білім беретін орта мектеп.

Бұл мектеп - абырой-атағы бүкіл республикаға тараған қызылқұмдық ел азаматтары еңбек еткен, киелі қара шаңырақтан құт алған шәкірттері халық шаруашылығының түрлі саласында өнегелі қызмет атқарып, бүгінгі оқушы-жастарға еңбектің, отансүйгіштіктің, білімге құштарлықтың жарқын үлгісін көрсеткен мақтанышы көп мектеп. Кіреберіс, бас есігі жанына ұлы Абайдың көрікті кеуде тұрпаты орнатылған, қасбетіне ұлы ақынның адам баласын бақытқа жеткізетін, шын жанашыр тура жолды айтқан, «тілге жеңіл, жүрекке жылы тиетін» сөздері жазып қойылған аудандағы бірегей білім ордасы. «Мәңгілік достық келісімшартына» қол қойған, түбі бір туысқан халықтардың кемеңгер Елбасыларын ардақтап, ашық-жарқын сұхбатынан үлкен суретті банер жасап, оны мектеп ішіне енгеннен-ақ көзге түсетін төреге қойған да - осы мектеп. Ауыл азаматтары өз үйіндей қарайтын, білім мен тәрбие ошағына барын аямай беретін демеушілері бар мектеп те осы.

Халық қимылының бәрі тарих десек те, осы жылдың 8 қазаны Құлқұдық ауылына, мектеп тарихына айтулы күн болып енді. Бұл күні ауыл халқы жұмыла ұйымдасып білім ордасының 80 жылдығына арнап кең көлемді мерейтой, мәдени шаралар өткізді. Тарихы қилы заманнан бастау алған тәлім-тәрбие мекемесінің мерейтойлық шараларына аудан әкімі Р.Санакулов, аудан прокуроры Ш.Шерназаров, ішкі істер бөлімі бастығы И.Барноев, халыққа білім беру мекемелері қызметін методикалық қамтамасыз ету және ұйымдастыру бөлімі меңгерушісі М.Шамұратов, осы мектептен сонау жылдарда оқып шығып, бүгінде ел-жұрт құрметіне бөленіп жүрген қазыналы қариялар, ардагер ұстаздар, құтты ұядан мол білім алып үлкен өмірге әр жылдарда араласқан бітірушілер, сонымен бірге ауылдық, аудандық мекеме басшыларының көпшілігі қатысты. Мерейтойда Тамды ауданынан арнайы шақыртылған қонақтар да болды.


Кремль Путиннинг Парижга ташрифи бекор қилинганини хакида

Кремль Путиннинг Парижга ташрифи бекор қилинганини тасдиқлаб, бунинг сабабини билдирди

Кремль Путиннинг Парижга ташрифи бекор қилинганини хакида
 

Россия президентининг матбуот котиби Дмитрий Песков Владимир Путиннинг 19 октябрь куни Парижга амалга ошириши кутилган ташрифи бекор қилинганинитасдиқлади.

Аниқлик киритилишича, Путин Парижга сафарини "дастурдан ташқари маросимлар" юзага келгани сабабли бекор қилган.

«Президент бу ташрифни бекор қилишга қарор берди. Режадан ташқари маросимлар, хусусан, Россия маданий-маърифий маркази очилиши, кўргазмадаги иштирок шулар жумласидан. Бу режалар дастурга кейин киритилганди ва афсуски, президент Франция Республикасига бора олмайдиган бўлди», — деган Песков.

Бундан ташқари, президентнинг матбуот хизмати Путин Францияга Франсуа Олланд учун маъқул бўлган бошқа вақтда бориш имкониятларини кўриб чиқишга тайёрлигини таъкидлаб ўтган.

Бундан олдинроқ Reuters агентлиги Франция президенти маъмуриятига асосланган ҳолда Путин Парижга боришдан бош тортгани ҳақида хабар килган


“Ягона дарча” марказлари фаолияти

"Ягона дарча” марказлари фаолиятига тааллуқли бўлган қонун ҳужжатлари рўйхати

 
“Ягона дарча” марказлари фаолияти
1.      Шаҳарсозлик фаолияти ва қишлоқ хўжалигидан бошқа эҳтиёжлар учун ер участкалари беришнинг, бино ва иншоотларнинг ташқи кўринишини ўзгартиришни (фасадини таъмирлашни) келишишнинг, шунингдек объектни қайта ихтисослаштириш ва реконструкция қилишга, турар жойни нотурар жой тоифасига ўтказишга рухсатномалар беришнинг умумий белгиланган тартибини янада соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №70 Қабул қилинган сана 09.03.2016, кучга кириш санаси 14.03.2016

2.      Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Тадбиркорлик субъектларига «ягона дарча» тамойили бўйича давлат хизматлари кўрсатиш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» 2015 йил 28 сентябрдаги ПҚ-2412-сон қарорини амалга ошириш чора-тадбирлари ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №358 Қабул қилинган сана 14.12.2015, кучга кириш санаси 21.12.2015

3.      Тадбиркорлик субъектларига «ягона дарча» тамойили бўйича давлат хизматлари кўрсатадиган ягона марказларнинг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №335 Қабул қилинган сана 23.11.2015, кучга кириш санаси 30.11.2015

4.      Сув таъминоти ва канализация ташкилотларини ривожлантиришнинг асосий йўналишларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №306 Қабул қилинган сана 30.10.2015, кучга кириш санаси 09.11.2015

5.      Тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш учун танлов асосида ер участкалари бериш тартиботларини ва қурилиш учун рухсатномалар олиш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №285 Қабул қилинган сана 07.10.2015, кучга кириш санаси 12.10.2015

6.      Тадбиркорлик субъектларини электр ва газ тармоқларига фойдаланишга тайёр ҳолда улаш тартибини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №280 Қабул қилинган сана 02.10.2015, кучга кириш санаси 12.10.2015

7.      Тадбиркорлик субъектларига «ягона дарча» тамойили бўйича давлат хизматлари кўрсатиш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори №ПҚ-2412 Қабул қилинган сана 28.09.2015, кучга кириш санаси 12.10.2015

8.      Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига хусусий мулкни, тадбиркорлик субъектларини ишончли ҳимоя қилишни янада кучайтиришга, уларни жадал ривожлантириш йўлидаги тўсиқларни бартараф этишга қаратилган ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни №ЎРҚ-391 Қабул қилинган сана 20.08.2015, кучга кириш санаси 21.08.2015

9.      Хусусий мулк, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ишончли ҳимоя қилишни таъминлаш, уларни жадал ривожлантириш йўлидаги тўсиқларни бартараф этиш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони №ПФ-4725 Қабул қилинган сана 15.05.2015, кучга кириш санаси 16.05.2015

10.  Тадбиркорлик субъектларига давлат хизматлари кўрсатиш тартибини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №377 Қабул қилинган сана 31.12.2014, кучга кириш санаси 12.01.2015

11.  Биологик ресурслардан фойдаланишни тартибга солиш ва табиатдан фойдаланиш соҳасида рухсат бериш тартиб-таомилларидан ўтиш тартиби тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №290 Қабул қилинган сана 20.10.2014, кучга кириш санаси 27.10.2014

12.  Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тартибини такомиллаштириш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №1 Қабул қилинган сана 07.01.2014, кучга кириш санаси 13.01.2014

13.  «Тадбиркорлик фаолияти соҳасидаги рухсат бериш тартиб-таомиллари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунини амалга ошириш чора-тадбирлари ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №225 Қабул қилинган сана 15.08.2013, кучга кириш санаси 19.08.2013

14.  Сувдан махсус фойдаланиш ёки сувни махсус истеъмол қилиш учун рухсатнома бериш тартиби тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №171 Қабул қилинган сана 14.06.2013, кучга кириш санаси 24.06.2013

15.  Тадбиркорлик фаолияти соҳасидаги рухсат бериш тартиб-таомиллари тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни №ЎРҚ-341 Қабул қилинган сана 20.12.2012, кучга кириш санаси 21.06.2013

16.  «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни №ЎРҚ-328 Қабул қилинган сана 02.05.2012, кучга кириш санаси 03.05.2012

17.  Оилавий тадбиркорлик тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни №ЎРҚ-327 Қабул қилинган сана 26.04.2012, кучга кириш санаси 27.04.2012

18.  Умумий овқатланиш корхоналари томонидан алкоголли маҳсулотлар сотиш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №89 Қабул қилинган сана 28.03.2012, кучга кириш санаси 28.03.2012

19.  Саноат учун аҳамиятини йўқотган ёки кейинчалик ўтказилган геология-қидирув ишларида ёхуд конни ишга солишда тасдиқланмаган фойдали қазилма захираларини ер ости бойликларидан фойдаланувчининг ҳисобидан чиқариш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №232 Қабул қилинган сана 09.11.2007, кучга кириш санаси 09.11.2007

20.  Алкоголли маҳсулотлар билан чакана савдо қилишни янада тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори №ПҚ-605 Қабул қилинган сана 16.03.2007, кучга кириш санаси 16.03.2007

21.  Тадбиркорлик субъектларини давлат рўйхатига олиш ва ҳисобга қўйишнинг хабардор қилиш тартибини жорий этиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори №ПҚ-357 Қабул қилинган сана 24.05.2006, кучга кириш санаси 24.05.2006

22.  Умумий фойдаланиш телекоммуникация тармоғида телефон алоқаси хизматларини кўрсатиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида
Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги бош директорининг буйруғи рег. № МЮ 1323 Қабул қилинган сана 15.03.2004, кучга кириш санаси 25.03.2004

23.  Тадбиркорлик фаолиятини ташкил этиш учун рўйхатдан ўтказиш тартиботлари тизимини тубдан такомиллаштириш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №357 Қабул қилинган сана 20.08.2003, кучга кириш санаси 20.08.2003

24.  Юридик ва жисмоний шахсларни рўйхатдан ўтказишни ҳамда улар томонидан савдо фаолияти амалга оширилишини тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори №407 Қабул қилинган сана 26.11.2002, кучга кириш санаси 26.11.2002

25.  Масъулияти чекланган ҳамда қўшимча масъулиятли жамиятлар тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни №310-II Қабул қилинган сана 06.12.2001, кучга кириш санаси 01.03.2002

26.  Амалга оширилиши учун лицензиялар талаб қилинадиган фаолият турларининг рўйхати тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қарори №222-II Қабул қилинган сана 12.05.2001, кучга кириш санаси 15.03.2002

27.  Рекламани жойлаштириш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитасининг қарори рег. № МЮ 1024 Қабул қилинган сана 06.04.2001, кучга кириш санаси 16.04.2001

28.  Реклама тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни №723-I Қабул қилинган сана 25.12.1998, кучга кириш санаси 06.01.1999


Фарғона водийси ва Қирғизистон


Фарғона водийси ва Қирғизистоннинг чегарадош вилоятлари ўртасида ҳамкорлик кенгайтирилади

Фарғона водийси ва Қирғизистон
 

Қирғизистонбош вазирининг биринчи ўринбосари Мухамметкалий Абулгазиев бошчилигидаги делегациянинг Андижон вилоятига ташрифи якунлари бўйича икки мамлакат чегарадош вилоятлари ўртасида ўзаро ҳамкорлик тўғрисидаги меморандум имзоланган. Бу ҳақда Қирғизистон ҳукумати аппарати матбуот хизматихабар қилди.

Маълум қилинишича, мазкур ҳужжат Андижон, Фарғона ва Наманган вилоятлари ҳамда Қирғизистоннинг Ўш, Боткен ва Жалолобод вилоятлари раҳбарлари томонидан имзоланган.

Вилоятларҳокимлари чегара олди туманларида яшовчи аҳоли учун долзарб бўлган муаммоларни муҳокама қилиш мақсадида ҳар ойда учрашиб туришга келишиб олган.

Шунингдек, қирғиз-ўзбек ҳамкорлигини ривожлантириш мақсадида ўзбек делегациясининг Қирғизистонга жавоб ташрифи режалаштирилмоқда.

130 кишидан иборат Қирғизистон делегациясининг ташрифи 1 октябрь куни амалга оширилганди.

Чегарадаги «Дўстлик» назорат-ўтказиш пунктида меҳмонларни бош вазир ўринбосари Адҳам Икрамов раҳбарлигидаги делегация тантанали қарши олди.

Фарғона водийси ва Қирғизистон

Делегация вакиллари билан Андижон Давлат университети, темир йўл вокзалининг янги биноси, «Дўстлик уйи», Хўжаобод туманидаги 10-умумтаълим мактабида учрашувлар ўтказилган. Олтинкўл тумани Далварзин маҳалласидаги замонавий русумда қурилган аҳоли тураржойларини кўздан кечириб, Асакадаги GM Uzbekistan автомобиль заводига ташриф буюришди.

Шунингдек, қирғиз миллатига мансуб Ўзбекистон фуқаролари билан ҳам учрашув ўтказилди.

Қирғизистоннинг Ўзбекистондаги элчиси, Ўш ва Боткен вилоятлари ҳокимиятларининг ваколатли вакиллари, Ош мэри, оқсоқоллар ҳамда маданият арбобларидан иборат делегация ҳамда учрашув иштирокчилари учун кун якунида Ўзбекистон санъат усталари ҳамда Қирғизистондан келган санъаткорлар томонидан катта концерт дастури намойиш этилди.


Toshkentdagi “Islom ota” jome’ masjidining yangi suratlari e’lon qilindi

Toshkentdagi “Islom ota” jome’ masjidining yangi suratlari e’lon qilindi

Toshkentdagi "Islom ota” jome’ masjidining yangi suratlari e’lon qilindi

Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan "Islom ota” jome’ masjidining yangi suratlarini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, masjidni tiklash ishlari 2015-yil oxirida boshlanib, 9 oy davom etdi. Qurilish-ta’mirlash ishlaridan so‘ng masjidning umumiy maydoni qariyb ikki barobar oshib, 2900 kvadrat metrdan 5400 kvadrat metrgacha kattalashdi. Endi masjidda 560 kishi namoz amallarini ado etishi mumkin.
Toshkentdagi “Islom ota” jome’ masjidining yangi suratlari e’lon qilindi